O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


Turistik sayohatning yo‘nalishini va dasturini tuzish



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
4. 2. Turistik sayohatning yo‘nalishini va dasturini tuzish
 
Turistik xizmat ko‘rsatish dasturini yaratish quyidagi 
tushunchalarni o‘z ichiga oladi: 
– sayohat yo‘nalishi; 
– xizmatlar ijrochisi bo‘lgan turistik korxonalar ro‘yxati; 
– xizmatlar ijrochisi bo‘lgan har bir korxona taqdim etadigan 
turlar vaqti; 
– ekskursiyalar va qadamjo obyektlar tarkibi; 
– turistlar sayri va safarlar ro‘yxati; 
– dam olish tadbirlari majmuasi; 
– yo‘nalishning har bir punktida to‘xtash vaqti; 
– sayohatda qatnashayotgan turistlar soni; 


– ichki yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transportlar turi; 
– turizm bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchi, ekskursovod, gid-tarjimon, 
boshqa xizmat ko‘rsatuvchi personalga va ularni zaruriy qayta 
tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj; 
– transport vositalari; 
– reklama, axborot va kartografik materiallar shaklini tayyorlash, 
turistik yo‘llanmalari uchun axborot varaqalarida sayohat tavsifi.
Turistik sayohat xizmatini loyihalashtirishning natijasi turistik 
korxonaning quyidagi texnologik hujjatlarida aks etadi: 
turistik sayohatning texnologik xaritasi (1- ilova); 
turistik korxonaning yuklanish grafigi (2- ilova); 
iste’molchiga taqdim etiladigan turistik yo‘llanmaning axborot 
varaqasi (3- ilova).
«Turistik safar» xizmatini loyihalashtirish quyidagilarni nazarda 
tutadi: 
turistik safar kechadigan hudud va yo‘nalishning ekspeditsion 
tekshiruvini o‘tkazish; 
turistik safar yo‘lidagi (trassadagi) joylashtirish va uskunalar, 
turar joylar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash; 
zaruriy turistik jihozlar, uskunalar va transport vositalarining 
sonini hisob-kitob qilish; 
turizm bo‘yicha yo‘riqchi-uslubchilar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlarga bo‘lgan talabni o‘rganish hamda ularning tayyorgarligini 
tashkil etish; 


safar yo‘li bayonnomasi ko‘rsatilgan reklama – axborot 
materiallarini tayyorlash; 
«Turistik safar» xizmati xavfsizligi bo‘yicha choralarni belgilash.
Safar yo‘lini ishlab chiqish hududlar bo‘yicha mo‘tadil iqlim 
sharoiti, ekologik va sanitariya talablariga javob beradigan, amaldagi 
me’yoriy hujjatlarda belgilangan tarzda (SSBT, tabiat muhofazasi 
sohasi standartlariga mos keladigan) hamda aniq turizm turi 
rivojining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi.
«Turistik safar» xizmatini loyihalashtirishning hujjatli asosi 
yo‘nalishning ekspeditsion tekshiruvi va turistlar xohishini 
sotsiologik so‘rov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi 
(4- ilova). 
«Turistik safar» xizmatini loyihalashtirishning natijasi uning yo‘l 
pasporti hisoblanadi (5- ilova).
«Turistik safar»ning yo‘l pasporti quyidagi tashkilotlar bilan 
kelishiladi: 
sanitariya-epidemologiya xizmati organlari; 
transport vositalari harakatini nazorat qiluvchi boshqa tashkilotlar 
(YPX, suv inspeksiyasi va boshqalar); 
yer maydoni boshqaruvi organlari (mulkdorlar) bilan, agar ular 
hududdan turistik safar yo‘li o‘tgan bo‘lsa.
Turistik sayohatning yo‘nalishini va dasturini tuzishbo‘yicha 
barcha jarayonlarni tushuntirishga imkon beruvchi quyidagi 


texnologiya taklif etiladi. O‘z tarkibiga Toshkent, Buxoro va 
Samarqand shaharlarini oluvchi «Buyuk Ipak yo‘lidagi qadimgi 
shaharlar» nomli turistik mahsulotni ko‘rib chiqamiz. Mazkur 
yo‘nalish Fransiya turistlariga tavsiya etiladi. Sayohat muddati – 7 
kun va 6 kecha. Hisob-kitobni bir nafar turist uchun amalga 
oshiramiz. 
Asosiy 
turistik 
mahsulot 
(turprodukt) 
tarkibiga 
quyidagilarni kiritamiz: 
1) transport xizmatlari (TSer)
, masalan,
Parijdan Toshkentgacha 
uchib kelish va orqaga. Biletning borib kelish narxi 980 dollarni 
tashkil etadi; 
2) transfert xizmatlari (SerTr)
– 
bu turistni aeroportdan 
mehmonxonagacha eltish va orqaga hamda turistni mamlakat bo‘ylab 
tansprortda olib yurish xarajatlaridir. Aytaylik, bir kunlik mazkur 
xarajatlar 30 dollarni tashkil qilsin; 
3) mehmonxonalarda yashash (Acc)
– 
Toshkentda (2 sutka), 
Buxoroda (2 sutka) va Samarqandda (2 sutka) o‘rtacha bitta ikki 
o‘rinli nomer sutkasiga 40 dollar. Mazkur xarajat tarkibiga ertalabki 
nonushta xarajatlari ham kiritilgan; 
4) yuqorida qayd qilingan uchta shahar restoranlarida ovqatlanish 
(tushlik va kechki ovqat – 20 dollar); 
5) uchta shaharda tarjimon, ekskursiya yetakchilarining (SerG) 
xizmatlari – sutkasiga 5 dollar miqdorida; 
6) diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish (TurS) – muzeylar, 
Ko‘kaldosh madrasasi, Ulug‘bek observatoriyasi, Registon maydoni, 


Shohi zinda ansambli, Labi hovuz majmuyi va boshqa tarixiy, 
madaniy obyektlar (jami – 50 dollar).
7) turni tashkil etgan turistik firma xarajatlari va foydasi (IaP), 
turetakchining kutib olishi-kuzatishi – 100 dollar.
8) boshqa davlatga tashrif buyurgan turistning barcha kunlari 
uchun ixtisoslashgan kompaniyaga sug‘urta to‘lovi (badali) (SK) – 
sutkasiga 2 dollar miqdorida.
Shunday qilib, turistik mahsulot summasi: OTur = TSer (980 
AQSh dollari) + SerTr (30 AQSh dollari x 7 kun) + Acc (30 AQSh 
dollari x 6 kun) + FR (20 AQSh dollari x 7 kun) + SerG (5 AQSh 
dollari x 7 kun) + TurS (50 AQSh dollari) + IaP (100 AQSh dollari) 
+ SK (2 AQSh dollari x 7) = 1709 AQSh dollari.
Shuni hisobga olish zarurki, bu dastlabki narxlardir, biroq, turistik 
firma doimo xarajatlarni qisqartirishi va aviakompaniyalardan, 
avtotransport tashkilotlaridan, mehmonxonalardan, diqqatga sazovor 
korxonalardan chegirmalar olishi mumkin.
Qo‘shimcha xizmatlar mijozning istak-xohishi bo‘yicha kiritilishi 
mumkin. Masalan, turistlar uchun bo‘sh vaqt ajratiladi (xarid uchun, 
mustaqil sayohat uchun va hokazo). Bunda Xumson tog‘larida otda 
sayr qilish (Bo‘stonliq tumani), qimizdan tatib ko‘rish, Buxoroda 
hammomga 
yoki 
shaxsiy 
turar-joylarga 
tashrif 
buyurish, 
Samarqandda to‘yda yoki tantanali marosimlarda ishtirok etish. 
Firma bunday madaniy xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilot va 
muassasalar bilan olidindan shartnoma tuzgan bo‘lishi kerak. 


Tabiiyki, bunday qo‘shimcha xizmatlar turistik mahsulot narxini 
qimmatlashtiradi .
Turistik mahsulot o‘z tarkibiga yo‘nalishni batafsil ifodalashni 
kiritadi. U quyidagicha bayon qilinishi mumkin: 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin