14
Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini
tovarlar hamda iste’mol qimmatlari orqali ayirboshlashga qaratilgan ijtimoiy va
boshqaruv jarayonidir.
Zamonaviy marketing iste’molchilarni hohish va muhtojliklarini aniqlashdan
boshlanib, ushbu korxona qaysi maqsadli bozorlarga samarali xizmat ko‘rsatib va
ajoyib
qimmatni taklif etib, ular asosan korxona maqsadli iste’molchilarini egallab
hamda ushlab qolib, shuningdek, sonini ko‘paytirishga erishish bo‘yicha qaror qabul
qilishdir. Agar korxona mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli echsa, u ma’lum miqdordagi
bozor ulushiga, foydaga va mijoz kapitalini egallashga erishadi.
Hozirda O‘zbekistonda raqobat bozori sharoitida korxonalar amaliy faoliyatining
muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan.
Ammo, shu vaqtgacha ishbilarmonlar, tadbirkorlar orasida va jamiyatda marketing
tizimi to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha hukmronlik qilmoqda. Ular marketingni asosiy
vazifasi, ishlab chiqarishning mahsulotini sotishga yordam berish deb biladilar.
Haqiqatda esa, hammasi buning aksidir, ya’ni ishlab chiqarish
marketingga yordam
berish uchun mavjuddir.
Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni engil sotish san’ati emas, balki u
iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam
berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha etarli bilim va tajribaga
ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini echishda
tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati
samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli
korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor qaratishlari lozim. Avvalgi
davrlarda marketing asosiy e’tiborni
mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining
maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa, (ular
kim bo‘lishidan qatiy nazar soni ko‘p bo‘lishi kerak) bugungi kunda esa, asosiy faoliyat
differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga jalb etilishi lozim (alohida bozorlar
bo‘shlig‘iga yo‘naltirilgan marketing).
15
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq iste’molchilar guruhi
bo‘lgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda etakchi
pozitsiyani
egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning
ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yo‘llarini izlab
topishlari sabab bo‘lmoqda.
Iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib olish
uchun, marketing tadqiqotlariga ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Ideal sharoitda
iste’molchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona (kompaniya)
ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga
nisbatan yuqori darajadagi
ishonchi, yondashuvi haqida so‘z yuritish mumkin: “bugungi kunda barchaga oz
bo‘lsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina kimgadir juda
yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”.
Marketing – bu korxonaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u quyidagilarga javob
berishi kerak, ya’ni:
-iste’molchilarni qondirilmagan talab va ehtiyojlarini anqlash;
-ularning hajmini va potensial foydaliligini son hamda sifat jihatidan baholash;
-shu holat uchun eng maqbul bo‘ladigan maqsadli bozorlarni topish;
-mazkur bozorlar uchun to‘g‘ri keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab
chiqarish;
-korxonani barcha xodimlarini mijozni manfaatlarini qondirish yo‘lida
xizmat
qilishga yunaltirish.
Marketing – bu korxona faoliyatini belgilab beruvchi haqiqiy falsafadir. Bugungi
kunda marketing bo‘limining bir o‘zi mijozlar bilan foydali munosabatlarni
shakllantira olmaydi, marketing faoliyati bilan korxonaning barcha bo‘limlari va
jamoasi shug‘ullanishi kerak. Marketing korxona tomonidan qabul qilinadigan
quyidagi qarorlarga asosiy ta’sir o‘tkazadi:
-korxona o‘z mijozlari sifatida kimlarni ko‘rishni hohlaydi;
-u mijozlarni qanday ehtiyojlarini qondirishni hohlaydi;
-o‘zini mijozlarini qanday mahsulotlarni va xizmatlarni taklif etmoqchi;
-o‘zining mahsulotlari va xizmatlariga qanday narxlarni belgilamoqchi;
16
-o‘zining mijozlariga qanday murojaatlarni yo‘llashni va ulardan qanday
murojaatlarni olishni hohlaydi;
-shuningdek, ular bilan qanday hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishni hohlaydi.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayorlanayotgan mutaxassisliklar
uchun “Marketing asoslari”- bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rganadigan asosiy
fandir. Marketing avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi.
U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi.
“Marketing” –
bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama,
iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligi va
raqobatchilarni o‘rganadigan fandir.
Faqat “Marketing asoslari” fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan
“raqobat” tushunchasini to‘g‘ri yoritadi. Raqobatni tushunib etish va uning qurshoviga
tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganish zarur.
“Marketing” fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini modellashtirish, tovar
sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, reklama va bozorni chuqur
o‘rganadi.
Shu sababli, mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriat
bosqichining hamma ta’lim yo‘nalishlarida “Marketing asoslari” fanini o‘qitish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: