Kompozitorlar – musiqa yaratuvchi ijodkor, odatda konservatoriyada
maxsus ta’lim olgan inson bo‘ladi. Kompozitorlarning asarlari simfoniya, opera,
balet, sonata, qo‘shiqlar, o‘z zamonasiga mos nota yozuvlarida o‘z aksini topadi.
Bastakorlar – esa og‘zaki an’ana uslubidagi professional musiqa
ijodkorlari. Bastakorlar xalq kuylariga tayangan holda yangi asarlar yaratadilar.
Muhim tomoni shundaki, bastakorlar o‘z asarlarini odatda dastlab, o‘z ijodkorlik
san’atlari orqali namoyon etadilar, so‘ng nota yozuvlarida aks ettiradilar. Shu bois
bastakorlar bir vaqtni o‘zida yaratuvchi ijodkor ham ijrochi san’atkordirlar.
Xalqimiz orasida eng taniqli bastakorlarga M. Mirzayev, R. Toshmatov, T. Jalilov,
Usta Olim Kornilov, Yu. Rajabiylarni aytish mumkin. Buyuk kompozitorlardan M.
Ashrafiy, M. Burxonov, F. Nazarov, K. Kenjayev, Sh. Yormatov, N. Norxo‘jayev,
A. Mansurovlarni aytish mumkin. Musiqa tinglashda vokal va cholg‘u musiqasi
xalq ommaviy musiqasini va kasbiy musiqa tinglab idrok eta olish nazarda tutiladi.
TO‘RTINCHI SINFDA YIL MAVZUSI: «O‘ZBEL XALQ MUSIQA IJODI» I chorak: O‘zbek xalq aytimlari va cholg‘ulari.
II chorak: Bayram va marosim qo‘shiqlari.
III chorak: Mavsum qo‘shiqlari.
IV chorak: Bahor fasli qo‘shiqlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. To‘rtinchi sinfda o‘quvchilarning psixologik-fiziologik xususiyatlari.
2. To‘rtinchi sinfda musiqa o‘qitishning mazmuni va maqsadi.
3. To‘rtinchi sinfda musiqa darsining chorak, yil mavzusi va ularni musiqa
darsidagi ahamiyati.
4. To‘rtinchi sinfda musiqa darslarini o‘ziga xosligi.
83
Tayanch tushunchalar «Volta» – bir nota yozuvida musiqa asarlarining turlicha tugatish uchun
qo‘yiladigan belgi.