206
Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik
aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur
xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast - (yunon. phantasia - tasavvur, xayol) kishining voqea,
dalillarini asta-sekin buzib, ularni o‟z xohishiga qarab fikr-xayoliga moslab
tasvirlab berishi.
Eksperiment metodi – yangi psixologik bilimga ega bo‟lish uchun obyektiv
tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya va tabiiy eksperiment
metodlarga bo‟linadi.
Empirik metod - (yunon. emperia - tajriba, methodos - tadqiqot)
tekshiriluvchi haqidagi ma‟lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan
aniqlash usuli.
Eksteroretseptiv sezgilar – tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli
xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan retseptorlar, sezgilar.
Masalan: ko‟rish, eshitish, hid va ta‟m bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Dostları ilə paylaş: