7-rasm Kompaniya Boshqaruvi tarkibi
11
.
Bugungi kunda kompaniyada mehnat qilayotgan jami xodimlar soni 280
kishini tashkil etib, shundan 203 nafari oliy ma‟lumotga ega. Jumladan, 77 nafar
xodim oliy iqtisodiy ma‟lumotga, 55 nafar xodim oliy texnik ma‟lumotga, 28
nafar xodim oliy yuridik ma‟lumotga, 3 nafar xodim “fan nomzodi” ilmiy
unvoniga ega.
11
“O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALK 2015-yilga mo`ljallangan biznes-rejasi.
Boshqaruv kengashi raisi
Otajonov Nodir Sobirovich
1.
Boshqaruv raisining urinbosari- Ruzmetov Baxodir Nurmamatovich
2.
Bosh buxgalter- Atabaev Nurilla Narzullaevich
Marketing, texnikalarni lizingga berish va monitoring qilish” bo`limi
boshligi- Taslimov Baxodir Karimovich
“SHartnoma, xuquq va da‟vo ishlarini tashkil etish” bo`limi boshlig`i-
Xodjiev Paxriddin Abdusolikovich
35
Kompaniya Boshqaruvi rahbarlikni amalga oshirish, Kompaniya faoliyati
bilan bog`lik barcha jarayonlarni boshqarish va nazorat qila olish bo`yicha zarur
darajadagi bilim va malakaga ega.
Kompaniya tizimida boshqaruvni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va
xisoboti, shartnoma- da‟vo ishlarini olib borish, kompaniya mulki hisoblangan
va shu kabi boshqa yo`nalishlar yetarli darajadagi bilim va ko`nikmalarga, ish
tajribasiga ega bo`lgan xodimlar bilan ta‟minlangan. Ish faoliyatida
kompyuterlardan foydalanish bilan bog`lik bo‟lgan barcha xodimlar axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha lozim darajadagi bilim
va ko`nikmalarga ega. Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan lizing
operatsiyalari hajmi yildan-yilga keskin ortib borayotgan bir vaqtda xodimlar
sonining chegaralanganligi mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni,
shu bilan birga xodimlar malakasi oshirilishini talab etadi. Shu maqsadda 2015
yilda mavjud kadrlar tarkibi qayta ko‟rib chiqiladi, vakant turgan lavozimlar
to`ldirilib, mehnat sohasida sog`lom ichki raqobat vujudga keltiriladi. Yil
davomida o`tkaziladigan qisqa muddatli kurslarda xodimlar malakasini oshirish
ishlari davom ettiriladi, ular chet elda lizing sohasi bo`yicha o`tkaziladigan
xalqaro konferensiya va seminarlarga yuboriladi. Kasb-xunar kolleji va Moliya
instituti talabalarining Kompaniya ijro etuvchi apparati va hududiy filiallarda
amaliyot o`tashlari bo‟yicha yo‟lga ko‟yilgan ishlar davom ettiriladi.
2015 yilda Kompaniya tomonidan hududiy filiallarni Kompaniya imidjiga
mos
keluvchi
binolarda
faoliyat
ko‟rsatishi,
moddiy-texnik
bazasi
mustahkamlanishi, xodimlar uchun talab darajasidagi ish sharoitini yaratish
choralari ko‟riladi. Jumladan, Kompaniyaning Qoraqalpog`iston Respublikasi va
Buxoro viloyati filiali uchun zamonaviy va har jihatdan talabga javob beradigan
yangi bino foydalanishga topshirilishi belgilangan. Shuningdek, O`zbekistan
Respublikasi Vazirlar Maxkamasida 2012-yil 9-iyulda o‟tkazilgan 134-sonli
yig`ilish bayonining 6-bandi ijrosini ta‟minlash maqsadida, 2015 yilda
Qashqadaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida umumiy qiymati 10500,0
mln.sum bo`lgan namunaviy loyihada ofis binosi ko`rilishi rejalashtirilgan.
|