3-Amaliy mashg‘ulot
3-Amaliy: PHP DA АRIFMETIK, MАNTIQIY ОPERАTОRLАR VA
ULARNING TADBIQI
Ishning maqsadi: PHP7 dasturining imkoniyatlarini o‘rganish. Dastur
funksiyalari bilan tanishuv.
Vazifa:
1. Dasturning ishchi soxasi, asboblar gurihi, funksiyanal panellar, hamda ularning
imkoniyatlari bilan tanishuv.
Arifmetik amallar va qiymat berish operatori. Berilganlarni qayta ishlash
uchun PHP tilida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu
qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida
bajariladi, hisob natijasi uning qaytariluvchi qiymati hisoblanadi. Tayanch
arifmetik amallarga qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/) va bo‘lish
qoldig‘ini olish (%) amallarini keltirish mumkin. Amallar qaytaradigan
qiymatlarni o‘zlashtirish uchun qiymat berish amali (=) va uning turli
modifikatsiyalari ishlatiladi: qo‘shish, qiymat berish bilan (+); ayirish, qiymat
berish bilan (-); ko‘paytirish qiymat berish bilan (*); bo‘lish, qiymat berish bilan
(/); bo‘lish qoldig‘ini olish, qiymat berish bilan (%) va boshqalar. Ularning
umumiy ko‘rinishlariga to‘xtalamiz.
Razryadli mantiqiy amallar. Dastur tuzish tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
odatda qo‘yilgan masalani yechishda biror holat ro‘y berganligini yoki yo‘qligini
ifodalash uchun 0 va 1 qiymat qabul qiluvchi bayroqlardan foydalaniladi. Shu
maqsadda bir yoki undan ortiq baytli o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin.
Masalan, bool (mantiqiy) tupdagi o‘zgaruvchini shu maqsadda ishlatsa bo‘ladi.
Boshqa tomondan, bayroq sifatida baytning razryadlaridan foydalanish ham
mumkin. Chunki razryadlar faqat ikkita qiymatni – 0 va 1 sonlarini qabul qiladi.
Bir baytda 8 razryad bo‘lgani uchun unda 8 ta bayroqni kodlash imkoniyati
mavjud. Quyidagi jadvalda PHP tilida bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar
majmuasi keltirilgan.
Bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar
Amallar
Mazmuni
Dostları ilə paylaş: |