ma’razaga (ekinzor) bo‘lingan. Bunday tartibda bo‘linish bo‘yicha xiroj,zakot
va boshqa turdagi
soliqlarni yig‘ish va olish qulay bo‘lgan.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat namoyondalari
mavzeni qishloq va masjidlardan
kat
taroq hududiy bo‘linma deb ta’riflanganlar.
Misol uchun, Karki viloyati
mavzelarga bo‘linsa ham ular
o‘z navbatida
bekchalarga bo‘lingan, bekcha
qishloqlardan iborat bo‘lgan. Pomir viloyatlaridagi Ro‘shon
va Shug‘non ma’muriy
tumanlari oqsoqollik deyilgan. Aholi yashaydigan punktlar manbalarda uchta
atama-
qishloq, mavze, daha nomlari orqali qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez ko‘paya boshlaydi.
XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan
2,5mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60
mingdan ziyodroq, Samarqanda
shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.
Amirlik aholisning katta qismini o‘zbeklar
t
ashkil qilgan bo‘lib,juda ko‘plab o‘zbek urug‘lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida
yashaganlar. Aholi
tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog‘li
tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorat
egin, Ko‘lob,
Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog‘
bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar. Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining
son jihatdan katta qismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bo‘lgan Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida
joylashgan
yerlarda, ya’ni, amirlikning janubiy va g‘arbiy hududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi
hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan bo‘lib,ular asoan Qarshi va Sherobod bekliklarida
yashaganlar.