Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar tahlim biologiya o’qituvchini
tayyorlashda biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani niҳoyatda muҳim o’rin
tutadi. Bu o’quv fanini o’qitish jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun
zarur kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Tabiiydirki, o’quv fanida fan to’plagan ҳamma bilimlar emas, balki uning asoslari
beriladi. Ular o’qitish vazifalaridan, o’quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini
ehtiborga olgan ҳolda maxsus saralangan bilimlar majmuasidan iborat. Fandan
farqli ravishda o’quv fanining asosiy vazifasi bilim va mahlumot berishdir. O’quv
fani fanning aniq nusxasi emas. O’quv fanini yaratishda fan tomonidan to’plangan
bilimlar va tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy
mahlumotlarni to’plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish,
aniqlashtirish, ilmiy faktlarni, fikr – muloҳazalarni tartibga solishdan tarkib topadi.
O’quv fani o’zining asosiy bilim va mahlumot berish funktsiyasidan kelib chiqqan
ҳolda mahlum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi
darsligi o’z tuzilishi va mazmuniga ko’ra fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy
mahlumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga
qaratilgan
turlicha
qarashlarni,
xaqiqatni
topishda
muvafaqqiyatli
yo
muvafaqqiyatsiz izlanishlarni ҳam o’zida ifoda qiladi. SHu bilan bir qatorda ilmiy
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ҳam yaratadi. Biologiya o’qitish
metodikasi o’quv fani talabalarni nazariy va amaliy jiҳatidan tayyorlash jarayonida
faqat maktab biologiya kursining tuzilishini bayon etish cheklanmay, umumiy o’rta
va o’rta maxsus kasb – ҳunar muassasalarida biologiya bo’yicha o’qitishning
tashkil etishni o’ziga xos tomonlari bilan ҳam tanishtiradi, biologiya o’qitish
usullari, vositalarni qo’llash bo’yicha ko’nikma malakalarni shakllantirishga
ҳamda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan minimal bilimlar majmuasini
talablar tomonidan o’zlashtirishga imkon beradi. SHu bilan birgalikda zamonaviy
pedagogik, axborot texnologiyalarni qo’llash, biologiya o’qitishda innovatsion
yondashish ko’nikmalarni ҳosil qiladi.
Bilimni tekshirish uchun savollar.
1.Biologiya o’qitish metodikasining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan
iborat?
2. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani bilan fani orasida qanday
tafovutlar mavjud?
3. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida nimalarni tadqiq qiladi?
4. Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida qanday vazifalarni bajaradi?
5. Biologiya o’qitish metodikasi bilan pedagogika fani o’rtasida qanday
bog’lanishlar bor?
6. Biologiya o’qitish metodikasi bilan psixologiya fani o’rtasida qanday bog’lanish
bor?
7. Biologiya fani bilan biologiya o’qitish metodikasi orasidagi tafovutni yoritib
bering.
Document Outline - C:\Users\n.sobirov\Desktop\Jamshid_monitoring\Jamshid_monitoring\Биология ўқитиш методикаси+\Маъруза\1. Кириш\кириш.docx
Dostları ilə paylaş: |