SHikoyat xati
Men Zokirov Adhamjon Ilhomjon o’g’li Farg’ona viloyati Farg’ona Shaxar Shifokorlar ko’chasi
18a/66 xonadonda istiqomat qilaman. Menga 19.05.2023 yil kuni shaxar gaz xodimlari tomonidan telefon
qilinib gaz xisoblagichimni yangi chipli hisoblagichga almashtirish kerakligini aytildi. Men rozi boldim va
shu kuni eski xisoblagich olinib yangi chipligi o’rnatildi. Shunda eski hisoblagichni rasmga olishdi va eski
hisoblagich ularga kerak emasligini aytishdi. Eski hisoblagichni oxirgi korsatkichi 1714 m3 edi.
Shundan
song ular ketishdi.
Shundan song 22.05.23 yil kuni ertalablarda mening 911203363 tel raqamimga 1026000 so’m
gazdan qarizingiz bor deb habar keldi. Lekin shu kungacha meni qarizim yo’q edi.
Shundan song clik
ilovasidan komunal tolovlarga kirib qarasam 2023yil may oyidagi oxirgi ko’rsatkich 4794 m3 ko’rsatyapti.
Mening shikoyatim shundan iboratki eski hisoblagichni oxirgi ko’rsatgichi bazaga xató kiritilgan va
menga nisbatan 1026000 so’m jarima chiqarishdi.
Iltimos shu muammoyimga amaliy yordam beringlar. Agar yordam berolmasalaring men Hurmatli
prizdentimizga murojat qilaman. Xalqqa nisbatan adolatsizlik bo’layotganini aytaman.