144
VENGRIYADA MUSIQA TA’LIMI TIZIMI
Vengriyada musiqiy tarbiya sohasida erishilgan asosiy yutuqlar zamonaviy
venger asoschilaridan biri kompozitor, xalq og‘zaki ijodi bilimdoni, musiqashunos,
pedagog Zoltan Koday (1882–1967) nomi bilan bog‘liqdir. Bolalarning musiqiy
tarbiya sohasidagi o‘zining faol va sermahsul faoliyatini Zoltan Koday 1920-
yillardan boshladi. Z.Kodayning bolalar musiqiy tarbiya tizimi ommaviylik
tamoyiliga asoslangan. Buyuk alloma xor jamoasida qo‘shiq aytish hammaga ham
mumkinligini alohida ta’kidlagan, keng ommani xor ijrochiligiga alb etib, bu ishga
alohida diqqat va e’tiborni talab qildi. Uning butun musiqiy ta’lim jarayoni xalq
kuylariga asoslangan. Koday ommaviy venger maktabiga “Tonika-sol-fa” usulini
kiritdi. Uning g‘oyalari ikkinchi jahon urushidan so‘ng ommalashib ketdi. Koday
metodi bu – yaxlit tizim bo‘lib, relyativ (nisbiy) solmizatsiya, kuylayotgan
o‘quvchilarga qo‘l harakati yordamida beradigan ko‘rsatmalar, venger xalq
qo‘shiqlari, musiqani chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan umumta’lim maktablari,
xor sinflari hamda guruhli kuylashdan iborat. Unutmaslik kerakki, Koday metodi
haqida gap ketganda so‘nggi musiqiy tarbiya konsepsiyasi haqida, uni hayotga
tatbiq etish yo‘llari to‘g‘risida bormoqda. Bularni Z.Koday turli manbalardan olib,
venger musiqasi xususiyatlariga moslashtirdi. Guruhli kuylash Vengriyada
haqiqatdan, umumxalq jarayoni bo‘lib, bunga musiqa savodxonligi nota bo‘yicha
qo‘shiq ayta olishga yordam beradi.
Z.Kodayning “2000-yilga kelib, har bir umumta’lim maktabini bitirgan
o‘smir notani erkin o‘qiy oladi” degan orzusi amalga oshmoqda. Vengriyada
musiqiy tarbiya yuqori darajadadir. Butun mamlakatdagi umumta’lim maktab
tizimining asosi 8 yillik to‘liqsiz o‘rta maktab bo‘lib, uni bitirgan o‘quvchilar 4-
sinfli gimnaziyaga o‘tadilar. Birinchi sinfda bolalar haftada 2 marta 0,5 soatdan, 2–
7-sinflarda esa haftada 2 soat “Musiqa” o‘quv fani bilan shug‘ullanadilar. Bundan
tashqari, har hafta ikki soat orkestr mashg‘ulotlariga ajratilgan. Gimnaziyaning 3–
4-sinflarida o‘quvchilar musiqa adabiyoti bilan tanishish va birorta musiqa
cholg‘usini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umumta’lim maktablari orasida
145
“Musiqa qo‘shiqchiligi” to‘liqsiz o‘rta maktablari, ya’ni musiqani chuqur
o‘rganishga qaratilgan umumta’lim maktablari keng joriy etilgan. Ularda 1–4-sinf
o‘quvchilari haftada 6 soat, 5–7-sinflarda esa 4 soat musiqa va 2 soat xor
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadilar. Maktablarda, shuningdek, fortepiano,
skripka, puflama-musiqa cholg‘ulari sinflari mavjud. Bunday maktablardagi
sinflarda o‘quvchilar soni umummaktab sinfidagi bolalar soniga nisbatan kamroq,
ya’ni 26 o‘quvchidan ortmaydi. Bundan tashqari ularda umumta’lim yo‘nalishidagi
o‘quv fanlarining soni ham qisqartirilgan.
Boshlang‘ich sinflarda barcha o‘quv fanlaridan bilim berayotgan o‘qituvchi
musiqa darsini ham o‘tadi. 5–8-sinflarda bu darslarni musiqa mutaxassisi olib
boradi. Bolalarning musiqa savodini chiqarishda ustoz tomonidan qo‘l harakatlari,
maxsus imo-ishoralar qo‘llaniladi. Relyativ solminizatsiyani chuqur o‘rgangandan
so‘ng o‘quvchilar mutlaq tizimga o‘tadilar. Musiqa ta’limini berish, shu jumladan
musiqa o‘quvini rivojlantirish uslubiyoti, asosan, bolalar ongining o‘ziga xos
tomonlarini hisobga olgan va ularga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktablarida fortepiano, fleyta, yog‘och simbala va ayrim urma
cholg‘ularidan foydalaniladi. Koday tizimi, ayniqsa, musiqani chuqur o‘rganishga
yo‘naltirilgan va umumiy ta’lim maktablarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Har kungi musiqa darslari bolalarda usullarni ajrata bilish tajribasini, xotira, his-
tuyg‘ularni rivojlantiradi. 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ta’lim oladigan
gimnaziyalarda musiqa tarixi fani o‘rganiladi, barcha janr, uslub va davrdagi
musiqa asarlari eshitiladi, shuningdek, sinfdan tashqari ishlaydigan xor va orkestr
jamoalarida faoliyat ko‘rsatadilar.
Vengriyada maxsus musiqa ta’limi beradigan gimnaziyalar ham mavjud.
Bunday gimnaziyalar bitiruvchilari, aksariyat hollarda boshlang‘ich sinf musiqa
o‘qituvchilari bo‘lib ishlaydilar. Shuningdek, Vengriyada bir nechta musiqa bilim
yurtlari ham mavjud. Mazkur o‘quv yurtlarida o‘quvchilar umumta’lim fanlari
bilan birga biror musiqa cholg‘usini, solfedjio, garmoniya, guruhli kuylashni
o‘rganishadi. Gimnaziya bitiruvchilari o‘qishni (ta’lim olish muddati 3 yildan 5
yilgacha bo‘lgan) Ferens List nomidagi Musiqa akademiyasida davom ettirishlari
146
mumkin. 3 yillik kurslarda umumta’lim maktablari uchun solfedjio, qo‘shiq, biror
musiqa cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchi tayyorlanadi. 5 yillik
ta’lim esa oliy malakali o‘qituvchi va ijrochi artistlarni tayyorlaydi. Bundan
tashqari Vengriyada yuqori sinf musiqa o‘qituvchilari tayyorlaydigan 4 yillik oliy
o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, bu yerda talabalar muayyan musiqa ixtisosligi bilan
birga ikkinchi mutaxassislik (masalan, musiqa va tarix, musiqa, til va boshqalar)ni
egallaydilar. Z.Koday tizimi Vengriyadagi musiqa ta’limi va tarbiyasining barcha
bosqichlarida joriy etilmoqda. Venfiya musiqashunos pedagoglarining tajribasi
dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jumladan, O‘zbekistonda ham musiqashunos
va pedagogika mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.
Z.Koday tizimi turli milliy, madaniy an’analarga muhim ravishda moslashib
bormoqda va shuning uchun u jahonning aksariyat mamlakatlarida keng miqyosda
ommalashib ketdi. Vengriyada butun xalq musiqiy savodini chiqarish vazifasi
muvaffaqiyat bilan hal etilmoqda. Bunda, musiqani chuqur o‘rganishga
yo‘naltirilgan umumta’lim mamlakatlarida xor kuni o‘tkaziladigan musiqa darslari
katta ahamiyat kasb etmoqda. Guruhli kuylash Vengriyada chindan ham,
umumxalq
jarayonidir, bunga odamlarning musiqa savodxonligi, notaga qarab kuylash
malakasi ta’sir ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |