19
harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-
da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda
passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng
–l, undoshdan so`ng
–il affiksini qo`shish
bilan:
yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng
–n, undoshdan so`ng
–in affiksini qo`shish
bilan:
bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda
–l (-il) affiksi ko`proq qo`llaniladi.
Ba’zan ayni bir fe’l negizidan
–l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham
majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l
negizining o`zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan:
Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: