8.3.
Respublikada bank auditini shakllanish bosqichlari va
rivojlanish ustiqbollari.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy integratsiyasiga
asta-sekin qo‘shila borishi barcha sohada bo‘lgani kabi auditorlik faoliyatida ham
118
tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. SHu boisdan, auditni xalqaro
talablarga muvofiq o‘zgartirish keyingi vaqtlarda O‘zbekiston uchun tobora
dolzarb
ishga
aylanmoqda .
Bozor
munosabatlarini
jadallashtirishda
respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga
oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo
qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mustakil deb e’lon kilinishi, uning iktisodiy-
ijtimoiy yunalishida tub o‘zgarishlar olib keldi. Mustaqillik yillarida auditning
shakllanishi va rivojlanishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi. Avvalambor
audit va auditorlik munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza shakllantirildi.
Auditning huquqiy asosi ham uni isloh qilish bosqichlariga mos ravishda rivojlanib
bordi. Yani audit huquqiy asosining rivojlanishi auditorlik faoliyatini isloh
qilishning bosqichlari bilan muvofiq tarzda amalga oshirilib borildi. Moliyaviy
tizimda islohotlarni chuqurlashtirish siyosatini izchil amalga oshirish va respublika
bozor infrastrukturasini takomillashtirish natijasida respublikada auditorlik
faoliyatining kompleks me’yoriy-huquqiy asosi yaratildi, uning faol rivojlanishi
uchun amaliy iqtisodiy rag‘batlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar
yaratilgan, litsenziyalarni berish tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi va
erkinlashtirildi.
O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini isloh qilishni shartli ravishda 3
bosqichga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin.
1 - bosqich 1992-1999 yillarni;
2 - bosqich 2000-2006 yillarni;
3 - bosqich 2007 yildan – hozirgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi bosqichlarning har birida maxsus dasturlar orqali alohida ishlar
olib borilgan. Birinchi bosqichni xususiyati shundan iboratki, unda qonunchilik
bazani yaratishga alohida etibor qaratilgan.
1– bosqichdagi dastlabki qadam 1992- yil 9 dekabrda “Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi bo‘ldi. Ammo bu qonun umumiy auditga xos
119
bo‘lib unda bank auditiga taaluqli qism mavjud emas edi . SHuning uchun 2000-
yil 26 mayda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul
kilindi. Qonun 29 moddadan tarkib topgan bo‘dib, unda auditorlik faoliyatini
tashkil kilish, uni amalga oshirish tartibi, auditor va audit tashkilotlariga auditorlik
faoliyatinini amalga oshrish uchun qo‘yilgan malakaviy va litsenziya talablaridan
iborat.
Tijorat banklarida o‘tkazilayotgan auditorlik tekshirishlari sifati va
ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik
firmalari o‘rtasida erkin va sog‘lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda
aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish
maqsadida 1996 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank
auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan
edi. Mazkur farmon doirasida Respublikamiz bank auditini mustahkamlash va
takomillashtirish maqsadida o‘tgan davr mobaynida Markaziy Bank tomonidan bir
qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimiga kiruvchi
tijorat banklari auditini o‘tkazish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida
tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti
tarkibida “Auditni muvofiqlashtirish bo‘limi” tashkil etildi.
Shuningdek,
mazkur
Farmonga
muvofiq
tijorat
banklarida
audit
tekshiruvlarini o‘tkazish, auditorlik firmalari va auditorlarga banklarda audit
o‘tkazishga ruxsat berishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida Markaziy
Bank tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining bank auditini
o‘tkazishga qo‘yadigan talablari to‘g‘risida”gi, “Bank auditini o‘tkazish huquqini
beruvchi sertifikatni berish, bekor qilish va auditorlarni malaka attestatsiyasidan
o‘tkazish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi bank auditini o‘tkazish uchun
sertifikat berish va auditorlarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish komissiyasi
to‘g‘risida”gi bir qator nizomlar ishlab chiqildi. Ushbu davrda amalga oshirilgan
eng katta ishlardan biri –bu 1997-yilning mart oyidan boshlab xalqaro standartlar
asosida ishlab chiqilgan yangi bank hisobvaraqlar rejasining amalda joriy qilinishi
bo‘ldi.
120
Bank auditi huquqiy asosining yanada mustahkamlanish yulidagi qadam
keyingisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 1998 yil 4 iyulda
403-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish
to‘g‘risida” gi nizomning qabul qilishi bo‘ldi. Ushbu nizomga hozirgacha turli
o‘zgartirish kiritildi. Jumladan 1999yil 18 sentyabrda, shuningdek 2000 yil 24
iyulda uning yangi tahriri qabul qilindi. Nizom - bank auditini o‘tkazish tartibi va
uni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya (1-ilova) va malaka seritifikatini (2-
ilova) olishga va uni amal qilishiga doir qo‘yiladigan talablardan tashkil topgan.
Nizomga muvofiq bank auditi bilan shug‘ullanish uchun attestatsiya va
litsenziyalash Markaziy bank tomonidan, bank auditi bo‘yicha auditorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish uchun attestatsiya o‘tkazish va litsenziya berish komissiyasi
tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Auditni isloh qilishning 2- bosqichi 2000-2006 yillarni o‘z ichiga oladi va u
2000- yil 26 mayda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri
qabul kilinishi bilan boshlanadi. Ushbu qonun bank auditini ham qamrab olgan.
Bundan tashqari bu davrda o‘n birta auditorlik faoliyatining milliy standartlari
ro‘yxagga
olindi.Shuningdek
mamlakatimizda
“Auditorlik
faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori va bir qator
auditga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Keyingi auditni isloh qilishning 3- bosqichi 2007 yildan boshlanib hozirgi
vaqtgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr auditorlik faoliyatini yanada
takomillashtirishga bag‘ishlangan davr desak adashmaymiz. Fikrimiz dalili sifatida
esa “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular
ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-
sonli Qarori qabul qilinganligini keltirish mumkin. Ushbu qarorda auditorlik
xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlarini tashkil qilishga oid bir qator
talablar belgilangan. Auditorlik tashkilotlari litsensiya talablari va shartlariga rioya
qilishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har uch yilda kamida bir
121
marotaba tekshirib turishi borasida talab joriy qilindi. Auditorlik tashkilotiga esa
litsenziyani olgandan keyin litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqlikni
ma’lum muddat davomida bartaraf etish imkoniyati berilgan.
Dostları ilə paylaş: |