204
Talant - (yunon. talanton - qimmatbaho, qimmat narsa) qobiliyatlar, ayniqsa
maxsus qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasi. Talantli kishi ishga ijodiy
yondashadi. Muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijobiy ravishda bajarilishini
ta‟minlaydigan qobiliyat hamda iste‟dodlar yig‟indisidan iborat, talantli kishilar,
odatda, yuksak ijodiy, keng mazmunli, tanqidiy va mahsuldor aql egalari
bo‟ladilar.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi, idrok va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsalarni ongli ravishda aks etish
mumkin. Fikr yuritish, o‟ylash, jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga
ijtimoiy jihatdan bog‟liq, aloqador psixik jarayon. Shuningdek, uning tahlili va
sintezida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur
amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo‟ladi va hissiy bilish
chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Intuitiv, ko‟rgazmali - obrazli,
amaliy, so‟zli-mantiqiy, ijodiy, nazariy tafakkur turlari mavjud.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi. Sezgi, idrok, va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‟lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli
ravishda aks etadi.
Dostları ilə paylaş: