texnologiyalashtirmoq, videolashtirmoq kabilar shular jumlasidandir. Fe’l bilan
bog’liq so’z yasash qoliplarini kuzatamiz:
1. [ot/sifat/ravish/olmosh/taqlid/undov+la] = asosdan anglashilgan asbob-
qurol bilan bajariladigan ishni qilish ma’noli: o’g’itla, betonla, jilovla, kishanla ;
randala, egovla, arrala; urug’la, bolala, dodla, gumburla, sizla va h.k. Bu affiksning
ma’no imkoniyati keng [28]. Hozirgi kunda ham ushbu qo’ shimcha faol deyish
mumkin.
Siltala, opichla, quvla kabi so’zlarda -la shakli so’z yasash vazifasini emas,
balki lug’aviy shakl yasash vazifasini bajaryapti.
2. [ot/sifat/son +lan/lash + subyektning asosdan anglashilgan belgiga bo’lish
harakati] qolipi tarkibidagi -lan/-lash affiksi o’zining murakkab tabiati bilan
xarakterlanadi. Hozirda ular ikki affiksning birikuvida ekanligi bilan xarakterlanadi.
Jonlanmoq, salomlashmoq, birlashmoq, zorlanmoq, qanoatlanmoq, zavqlanmoq,
hayvonlashmoq, quyuqlashmoq va b.lar bunga misol bo’ladi. Mazkur affikslarning
murakkab holga kelishi til taraqqiyotining keyingi davrlariga to’g’ri keladi.
3. [taqlid so’z+illa/ira = asos bildirgan tovush yoki holatni harakat tarzida
ifodalash] qolipi taqlid so’zlardan fe’l yasaydi: shovulla, taqilla, chirsilla, dag’illa,
yaltira, shapilla v h.k. Biroq bu qolipni hosildor deb bo’lmaydi. Chunki taqlidlar
nutqimizda sanoqli, qolaversa, yangi-yangi taqlidlarning hosil bo’lishi kuzatilmaydi.
15
Demakki, mazkur qo’shimchaning ham so’z yasash imkoniyati chegaralangan.
4. [ot/sifat/taqlid+a] Yashamoq, o’ynamoq, qonamoq, bo’shamoq. Bu
qo’shimchaning ham, ya’ni so’z yasovchi shakilning yangi-yangi so’z yasashi
cheklangan.
Nutqimizda mavjud ayrim yasama fe’llarda -i, -(a)r, -(a)y, -t kabi so’z yasovchi
affikslar ham mavjudki, bular kam miqdorda so’z yasashga xizmat qiladi. Mazkur
shakllar bilan so’z yasalishi boyi, tinchi, oqar, ko’kar, sarg’y, ko’pay, to’lat, berkit
kabilarda kuzatiladi. Bu qo’shimchalarning mahsulsiz shakllarga aylanishiga ham
o’ziga yarasha sabablar bor. Bu haqda to’xtashni maqsad qilib belgilagan emasmiz.
Xullas, hozirgi o’zbek tilida -la va uning ishtirokida yuzaga kelgan -las, -lash;
- lantir, -lashtir affikslari mahsulli, sermahsul affikslar bo’lib, fe’l yasashning asosiy
tiplarini ular yordamida yasalgan (yasalayotgan) fe’llar tashkil etadi.
Kompozitsiya. Bu usul leksik-sintaktik usulda so'z yasash ko'rinishi sifatida
ham keng talqin etiladi. Kompozitsiya usuli bilan so'z yasalishiga aloqador bo'lgan
juft, takroriy va qo'shma so'zlar hosil bo'ladi. Kompozitsiya usulida fe’l yasashda
ikki shakl kuzatiladi:
a) ism+fe’l
b) fe’l+fe’l
Ism+fe’l tipidagi fe’llarni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida qilmoq,
etmoq, bo ’lmoq, olmoq, topmoq, urmoq, kelmoq kabi so’zlar keladi. Bu so’zlar
boshqa turkumga oid so’zlar bilan birikib, qo’shma fe’llarni yasaydi: qabul
qilmoq, suhbat qilmoq, abgor etmoq, aks etmoq, rozi bo’lmoq kabi.
O’zbek tilida fe’l+fe’l tipidagi fe’llar sanoqli: sotib olmoq, borib kelmoq, kirib
chiqmoq, chiqib o’tirmoq, olib qochmoq, olib kelmoq, olib bormoq va b.
Tilshunos olim A.Hojiyev ta’kidicha, hozirgi kunda qil fe’li bilangina yangi
qo’shma fe’llar hosil bo’lishi kuzatiladi xolos. U hatto ruscha va rus tili orqali
o’zlashgan so’zlarga qo’shilib ham fe’llar yasaydi: asfalt qilmoq, dizenfeksiya
qilmoq, klassifikatsiya qilmoq va b. Qil yordamida ham, asosan, -la affiksi yasagan
tipdagi fe’llar yasaladi. Shuning uchun ham ko’p hollarda ularni birini ikkinchisi
bilan almashtirish mumkin.
16
Juft fe’llar. Juft fe’llar grammatik shakliga ko’ra ikki ko’rinishda bo’ladi:
1. Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o’rgirlmoq,
yelib- yugurmoq, yayrab-yashnamoq, qo’llab-quvvatlamoq, o’ynab-kulmoq.
2. Har ikki qismi bir xil shaklda: Aylanib-o’rgilib, o’ylamay-netmay,
aralashib- quralashib, uyalmay-netmay, tejab-tergab, yuvib-tarab, yayrab-yashnab
va h.k.
Juft fe’llar tarkibiy qismlarining qo’llanishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:
1.
Qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar:
Dostları ilə paylaş: |