16
50
27,3
9 000
366,1
100
38,6
10 000
386
200
54,6
20 000
545,8
O‘rtacha odam shar yuzasida
3.86 km. ni ko‘radi.
Ufqning ko‘rinma uzoqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
H=3.86 km · √h masalan H=3.86 km · √25=3.86 · 5=19.30 km
H – kuzatuvchi chiqqan balandlikda ufqning ko‘rinma uzoqligi.
3.86 km-tekis yuzada ufqning ko‘rinma
uzoqligi
√h - kuzatuvchining ko‘tarilish balandligi
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
1. Uzoq mashaqqatdan so’ng Hisor tog’ining eng baland nuqtasini zabt etgan
alpinist cho’qqidan turib qancha masofani ko’rishlari mumkin?
2. Chikago shahridagi balandligi 443 metr bo’lgan
Siers-Tauer binosining
tepasida turgan kishi qancha masofani ko’rish imkoniyatiga ega ekanligini
aniqlang.
3. Yer sharidan 4.5 km masofaga ko’tarilgan
havo sharida turib qancha
masofani kuzatish mumkin?
4. Amazonka daryosining quyi oqimida kengligi 80 km ga teng . Mazkur
joyda , daryoning o’ng qirg’og’ida turgan kishi uning chap qirg’og’ini ko’rishi
uchun qancha balandlikka ko’tarilishi kerak?
5. Afrikadagi Almadi va Ras- Xafun burunlari orasidagi masofa 7500 km ga
teng bo’lsa, Almadi burnida turgan kishi Ras-Xafun burnini ko’rishi
uchun
qancha balandlikka ko’tarilishi zarurligini aniqlang.
6. Yevropada turib Gibraltar bo’g’izi (14 km) orqali Afrika qirg’oqlarini
ko’rish uchun qancha balandlikka ko’tarilish zarur?
7. Dengiz sathidan 10 km yuqorida parvoz qilayotgan samolyot haydovchisi
qancha masofani ko’ra oladi?
8. Quyidagilarning qaysi birida turib uzoqroq masofani ko’rish mumkin:
Osiyoning eng baland cho’qqisidami yoki Alp tog’ining eng baland nuqtasidami?
Nima sababdan?
9. Sayyoh 267 km radiusli masofani ko’rish
uchun qancha balandlikka
ko’tarilish kerak? Bu qaysi tog’ cho’qqisining balandligiga teng?
10. O’rta Osiyoning eng baland nuqtasi hisoblangan Hindukush tog’idagi
Tirichmir cho’qqisida turgan o’zbek alpinistlari havo sof, beg’ubor bo’lganda
qancha masofani kuzatishlari mumkin?