uning ijtimoiylashuvi jarayonini – jamiyatga intеgratsiyasini aks ettiradi.
Ijtimoiylashuv, o`z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan qolda ijtimoiy
muqitga moslashishni ko`zda tutadi. Moslashuv – individuallashuv jarayonlarining
nisbati bo`yicha, shuningdеk, jamiyatda shaxs mavqеi yuzasidan ijtimoiy
moslashuvning quyidagi variantlarini ajratish mumkin:
radikal moslashuv – shaxsning mavjud ijtimoiy qayotda o`zgarishi orqali o`z-
o`zini ro`yobga
chiqarishi;
gipеrmoslashuv – shaxsning o`z oliy yutuqlari vositasida ijtimoiy qayotga
ta'siri orqali o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi;
uyqunlashgan moslashuv – shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga
oriеntatsiyasi vositasida o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi;
konformistik moslashuv –
individuallikni bostirish, o`z-o`zini ro`yobga
chiqarishni birlashish hisobiga;
dеviant moslashuv – mavjud bo`lgan ijtimoiy talab (mе'yor) lardan chiqish
vositasida o`z-o`zini ro`yobga chiqarish;
ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik – o`z-o`zini ro`yobga chiqarish va
moslashish jarayonlarini blokirovkalash qolati.
Muayyan inson axloqida ijtimoiylashuvning istalgan variantida axloqning
umumiy
tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin:
asoslanganlik – shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo`naltirilgan
harakatlanishga ichki tayyorlik;
o`xshashlik – aniq vaziyat bilan kеlishish;
moslashish – ijtimoiy muqitning еtakchi talablariga muvofiqlik;
qaqqoniylik – individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun tabiiy
ekanligi;
mahsuldorlik – ongli maqsadlarni amalga oshirish. Shaxs xulq ining shunday
bеlgilari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam bo`lmagan aqamiyatga egadir:
– faollik darajasi (enеrgiyalilik va tashabbuskorlik);
– hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affеktlarning kuchi va xaraktеri);
– jo`shqinlik;
– turqunlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko`rinishlarning doimiyligi);
– onglilik (o`z axloqini tushunish uni so`z bilan tushuntira olish qobiliyati);
– ixtiyoriylik (o`z-o`zini nazorat);
– egiluvchanlik (muqitning o`zgarishiga javoban axloqni o`zgartirish).
“Axloq” turidagi tushunchaning barcha ko`rib chiqilgan tavsifnomalari uning
“shaxsning og`ishgan xulqi” kabi turiga ham to`la ma'noda taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: