35
KARTOSHKA NAV BELGILARINI OʻRGANISH
Darsning maqsadi:Talabalarni kartoshkani nav belgilari bilan tanishtirish.
Topshiriq:
1. Kartoshkani nav belgilari guli, poyasi, tupi, tuganaklari bilan tanishtirish .
2. Davlat reestriga kritilgan navlar belgilarini oʻrgatish.
Kartoshka tomatdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub Solanum avlodini
tashkil etadi. Bu L.Ye. Gorbatenko boʻyicha 211 ta turlari mavjud boʻlib, eng koʻp
xoʻjalik ahamiyatiga ega faqat bitta S. tuberosum turi tarqalgan.
Kartoshkaning
asosiy nav belgilari, guli, bargi, poyasi, tupi, tuganagi va
oʻsimtalaridir. Davlat nav sinashiga topshirilayotgan kartoshkaning yangi navlari
18 ta xoʻjalik - biologik, tuganakning 9 ta, tupining 3 ta, bargining 16 ta, gulining
10 ta belgisi boʻyicha toʻliq ta‘rifi aks ettirilmogʻi lozim.
Guli–shingil boʻlib uning shakli gulbandi uzunligi va ranglanishi, gulining
gʻuj, sochma boʻlishibilan farqlanadi.
Gulbandi uzun va qisqa, ingichka yoki
yoʻgʻon boʻlishi mumkin. Rezavor meva hosil qilishi (koʻp, yirik, mayda)
bilan
farqlanadi.
Shona–shakli tuplanganligi va ranglanganligi. Shona yumaloq,
oval yoki
uzunchoq shakllarda, kuchsiz yoki kuchli tuklangan yoki tuklanmagan boʻladi.
Ranglanishi
tuganakning yoppasiga, faqat yuqori qismida va tashqi koʻrinadigan
qismida boʻlishi bilan farqalanadi. Guli gulkosa, gultoj, urugʻchi va changchidan
tashkil topgan. Gulkosaning rangi, tukliligi, shakli navning harakterli belgisidir.
Gulkosa ranglanishi boʻyicha yashil, qisman va toʻliq ranglangan kuchli va kuchsiz
tuklangan, uning barg uchlari bigizsimon va bargsimon boʻladi.
Gultoj-ning
tuzilishi, rangi va kattaligi navga xos belgi hisoblanadi. Gultoj
rangi oq, qizil, binafsha, koʻk binafsha, koʻk va boshqa rangda boʻladi. Kartoshka
gulida 5 ta changchi boʻlib, rangi sariq, och–sariq, sargʻish– yashil va toʻq sariq,
shakli toʻgʻri, konussimon
silindr yoki noksimon, yirikligi boʻyicha katta va
mayda changchili gullarga boʻlinadi.