www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 196
MATEMATIKA DARSLARIDA AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM
Xudoyorova Gulnoza
Surxondaryo viloyati Uzun tumani
18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida an’anaviy va
noan’anaviy ta’lim haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: an’anaviy va noan’anaviy, sxema, ma’ruza,
izlanish,
mustaqil…
Barchamizga ma’lumki, yurtimizda ko‘p yillar davomida an’anaviy ta’lim
sxemasidan foydalanib kelindi. Ammo, o‘quv jarayonini tashkil etishning
an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
yetarli darajada
rivojlantira olmadi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan
qiziqishlarini
qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga,
e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni
ta’minlay olmaydi. Ayniqsa,
matematika fanlar ichida eng murakkabi bo‘lib, bu
fan pedagoglardan mas’uliyatni, o‘quvchilarni ushbu
fanga qiziqtirish usullari
o‘ylab topishni talab etdi. Shundan so‘ng noan’anaviy ta’limga ehtiyoj sezildi.
Darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi ko‘zda
tutiladi:
1. Ta’lim jarayonini demokratlashtirish
. O‘quvchilarga
tanlash huquqini
berish.
2. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o‘zaro hamjihatlikka
asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
3. O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
4. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim
texnologiyasi elementlaridan foydalanish.