26
ehtiyoj avval qisqarib, so’ngra yuqoldi. Hozir to’rtinchi avlod mashinalariga —
AVM-486 markali EHMga ehtiyoj bor.
Ehtiyojlarning yuksalishi quyidagicha yuz beradi: — kishilarning ehtiyoji
miqdoran o’sib boradi. Uning sababi esa aholi sonining ko’payishi, turmushining
yuksalishida. Masalan, hozir jon boshiga 60 kilogramm go’sht talab qilinsa, aholi
soni 1,5 marta ko’paysa, shunga ko’ra jamiyat miqyosida jami go’shtga bo’lgan
ehtiyoj ham 1,5 marta ortadi, albatga; — ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi
keladi, ehtiyojlar doirasi yangilanib, kengayib boradi. Masalan, asrimizning 70-80
yillarida qo’lda ko’tarib yuradigan (Vesna, Veta) magnitafonga ehtiyoj katta
bo’lgan. Magnitafoni bor kishi g’ururlanib yurgan. Hozir hech kimga magnitafon
kerak emas. Uning o’rniga zamonaviy ixcham magnitofonlarga ehtiyoj paydo bo’ldi.
Eski radiotexnika o’rniga videotexnika keldi;
- muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning aniq turlari orasidagi nisbat
o’zgardi. Masalan, shahar transportiga ehtiyoj doirasida uning turlari
o’rtasidagi nisbatan o’zgaradi. Yo’lovchilar o’z tanloviga binoan tramvay, troleybus,
avtobus, taksi yoki metroni afzal ko’rib, unga ehtiyoj bildiradi. Bir tovarga bo’lgan
ehtiyojlarni boshqa o’rinbosar tovar qoniqtira oladi. Shirinlikka bo’lgan ehtiyoj
umumiy bo’lsada, asal, shakar, qand, konfet biri-birining o’rnini bosa oladi.
O’rinbosar tovarlar doirasida ehtiyoj bir tovardan boshqa nafliroq tovarga ko’chadi.
Хullas ehtiyojlarning miqdoran o’sib, tarkiban yangilanib borishi tabiiy
jarayon bo’lib, iqtisodiyotni rivojlantirishiga undaydi, lekin uning o’sib, yangilanib
borishi resurslarning kamyobligi muammosiga yo’liqadi.
Dostları ilə paylaş: