Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. XX asr oxirlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qanday dars shakllari
mavjud bo‘lgan?
2. Hozirgi kunda musiqiy ta’limda qanday noan’anaviy dars turlari
qo‘llanilib kelinmoqda?
3. Konsert darslarini tashkil etish yo‘llarini aytib bering.
4. Suhbat, ma’ruza, bahs-munozara darslari qaysi faoliyat turlarida
qo‘llanilishi mumkin?
5. Viktorina darslarini tashkil etish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?
6. Musiqa savodini o‘zlashtirish uchun qaysi dars turlaridan foydalanish
mumkin?
7. O‘zingiz biror-bir noan’anaviy dars turini rejasini tuzib, izohlab bering.
128
4.4. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA
TA’LIMI VA TARBIYASINING RIVOJLANISHI
Mustaqil Respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jamiyatimizni
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy jihatdan jahonning eng
rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olmoqda.
O‘zbekistonning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 9 yillik umumiy
o‘rta ta’lim joriy etildi. Ta’limni mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda
musiqa predmeti bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqildi.
1992-yil 25-noyabrda «Ma’rifat» gazetasida musiqa ta’lim-tarbiyasining
konsepsiya loyihasida musiqa ta’limining milliy va ilmiy asoslari, mazmuni,
tuzilishi, tabaqalanishi, musiqa o‘qituvchisiga bo‘lgan zamonaviy talablar hamda
ta’limning ilmiy-uslubiy ta’minoti bayon etiladi. Bugungi o‘zligimizni anglash o‘z
taqdirimiz va farzandlarimiz istiqbolini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Mustaqil
O‘zbekistonda milliy madaniyatimizni o‘ziga xos xususiyatini tiklash umumta’lim
maktablarida yoshlarni badiiy tarbiyalash va kamol toptirish hamda hozirgi
kunimizni to‘laroq idrok etish uchun eng avvalo tariximizni yaxshi bilmoqlik
hisoblanadi. Chunki, har bir yangilik tarixiy bog‘lanish orqali amalga oshiriladi.
Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy
faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy
faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi imkoniyatlari yangi
avlodni
tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos, takrorlanmas
manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limidan davlat standartlari asosida yangi
ta’lim mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda
kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik,
mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni
ta’minlaydi. Demak, yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda «Musiqa madaniyati»
darslarini ahamiyati katta. Musiqiy madaniyat darslari o‘quvchilarni axloqiy-
129
estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ulardagi go‘zallikka bo‘lgan his-
tuyg‘ularini o‘stiradi, musiqa san’atiga mehr-muhabbat, qiziqish uyg‘otadi, ona-
Vatanni sevishga, bir-birini, kattalarni hurmat qilish, mehnatni, tabiatni sevishga,
qadrlashga
o‘rgatadi va hayotda o‘z o‘rnini topa olishga madad beradi. Bunda o‘quvchilar
musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishlari, musiqani idrok etish, yakka va
jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash va raqsga tushish, ijodkorlik malakalarini
shakllantirish, musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek,
o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratib berish va
ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim-tarbiyasining vazifasini
tashkil
etadi. Hozirgi musiqiy ta’lim-tarbiyasi shuni ko‘rsatadiki, milliy musiqa
merosimizni o‘rganishda musiqa darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiya
tizimini ahamiyati katta. Musiqa darslarini hayotga joriy etish maqsadida umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun musiqadan 1999-yili davlat ta’lim standartlari
asosida yangi dastur ishlab chiqildi. Yangi dasturning asosiy mohiyati avvalo
darsning mavzulari, har bir chorak belgilangan mavzulardan kelib chiqadi. Darsni
qiziqarli bo‘lishi uchun musiqa ijodkorligi qo‘llanildi, barcha musiqa faoliyatlari
(xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash) dars mavzusining ajralmas
qismi va mantiqan uzviy bog‘lanib o‘tiladi.
«Dars» – ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va samarali
shaklidir. Jamiyatimizning turli jabhalarida bo‘layotgan siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy,
ma’rifiy o‘zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa darslarining mazmuni va
metodikasiga ham qo‘yildi:
Darsda ta’limiy-didaktik, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlarni bilish va
ularni amalga oshirish.
1. Darsda ta’ limning faol usul va uslublaridan foydalanish.
2. Dars jarayonida xalq pedagogikasi an’analarini, jahon pedagogika va
psixologiyasi, san’atimiz, buyuk ajdodlarimiz o‘gitlari, rivoyatlarimiz,
hadislarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
130
Ma’lumki, keyingi yillarda tajribali metodistlar, olimlar va amaliyotchi
o‘qituvchilarning o‘quv jarayonini tahlil qilish sohasida o‘tkazilgan va didaktik
shart-sharoitlarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Eng muhim shart-sharoitlar
quyidagilardan iborat:
1. Darsliklar, qo‘llanmalar, dasturlar, tavsiyanomalar, didaktik va metodik
ko‘rgazmali qurollar hamda texnik vositalardan foydalanish.
2. Sinfda ijobiy psixologik muhit bo‘lishi.
3. O‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish.
Ushbu pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib, darsning maqsadi va mavzusi
to‘g‘ri tashkil qilinsa, dars sifatli, samarali bo‘lishi mumkin.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» muhim tarixiy, amaliy hujjat bo‘lib ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyoning ilg‘or demokratik davlat darajasiga
yetkazish va yosh kadrlarni yuksak ma’naviy-axloqiy, yuqori bilimlarga ega qilib
tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Talabalarimizni olgan nazariy bilimlari bilan
birga amaliy mashg‘ulot o‘tkazgan darslari va o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlarida
guruhning barcha talabalari o‘qituvchi ishtirokida tahlil va muhokama qilishlari
lozim. Tahlil jarayonida eng muhimi talaba o‘zining dars o‘tkazuvchi o‘qituvchi
sifatida tasavvur qilib, o‘z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to‘g‘ri baholay
olganidadir. Talaba tomonidan o‘tqazilgan darslarning va tarbiyaviy ishlarning
tahlili odatda o‘z-o‘zini baholashda, o‘zini hisobotini reja va konspektalarni tahlil
qilishdan, o‘z ishini baholay olishdan boshlanadi. Metodist – o‘qituvchi,
amaliyotchi – talabaga metodik yordam ko‘rsatish va maslahatlar berib, kamchilik
va yutuqlarini aniqlab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi lozim. Bunda eng asosiy maqsad
talaba-yoshlarimizni qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlab, to‘g‘ri shakllantirish va
yuzaga chiqarishdir. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning –
«Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi
ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi,
131
an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy
bog‘liqdir»
4
, degan so‘zlari ma’naviyat cho‘qqisiga intilishga chorlamoqda.
Dostları ilə paylaş: |