29
b) Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
bilan kelishgan holda Jamg‘arma tomonidan xorijiy davlatlar va hukumatlardan,
xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlaridan, chet ellik fuqarolardan
beg‘araz yordam olinishi haqida qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy
tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy
apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2324 nafar, shu
jumladan, Vazirlik markaziy apparati xodimlari 138 nafar, shuningdek, metodistlar
471 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziriga:
Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan
tuzilmasiga boshqaruv
xodimlarining belgilangan umumiy soni chegarasida o‘zgartirishlar kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy
mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv
xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilsin.
3. Belgilansinki:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat va
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tuman
(shahar) bo‘limlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri
tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
b) 2019-yil 1-yanvardan:
30
maktabgacha ta’lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga,
ularning
maktabgacha ta’lim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi bo‘lgan taqdirda
pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya
berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta’lim muassasasi, uning
tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli
axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga
kiritishdir;
Dostları ilə paylaş: