O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi


Fe’lda so’zshaklning turlari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix11.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#128670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gulbahorb Kurs ishi

 
Fe’lda so’zshaklning turlari. Fe’lda ham, boshqa turkumda bo’lgani kabi, 
so’zshakllar nol shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko’rinishda bo’ladi. 
Nutqda fe’lning moddiy (nol ko’rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli 
qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs
birlik ma’nosini ifodalaydi: (bor), (kel), (o’qi), (yoz), (sev), (ayt), (ishon) kabi. 
Bunday so’zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi 
o’zbek tilshunosligida o’z echimini kutayotgan muammolardan. 
Grammatik shakli qo’shimcha tusida bo’lgan fe’l sintetik shaklli so’zshakl 
deyiladi: (o’qiyman)(bordim)(kelyapman)(yozayotirman)(shoshib)(kelgach)
(kelgan) kabi. Bunda grammatik shakl fe’l o’zak-negiziga «yopishgan» holda 
bo’ladi.
Fe’llar nomustaqil fe’l bilan shakllanganda, albatta, sintetik-analitik 
ko’rinishda bo’ladi. Masalan, (o’qib chiqdi)(ayta boshladi)(borgan ekan) kabi. 
Bunda ham «yopishgan», ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil 
qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi.
Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to’g’ri emas. Chunki bunda 
takrorlanayotgan fe’l avval sintetik shakl qiyofasiga kiradi, so’ngra takroriy shaklga 
aylanadi. Masalan, (aytdi-aytdi), (o’qidi-o’qidi), (bordi-bordi) kabi. Misol: aytib-
aytib charchadi, chopib-chopib o’ynadi va h. Bunda takrorlanuvchi fe’l nisbat, 
o’zgalovchi, kesimlik shaklini olgan va undan keyin takrorlangan. 
Ayrim manbalarda fe’lning juft so’zshakl turi ham ajratilib, unga (aytdi-
qo’ydi), (topshirdi-qo’ydi) tipidagi misol kiritiladi. Bunga qo’shilib bo’lmaydi. 
Chunki juftlanayotgan fe’lning ikkalasi ham mustaqil bo’lsa va ularning 
juftlanishidan yangi grammatik ma’no uqilsagina, uni so’zshakllarning juftligi 
deyishga asos bo’lur edi. Bunda esa juftlikning ikkinchi qismi ko’makchi fe’l 
sifatida grammatik ma’no ifodalash uchungina xizmat qilmoqda. 


8

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin