Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


  155  158  162  166  169



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
153 
155 
158 
162 
166 
169 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



KIRISH 
 
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylanishi bozor 
iqtisodiyoti tizimini barpo etish vazifasi bilan bir davrga to’g’ri kelmoqda, ya’ni bu 
ikki bir-biriga uzviy bog’liq ulug’vor ishni bir tarixiy davrda uddalashdek og’ir 
muammoni hal qilishga to’g’ri kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, bir tomondan 
eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechish, yangi iqtisodiy tizimga o’tish bo’lsa, 
ikkinchi tomondan mamlakatni og’ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqish, iqtisodiyotga 
yangi sifat berish, barqaror o’sish sur’atlari va biznes asoslarini yaratish bilan amal 
qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish 
tajribasidan voz kechib, o’zini - o’zi tartibga solish, yo’naltirishdir. Uning markazida 
bozorga barqaror o’sish sur’atlari baxsh etib turadigan yangi bozor mexanizmi 
tadbirkor inson turadi, inson omili yoki ish kuni yotadi. Boshqacha aytganda, 
shunday sifatdagi biznes asoslari tayyorlanishi kerakki. U o’zida hozirgi zamon 
ilmiy-texnika inqilobiy yutuqlarini bartaraf qiladigan xususiyatlarini gavdalantirgan 
bo’lishi kerak, ayni vaqtda bu yangi ish kuchi omili o’zida yuksak milliylik. O’z 
vatanini imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini ham egallashi darkor. 
Demak, yangi iqtisodiy tizimga o’tish, mustaqil davlat qurishni har birimizdan, 
birinchi navbatda, O’zbekiston taqdiri va kelajagi bo’lgan yoshlardan, ularda 
zamonaviy iqtisodiy tafakkur, biznes asoslari va iqtisodiy tafakkur zaminida o’zi va 
o’z xalqi, Vatani taqdiri uchun mas’uliyat hissini sezish yotadi. Bunga erishish 
vositasi biznes asoslarini egallashdir, iqtisodiy qonunlar va tushunchalar mazmunini 
chuqur idrok etish, bilib olishdir. 
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari butun bir iqtisodiy tizimdir, murakkab 
munosabatlar kompleksidir. Buning ma’nosi shuki, bozor munosabatlarini doimo 
o’rganib borish asosidagina muvaffaqiyatli xo’jalik yuritish, yuksak natijalarga 
erishish, o’z mulk va mablag’larimizdan eng unumli foydalanish natijasida farovon 
va to’q hayot kechirish mumkin, odamlarda yaxshi yashash ko’nikmalarni hosil 
qilish esa biznes asoslarini egallash orqaligina ta’minlanadi. Buni bozor 
munosabatlari asosida yashayotgan, rivojlanib borayotgan o’nlab mamlakatlar va 
xalqlar hayotidan ko’rib turibmiz. 
To’g’ri, hozirgi vaqtda bozor munosabatlarini o’rganish bo’yicha ancha-
muncha ishlar qilinmoqda, turli mavzularda ma’ruzalar o’qilayapti, kurslar, xilma-xil 
biznes maktablar, seminarlar tashkil etilmoqda, iqtisodiy litseylar, kollejlar va sinflar 
ochilmoqda. Biroq, bunday uslubiy ishlar samara bera olmaydi. Chunki, kishilarda 
chuqur bazaviy iqtisodiyoti va biznes asoslari bilimi etishmaydi. Axir hanuzgacha 
bizning o’rta maktablarimizda, hunar kasb bilim yurtlarimizda iqtisodiyot va biznes 
asoslari ta’lim berish bilan tushuniladigan iqtisodchi pedagog kam. 
Yana bir oddiy haqiqat shuki, har qanday tafakkur kabi iqtisodiy ta’limni 
yoshlikdan, maktabdan boshlansagina, ijtimoiy hayotda sifat o’zgarishlari, o’sish 
sur’atlari bo’lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda kelib bu dolzarb 
vazifaning bajarilishini o’z holiga tashlab bo’lmaydi, bu g’oyat katta iqtisodiy va 
ma’naviy yo’qotishlarga sabab bo’lishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



Prezident I.Karimov kichik va o’rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish, uning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun qulay iqtisodiy va huquqiy 
shart-sharoitlar yaratish, ayni vaqtda uning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda 
nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, balki shu bilan birga aholining farovonligi va 
daromadlari ortishida muhim omilga aylanishiga erishish, davlat boshqaruv 
organlari, ijtimoiy tuzilmalar diqqat markazidagi asosiy vazifa, ekanligini doimo 
ta’kidlab kelmoqda.
Ushbu vazifalarni o’z vaqtida hal etish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish kichik va o’rta biznes korxonalarining faoliyat ko’rsatishi va ularning 
rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish hamda istiqboldagi o’zgarishi haqida ilmiy 
asoslangan iqtisodiy axborotlar mavjud bo’lishini talab etadi. 
Hozirgi vaqtda respublikada kichik va o’rta biznes korxonalarini tashkil etish 
va ularning moddiy-texnika ta’minoti hamda kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha 
monitoring joriy etilgan, ular haqida ma’lumotlar muntazam umumlashtirib 
borilmoqda. Ammo kichik va o’rta korxonalar faoliyati samaradorligini o’rganish va 
ularning istiqboldagi rivojlanishini zamonaviy axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari hamda matematik modellashtirish asosida tadqiq qilish yo’nalishida 
ilmiy ishlar etarli emas. Shularni hisobga olgan holda, korxonalarning bozor 
muhitida faoliyat ko’rsatishi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida 
ifodalovchi ekonometrik modellashtirish usullarini va shu asosida ekonometrik 
modellar turkumini ishlab chiqish muhim va dolzarb muammolar qatoriga kiradi. 
Ushbu «Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari» o’quv dasturini yaratishda 
ijtimoiy fanlarni o’rganishda tadbiq etiladigan uslublar, shuningdek, iqtisodiyot 
nazariyasi, makroiqtisodiyot va boshqa fanlarni o’rganishning ilmiy tahliliy uslublari 
qo’llaniladi. 
Ushbu fan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, litsey o’quvchilariga 
mo’ljallangan va respublikada ko’zga ko’ringan olimlarning iqtisodiy asarlaridan 
foydalanilgan. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin