Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Jazolash -tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish  usuli.  Jamoa



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Jazolash -tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish 
usuli. 
Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, 
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma'nolarni anglatadi) - bir necha a'zo 
(kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida 
tashkil topgan guruh. 
Jamoa an'analari – jamoa a'zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi 
barqarorlashgan odat. 
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy 
sifatlar, e'tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg‘usi va irodasiga ta'sir ko‘rsatish usullari. 
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta'sir etish 
usuli. 
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta 
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida 
barqarorlashgan dunyoqarash shakli.


163 
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqyea-
hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv. 
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik 
(jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash - mutaxassislarning 
kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida 
tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi. 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda 
ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak 
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, 
istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin