Извлеченные страницы из M a r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqor
3.Sinovlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan jihozlarni tanlash, yuqori kuchlanish oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok orqali izolyatsiya sinovlariga kerak boʻlgan apparatura. Himoya va nazorat oʻlchov jihozlari. Izolyatsiyani umumiy hossalarini aniqlash uchun asboblar va sxemalar. Elektr uskunalarni sinovdan oʻtkazish amaldagi xavfsizlik texnikasi va yongin
xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajariladi.
«Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasi, hamda amaldagi raxbariy
xujjatlarda elektr uskuna, jihoz, qurilmalarni sinovlarini quyidagi turlari boʻyicha
oʻtkazilada.
Qoida boʻyicha sinov turlari:
Z - ishlab chiqarilgan zavoda sinovdan oʻtkazish.
P- yangi uskunani qabul qilish va ishga tushirishda, elektr uckunani maxsus
ta’mirlash korxonasida tiklanganda, kapital ta’mirlanganda, qayta jihozlanganda
(rekonstruktsiya) sinovdan oʻtkazish.
K- energokorxonada kapital ta’mirlanganda sinovdan oʻtkazish.
S- oʻrta ta’mirda sinovdan oʻtkazish.
T- elektr uskunani joriy ta’mirlanganda sinovdan oʻtkazish.
M- ta’mirlararo sinovdan oʻtkazish.
Elektro izolyatsion materiallar va qurilmalarni ishlab chiqaruvchi zavod
tomonidan tayyor mahsulotlarda quyidagi sinov ishlar oʻtkaziladi: namunaviy
(типовые), davriy (периодические), qabul qilish-topshirish (приёма-сдаточние).
Namunaviy sinovlarni oʻtkazishdan maqsad, elektro izolyatsion material
yoki tayyor mahsulot barcha kattaliklari boʻyicha texnik shartlar yoki standart
talablariga toʻla mos kelishini aniqlash.
Davriy sinovlarni oʻtkazishdan maqsad, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
standart talablariga toʻla mos kelishini nazorat qilish, sifat koʻrsatkichlarini
pasayishini aniqlash va oʻz vaqtida bartaraf etish.
Qabul qilish-topshirish sinovlarni oʻtkazishdan maqsad, tayyor mahsulotni
is’temolchiga yetkazib berishdan oldin oʻtkazilib, u standartni muhim talablariga
toʻla mos kelishini aniqlash. Ushbu sinov usuli tayyor mahsulotni xar bir partiyasi
(turkimi) uchun alohida oʻtkaziladi.
Misol: elektroizolyatsion material getinaksni yuqoridagi sinov usulida oʻlchamlari,
tashqi koʻrinishi xamda parallel va perependikulyar qatlamlar uchun tgδ va E
pr
qiymatlari tekshiriladi.
Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: