87
III BOB
O‘RTA SINFLARDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASI
3.1 BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING
MAZMUNI VA METODIKASI
Beshinchi sinfda o‘rta ta’lim etapi boshlanadi. 5-sinf o‘quvchilari
psixologik-fiziologik jihatdan ancha o‘zgargan bo‘ladilar. Vokal-xor ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlarni
kuylashga, ansamblda kuylash malakalariga ega bo‘ladi. Qo‘shiq haqida,
tinglangan asar haqida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar. Ovoz
diapazoni (Do1 – Fa2) ma’lum miqdorda rivojlangan bo‘ladi, ular hayotiy tajribaga
boy bo‘ladilar. Fanlarga qiziquvchan va o‘zlarining sevgan mashg‘ulotlariga
astoydil mehr bilan qaraydilar. Bolalarning diqqat-e’tibori ancha turg‘unlashgan
bo‘ladi. Hajm jihatdan kattaroq musiqani tinglashga va kuylashga qodir bo‘ladi.
Musiqa darsida ko‘rgazmalilik asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchi o‘zi qo‘shiqni
ifodali qilib kuylab berish va o‘quvchilarga qo‘shiqni quyidagi metodlarga asosan
o‘rgatishi lozim:
1. Sof unisonga erishishi.
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to‘la idrok etishi.
3. Notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi o‘lchovlar, ansambl, xor,
orkestr haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Musiqa darslarida
iloji boricha, o‘qituvchi ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan ko‘proq
foydalanishi kerak. O‘quvchilar musiqa fanini boshqa fanlar bilan bog‘liq
ekanligini
ongli ravishda anglashi kerak. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiziqishi, qobiliyatiga
qarab to‘garaklarga jalb etilishi lozim. Beshinchi sinfda bir ovozda qo‘shiq kuylash
ustida ish olib borish davridayoq o‘quvchilarni ikki ovozda kuylashga asta-sekin
tayyorlab borish lozim. O‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nihoyatda oddiy
mashqlardan, qo‘shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qulay bo‘lgan ladlardan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham asosan
solbfedjio qilish yo‘li bilan o‘rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda
88
notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda
kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko‘rsatib notalar
nomini
va tovushining balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab,
so‘ng kuylash zarur. Bunday savollar o‘quvchilarni garmonik o‘quvini
kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o‘zlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ikki
ovozlik qo‘shiqlarni avvalo (aks sado) shaklidan boshlab kuylash kerak, so‘ng
kichik kanonlardan boshlab kattaroq hajmdagi jo‘rsiz (akapella) asarlarga o‘tish,
o‘quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o‘stiradi. Ikki
ovozli qo‘shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlarni
tanlash maqsadga muvofiqdir. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiz bolalar, o‘g‘il
bolalar ovozlar o‘rtasida deyarli farq bo‘lmayda. Har qaysi ovozning ohangi aniq,
ravshan, mustaqil bo‘lishi kerak. Pastgi ovoz shirali, xushohang, yaxshi esda
qoladigan bo‘lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni seksta,
septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo‘shiqlar aytishga ayniqsa qulaydir.
Qo‘shiqlar o‘rtacha tempda yozilgan bo‘lishi kuylash uchun foydali va
osondir. Ikki ovozli qo‘shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatdan shakli yengil va oson
bo‘lishi kerak. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab
o‘rgatishi o‘quvchilarni talaffuzi, intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki
ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho‘zib, ikkinchi ovoz harakatlanishi ham bolalarni
eshitish qobiliyatlarini o‘stiradi. Keyinchalik esa ovozlarni parallel bir tomonga
yo‘nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo‘nalishi va har xil murakkabroq holatida
ham kuylash mumkin bo‘ladi. Musiqa darsi jarayonida ikki ovozda kuylash uchun
bolalar ovozini diskant va altga bo‘lish shart emas, balki taxminiy bo‘lishi ham
mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o‘quvi
ko‘proq o‘sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim.
Buning uchun albatta dastlab sof unisonga erishiladi. So‘ngra, ikki ovozli asarlarga
o‘tiladi.
Beshinchi sinf bolalarining ovozlari yangroq, ovoz apparatlari shakllangan,
89
qo‘shiq kuylash ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganligi sababli ikki ovozli
qo‘shiqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi sinfda quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi: «O‘zbekiston Davlat
madhiyasi», A. Oripov she’ri, M. Burxonov musiqasi. «Bolalarning ko‘zlari»,
Qambar Ota she’ri, M.Otajonov musiqasi. «Parvozdagi qushchalar», M. Mirzayev
she’ri, R. Abdullayev musiqasi. «Sumalak», T. Bahramov she’ri, Sh. Yormatov
musiqasi. Beshinchi sinfda quyidagi asarlar tinglaniladi: «Boychechak», Sh.
Yormatov xor uchun qayta ishlangan. «Terimchilar qo‘shig‘i», vokal simfonik
suita G‘. G‘ulom she’ri, S. Yudakov musiqasi. «Maysaraning ishi» operasidan
parcha, S. Yudakov musiqasi. «Figaroning to‘yi», V.A. Motsart musiqasi.
«Otmagay tong», «Tohir va Zuhra» musiqali dramasidan parcha, T. Jalilov
musiqasi.
Dostları ilə paylaş: |