Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


RAQAMLI IQTISODIYOT: TARAQQIYOT SARI QISQA YO'L



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#132598
1   2   3
Pulatov Jahongir Shuxratjon o\'g\'li

RAQAMLI IQTISODIYOT: TARAQQIYOT SARI QISQA YO'L. 
Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, 
mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan 
kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri 
kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada 
oydinlashadi. 
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida 
Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib 
boʻlmaydi. 
Yangi iqtisodiyot nima? 
Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga 
keltirdi. Kam oʻrganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti 
ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal 
xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal 
usullarini taqdim etadi. Isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. 
Bu vaqtingiz tigʻiz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi 
chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul joʻnatishdan koʻra kengroq imkoniyatlar boʻlib, 
transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham 
qamrab oladi. 
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron 
tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim 
etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar 
elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni 
kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli 
iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy 
buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda 
uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi. 


Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 
«Научный импульс» сентябр, 2022
762 
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab 
chiqarishda oʻsish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish 
imkonini beradi. 
Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga 
tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish 
boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini taʼminlash, 
barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni raqamli texnologiyalar 
bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual 
salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini 
yaratishga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin