aksiyadorlik
jamiyati
deb
hisoblanadi”.
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo’lishi
mumkin.
Qatnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa
shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik
jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar
orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb
hisoblanadi.
40
Kompaniya (fransuzcha “compagnie” so’zidan) — iqtisodiy faoliyat (ishlab
chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug’urta va boshqalar) olib borish uchun
uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya
deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo’jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar,
ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo’lgan korxonalar tushuniladi.
Quyida 2.5-rasmda “O’zqurilish materiallari” aksionerlik kompaniyasining
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi ko’rsatilgan:
Konsern (“sopserp” — “ishtirok”, “manfaat” so’zidan) manfaatlar,
shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida
birlashgan
korxonalarning
yirik
birlashmasidir.
Korporatsiya (lotincha “compagnie” — “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan)
biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega.
Firma (ital’yancha “firma” — “imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va tijorat
tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va
boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2 —
3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo’lishi mumkin..
Xolding (inglizcha “holding” — “egalik” so’zidan) asosiy faoliyati korxonalar
aksiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va
boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy
korxona yoki sho’’ba korxona, yoxud bir necha sho’’ba korxonalar mavjud bo’ladi.
Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi)
bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma
asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:
41
mulkdorlar(aksiyadorlar);
boshqaruvchilar (menejerlar);
korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh
bo’lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat.
Mulkdorlar korxonani o’zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan
boshqaruvchi,
(menejer)ga
berishi
mumkin.
Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga
rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan
berilgan
maqomga
bog’liqdir.
Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi.
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga
kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning
o’rinbosarlari,
boshqaruv
organlari
a’zolari
kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari — (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va
bo’limlari
rahbarlari
hisoblanadi.
Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari,
ustalardan
iboratdir.
Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik
xodimlar
va
xizmat
ko’rsatuvchi
xodimlarga
bo’linadi.
Ishchilar
malakali,
yarim
malakali,
malakasiz
ishchilarga bo’linadi.
Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq:
42
asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar;
yordamchi
(bevosita
ishlab
chiqarishda
band
bo’lmagan)
ishchilargabo’linadi.
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha,
mavsumiy xodimlarga ajratiladi.
Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro
bo’ysunuvchi
tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida
bo’linmalar
o’rtasida
taqsimlanishini
aks
ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki,
jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi,
millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati.
mansab
maoshlari
va
ish
haqi
miqdori
aks
etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil
qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari
(bosqich,
darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga
rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv
bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy
43
bo’linmalarga
bo’linali.
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan,
ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish),
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi.
Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish
vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor
mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil
bo’ginidir
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat
— iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga
haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:
1.
Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik
va madaniy omillar).
2.
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda
konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi
mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi).
3.
Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul
qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd
etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari
instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik
tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki
jihati:
44
1.
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning
shaxsiy va jamoa munosabatlari);
2.
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni
uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy
xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni
ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini
bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga
amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir
bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan
foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari
taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer
liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi.
Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan
bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda
mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak
malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. Xususiy
korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat
munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy
korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar
berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga
to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan
kam bo’lmasligi shart.
45
XULOSA
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va
diversifikasiya qilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng
ko'lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o'sishiga bevosita ijobiy ta'sir
ko'rsatib kelmoqda.
Sanoat korxonalarda har doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda
bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi
bozorlarda, o'z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya'ni
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati ayni damdagi
sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa
xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash
maqsadida imtiyozlar, rag'batlantirishlar berildi.
O’tgan yil; davomida banklarning korxonalar bilan o'zaro moliyaviy
munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag'larining
tez va o'z vaqtida aylinishi ta'minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o'z
vaqtida bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi,
korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada
mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi
korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida
esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor sanoat
korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag'lari o'z vaqtida kelib tushmasligi
natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi. Buning natijasida
esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o'z aktivlaridan samarali foydalanib
ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o'z navbatida mahsulot ishlab
chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya'ni o'zgarmas xarajatlar xajmi
kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
46
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda
korxona moliyaviy holati ning yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning
mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo'lgan zamonaviy texnologiyaning sotib
olinishi mahsulot sifatini hamda xajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib
chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda
mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga xaq to'lash
xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab
chiqaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xaq
to'lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan
samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini
oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab
chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizasiya hisoblash usuli ham
ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o'zgaruvchan bir sharoitida
amortizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o'ziga xos ijobiy tomonlari
mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizasiya usulini qo’llash,
bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin
amortizasiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag'lari kelib tushadi. Bu esa
yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan
esa boshlang'ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko'p miqdordan amortizasiya
hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizasiya
hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.
|