97
Ertagi kartoshkani xoʻjaliklarda qoʻllanilib kelinayotgan 5 marta 0-1-4
sugʻorish sxemasiga nisbatan 8 marta 1-2-5 sxemada sugʻorish hosildorlikni 24-27
foizgacha oshiradi
Umuman, ertagi kartoshkani oʻsuv davrida sugʻorish rejimi (soni, me‘yori va
sugʻorish sxemalari) iqlim va ob-havo sharoitiga, yer osti sizot suvlarining
chuqurligiga, tuproq unumdorligiga, ekish muddati va boshqa omillarga bogʻliq.
Kartoshka paykallaridagi oʻsimliklarni suv bilan bir xil tekis ta‘minlash koʻp
jihatdan sugʻorish texnologiyasiga, ya‘ni egatlarining uzunligi va chuqurligiga
hamda ulardagi suv oqimining tezligiga bogʻliq. Tajribalarimizning koʻrsatishicha,
dalaning nishabligiga qarab, sugʻorish egatlarining uzunligi 90-120 m qilib oʻq
ariqlar olinishi lozim. Egatlar chuqurligi esa 18-20 sm, ulardagi suv oqimi esa
0,10-0,15 litr sekunddan oshmasligi lozim. Shu tartibda sugʻorish gektaridan 220
sentnerdan oshirib sifatli ertagi tovar hosil olishni ta‘minlaydi. Oxirgi sugʻorish
hosilni yigʻishtirishga 5-7 kun qolganda toʻxtatiladi.
Dostları ilə paylaş: