Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix14.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#129954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-Ma’ruza. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi s

Keyingi tahrirga qarang. 
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi litsenziyasini to‘xtatish yoki bekor 
qilish uchun Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha 
ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni 
to‘g‘risidagi ishonchli axborotning yo‘qligi asos bo‘ladi. 
Keyingi tahrirga qarang. 
4. 
2018-2019-yillarda 
maktabgacha 
ta’lim 
tizimini 
yanada 
takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin. 
Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan 
tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi 
ko‘rsatilsin. 
5. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish jamg‘armasidan Markazga beg‘arazlik asosida bosqichma-bosqich 10 
million AQSh dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018-yilda Markazni 
joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun 2 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratsin; 
Keyingi tahrirga qarang. 


31 
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng polosali 
internet tarmog‘idan foydalanishini ta’minlasin. 
Keyingi tahrirga qarang. 
6. Quyidagilar: 
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish hamda 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, 
maktabgacha ta’lim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan 
tovarlar; 
Keyingi tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring 
kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu 
jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy 
mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-
yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod 
etilsin. 
Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan tovarlardan maqsadsiz 
foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan 
bojxona to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti foydasiga 
undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar 
qo‘llaniladi. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi: 
2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga 
normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini; 
2019-yil 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga 
normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini; 


32 
2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga o‘tkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim 
tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar 
kiritilishini ta’minlasin. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Vazirlik hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri 
hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qishloq 
joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi 
majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda ko‘p 
qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino ko‘rinishida 
maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lishini nazarda tutsin. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin