18. Energiyani boshqarish bo'yicha ishchi guruh - shaxslarda chora -tadbirlarni samarali
amalga oshirish uchun mas'ul (mas'ul) Energiyani boshqarish tizimi va takomillashtirishni
ta'minlash energiya samaradorligi.
19. Energetik maqsad - bu ma'lum natija yoki yutuq, tashkilotning energiya siyosatiga
rioya qilishga qaratilgan energiya samaradorligi
20. Energiya samaradorligi - o'lchanadigan natijalar bilan bog'liq energiya samaradorligi,
energiyadan foydalanish va energiya sarfi
21. Energomenejment - yoqilg’i energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirishga yo’naltirilgan tashkiliy va texnik tadbirlar yig’indisidir.
22. Energetika auditi - bu energiya manbalari va uning ishlab-chiqarayotgan mahsulot
birligiga solishtirma iste'moli to’g’risida axborot yig’ish maqsadida korxonani
tekshiruvdan o’tkazishdir.
23. Yoqilg’i-energetika resurslari (YOER) – bu material ob`ekt bo’lib, unda inson
tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to’plangan.
24. Energetika resursi deb – tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday energiya manbaiga
aytiladi. Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin
bo’lgan energiya tashuvchilardir.
25. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo’lib, unga muvofiq
energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo’linadi.
26. Tiklanuvchilarga tabiat (er, o’simliklar, xayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan
rusurslar kiradi,
27. Tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to’plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda
hosil bo’lmaydigan resurslar (neft, ko’mir va boshqa er osti zaxiralari) kiradi.
28. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.
29. Zamonaviy tabiatdan foydalanishda energetik resurslar uch guruhga taqsimlanadi bular: energiya oqimi va aylanishida ishtirok etuvchi (Quyosh, kosmik energiya va boshqalar),
saqlanyotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo) va sun`iy faollashgan energiya manbalari
(atom va termoyadro energiya).