Savol va topshiriqlar
1. Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deganda nimani
tushunasiz?
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir ko‘rsatish
sabablarini ayting?
3. Telekommunikatsiya kanallarida axborot xavfsizligini ta’minlash
usullarini izohlab bering?
4. Telekommunikatsiya kanallarida axborot xavfsizligini ta’minlash
vositalarini izohlab bering?
5. Tarmoq xavfsizligini ta’minlashda texnikaviy vositalarni tasnifi?
6. Kompyuter tizimlarining himoyalanganlik darajasini aniqlash vositalari?
7. Tarmoq xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy dasturiy vositalariga
misollar keltiring?
8.
DLP tizimining vazifasini aytib bering?
9. Kerio Control
tizimining vazifasini aytib bering?
10. IDS va IPS
tizimlarining vazifasi va o‘zaro farqlarini ayting?
11. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar?
12. Tarmoqlararo ekran va uning vazifalarini tushuntirib bering?
13. Tashkilotning tarmoq xavsizligi siyosati tushuntirib bering?
14. Internetda axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini tushuntirib
bering?
15. Elektron pochtada mavjud xavflar va ulardan himoyalanish yo‘llari?
16. Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi?
17. Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga tahdidlar?
18.
Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash choralari
?
133
1. Axborot xavfsizligi sohasida atamalar
2. Access - Axborotga munosabat (kirish). Axborot bilan tanishish, u bilan
biror axborot jarayonini amalga oshirish.
3. Access object - Munosabat (kirish) obekti. Munosabat turi va darajasi aniq
qoidalar asosida cheklab qo'yilgan axborot texnologiyasi elementi va obyekti.
4. Active attack - Tajovuz. Xavfsizlikka tahdidning yuzaga chiqishi.
5. Active threat - Xavfsizlikka tahdid. Qasddan tizimning holatini
yomonlashtirishga qaratilgan muayyan turdagi xavf-hatarning ma’lum ehtimolligi.
6. ASCII - Armored Text (
American standard code for information
interchange
) – ASCII - matn. ASCII to‘plamiga kiruvchi 7-bitli standart bosma
simvollarda yozilib ikkili sanoq tizimida kodlangan axborot. Bu ko‘rinishdagi
axborot har qanday tarmoq kanali orqali uzatishga yaraydi.
7. Authentication information - Autentifikatsiya axboroti. Muayyan axborot
manbaining yoki uni egasining aslini bilib olish uchun ishlatiladigan axborot.
Bunday axborot sifatida raqamli imzo, hujjat izi, manba izi va boshqalar.
8. Authentication- Autentifikatsiya. Muayyan axborot manbaining yoki uni
egasining aslini bilib olish. Bu maqsadda nosimmetrik kriptotizimdan
foydalanilganda hujjatning aslini (kelib chiqishini) hujjat tuzuvchining raqamli
imzosi vositasida aniqlab olinadi. Autentifikatsiya keng ma’noda qaralganda
axborotning manbaidan qat’iy nazar uning faqat ichki tuzilmasi asosida butunligini
aniqlashdir.
9. Authorized access - Ruxsatli munosabat (kirish). Axborotga va axborot
texnologiyasi elementlariga nisbatan belgilab qo‘yilgan cheklov qoidalariga rioya
qilingan holda faol munosabatda bo‘lish.
10. Certify - Kalitni sertifikatsiyalash. Biror kimsaning oshkora kalitini
raqamli imzo bilan tasdiqlash.
11. Certifying Authority - Vakolatli sertifikator. Kalitni sertifikatsiyalash va
buni umumiy ma’lumotlar bazasiga kiritish huquqiga ega bo‘lgan ishonchga
sazovor shaxs (yoki shaxslar).
134
12. Confidentiality information - Axborot pinxonaligi. Axborotning u bilan
bajariladigan axborot jarayonlari davomida u bilan beruxsat tanishish yoki uni
ko‘chirib olishga yo‘l qo‘ymaslik xossasi.
13. Confidentiality information - Pinxona axborot. Hujjatlashtirilgan shunday
axborotki, unga nisbatan barcha munosabatlar (ruscha, dostup) qonun bilan
cheklangan.
14. Confidentiality mark - Maxfiylik grifi. Hujjatlashtirilgan axborotning
maxfiylik darajasini ko‘rsatuvchi rekvizit (masalan, o‘ta maxfiy, maxfiy, pinxona,
xizmatda foydalanish uchun, oshkora).
15. Cryptographic method - Kriptografik metod. Axborotni shifrlashga
asoslangan himoyalash usuli.
16. Data destruction - Axborotni yo‘q qilish. Axborotni tasodifiy xato tufayli
yoki qasddan moddiy tashuvchidan o‘chirib yuborish yoki tashuvchisi bilan birga
o‘g‘irlab ketish.
17. Data falsification - Axborotni soxtalashtirish. Axborot jarayonlari
davomida axborot mazmunini qastdan buzib o‘zgartirish.
18. Data protection - Axborot himoyasi. Axborotning pinxonaligi, butunligi
va qobilligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, siyosiy, tashkiliy, texnikaviy va
dasturiy tadbirlar majmui.
19. Data transmission blocking - Axborot uzatishni to‘sish. Axborot uzatishni
qastdan yoki tasodifiy xato tufayli to‘xtatib, yo‘lini o‘zgartirib yoki kechiktirib
qo‘yishdan iborat bo‘lgan axborot xavfsizligining buzish turi.
20. Decryption - Shifrni ochish. Shifrlangan axborotni tushunarli shaklga
aylantirish. Buning uchun maxfiy kalitdan foydalaniladi.
21. Digest - raqamli iz (daydjest). Axborotning ixcham bir tomonlama
hisoblanadigan funksiyasi yoki faylning nazorat jamlanmasi. Axborot o‘zgarsa
daydjest ham o‘zgaradi.
22. Digital Signature - Raqamli imzo. Axborotning raqamli izi (daydjesti)ning
shu axborotning haqiqiyligini tasdiqlovchi subyektning maxfiy kaliti bilan
shifrlangan shakli. Raqamli imzo shu subyektga tegishli ekaniga ishonch hosil
135
qilish uchun axborotning raqamli izini hammaga ma’lum bo‘lgan funksiya asosida
hisoblab topib, natijani raqamli imzo egasining oshkora kaliti bilan ochilgan
imzosi bilan taqqoslash (verifikatsiyalash) yetarli.
23. Documented
information
-
Hujjatlashtirilgan
axborot.
Moddiy
tashuvchida aks etgan va uni belgilovchi rekvizitlarga ega bo‘lgan muayyan
axborot.
24. Encryption - Shifrlash. Axborotni undan xabardor bo‘lishi lozim
bo‘lmagan shaxslar uchun mutlaqo tushunarsiz shaklga keltirish amali, ximoya
usuli.
25. Enforcement - Majburlash. Foydalanuvchi yoki ijrochiga nisbatan moddiy
yoki jinoiy javobgarlik tahdidi ostida axborot jarayonlari qoidalarining
bajarilishiga erishishga asoslangan himoya usuli.
26. Identification - Identifikatsiya. Ko‘rsatilgan identifikatorni uning egasiga
taqdim etilgan identifikator bilan taqqoslash.
27. Identifier - Identifikator. Axborot jarayoni subyekti, vositasi va obyekti
(axborot)ga taqdim etiladigan, faqat unga biriktirilgan noyob belgi, simvollar
qatori.
28. Information procedure - Axborot jarayoni. Axborotni yaratish, olib-
yig’ish, saqlash, himoyalash, izlash, uzatish, taqsimlash, undan foydalanish yoki
unga ishlov berish jarayonlaridan biri.
29. Information (data) integrity - Axborotning butunligi. Axborotning axborot
jarayonlari davomida uni beruxsat o‘zgartirish yoki yo‘qotishga yo‘l q o‘ymaslik
xossasi.
30. Information availability - Axborot qobilligi. Axborotning unga nisbatan
ruxsat berilgan axborot jarayonlarini bajarilishiga yaroqlik va tayyorlik xossasi.
31. Information distortion - Axborot buzilishi. Axborotning axborot
jarayonlari davomida halal beruvchi tashqi ta’sirlar yo jarayon vositalari va
ishtirokchilarining tasodifiy xatolari yoki qasddan qilingan ishlar tufayli o‘zgarib
qolishi.
136
32. Information modification - Axborot modifikatsiyasi. Axborot mazmuni
yoki miqdorining axborot jarayonlari davomida o‘zgarishi.
33. Information security - Axborot xavfsizligi. Axborotning va axborot
jarayonlarini amalga oshirish vositalarining ma’lum turdagi tasodifiy va qasddan
qilinadigan tahdidlardan himoyalanganlik holati
34. Information security service - Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati.
Axborot xavfsizligini ta’minlovchi siyosiy, huquqiy, tashkiliy, texnikaviy va
dasturiy tadbirlar, vositalar va me’yorlar tizimi.
35. Information user - Axborot foydalanuvchisi. Axborot bilan biror axborot
jarayonini amalga oshiruvchi subyekt (shaxs, tashkilot).
36. Informations security - Axborotning xavfsizligi. Axborotning tasodifiy
yoki qasddan qilinadigan tahdidlarga qarshi pinxonalikni, butunlikni va qobillikni
saqlab qolish xossasi.
37. Introducer - Vositachi. Ochiq kalitlarning o‘z egasiga taalluqligiga kafillik
berishga vakolatli shaxs yoki tashkilot.
38. Intruders (hacker) - Axborot jinoyatchisi. Axborot xavfsizligini buzgan
subyekt (shaxs, tashkilot).
39. Key - Kalit. Shifrlash, shifrni ochish, raqamli imzo qo‘yish va
verifikatsiya (ishonib olish)da ishlatiladigan raqamli kod. Kalitlar nosimmetrik
kriptotizimlarda juft (oshkora va maxfiy) holda hosil qilinadi va bog‘lamlarda
saqlanadi. Simmetrik kriptotizimlarda faqat bitta (maxfiy) kalit ishlatiladi. Aralash
kriptotizimlarda kalitlar juftiga qo‘shimcha tarzda maxfiy seans kaliti ishlatiladi.
40. Key Escrow - Kalitni deponirlash. Uchinchi tomonga o‘z maxfiy
kalitining nusxasini berish amaliyoti. Bunda uchinchi tomon shifrlangan axborotni
bilib olish imkoniga ega.
41. Key Fingerprint - Bosma iz. Oshkora kalitni noyob tarzda ifodalovchi
(belgilovchi) raqam va harflar qatori. Kalit egasidan telefon orqali Bosma izini
so‘rab olib o‘zingizdagi uning oshkora kaliti Bosma izi nusxasi bilan taqqoslab,
kalit nusxasining haqiqiy yoki qalbaki ekanini bilish mumkin.
137
42. Key ID - Kalit identifikatori. Kishi o‘qisa bo‘ladigan kalitlar juftini noyob
usulda belgilovchi qator. Kalitlarning ikki jufti bir xil foydalanuvchi
identifikatoriga ega bo‘lishi mumkin. Lekin kalit identifikatorlari har xil bo‘ladi.
43. Key Pair - Kalitlar jufti. Oshkora va unga mos maxfiy kalit. Oshkor kalitli
tizimda har bir foydalanuvchi kamida bitta kalitlar juftiga ega.
44. Keyring – Bog‘lam. Kalitlar to‘plami. Har bir foydalanuvchi oshkora
kalitlar bog‘lamiga va maxfiy kalitlar bog‘lamiga ega.
45. Masking - Niqoblash. Axborotni axborot jarayonlari davomida
kriptografik usul bilan berkitish.
46. Obstacle – To‘siq. Himoyalanadigan axborotga axborot jinoyatchisining
yo‘lini fizikaviy to‘sib qo‘yish asosida axborotni himoyalash usuli.
47. Passiv attack - Nofaol (passiv) tajovuz. Xavfsizlikka nofaol tahdidning
yuzaga chiqishi.
48. Passiv threat - Xavfsizlikka nofaol tahdid. Tizim holatini buzmasdan turib
undan axborotning begonalarga beruxsat chiqib ketish xavfi.
49. Password - Parol. Amaliy munosabat boshlash uchun ishlatiladigan,
subyektning siri hisoblanadigan identifikator. Tizimga kirish uchun klaviatura
tugmalarini bosish ketma-ketligi.
50. Physical threat - Fizikaviy xavf. Oqibati tizimga fizikaviy xavf
keltiradigan tahdid.
51. Plaintext - Ochiq matn. Shifrlanmagan va imzolanmagan odatdagicha
o‘qib- tushuniladigan matn.
52. Potection strategy - Himoya strategiyasi. Ma’lum tahdidlardan
himoyalanishni ta’minlashga qaratilgan mezonlarning formal ta’rifi.
53. Private Key - Maxfiy kalit. Bilishi shart bo‘lgan subyektlardan boshqa
hechkimga oshkora qilinmaydigan kalit. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va
shifrni ochish uchun, nosimmetrik kriptotizimlarda raqamli imzo qo‘yish va
axborot shifrini ochish uchun ishlatiladi.
54. Private Keyring - Maxfiy kalitlar bog‘lami. Bog‘lam egasiga tegishli bir
yoki undan ortiq maxfiy kalitlar to‘plami.
138
55. Protection model - Himoya modeli. Axborot gimoyasi tizimini aks ettirib,
uni xavfsizlik darajasini tadqiq etishga imkon beruvchi tizim.
56. Public Key - Oshkora kalit. Axborotni shifrlash va raqamli imzoning
to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladigan kalit. Oshkora kalit boshqalarga erkin
tarqatiladi va birov uni bilgan bilan unga mos maxfiy kalitni hisoblab topaolmaydi.
57. Public Keyring - Oshkora kalitlar bog‘lami. Oshkora kalitlar to‘plami.
Uning tarkibida bog‘lam egasining ham o‘z oshkora kaliti bor.
58. Public-Key Cryptography - Oshkora kalitli (nosimmetrik) kriptografiya.
Oshkora va maxfiy kalitlar juftidan foydalanishga asoslangan va ishlatiladigan
aloqa kanalining himoyalangan bo‘lishini talab qilmaydigan kriptotizimlar
texnologiyasi.
59. Regulation - Tartibga solish. Axborotga beruxsat munosabatda bo‘lishni
minimumga keltirishga qaratilgan texnologiyaga asoslangan himoya usuli.
60. Screening - Ekranlash. Tarmoqlararo ekran (brandmauer)ning ruxsat
etilmagan tashqi axborot oqimlarini o‘tkazmay ichki tarmoq xavfsizligini saqlash
vazifasi.
61. Security audit - Xavfsizlikni tekshirish. Axborot tizimi va tarmog‘ining
hamda axborotlarning xavfsizlik holatini tekshirib baholash.
62. Security model - Xavfsizlik modeli. Axborot xavfsizligi siyosatining
formal ifodasi.
63. Security policy - Xavfsizlik siyosati. Axborot xavfsizligini ta’minlashga
va tajovuz oqibatlarini tugatishga qaratilgan me’yorlar majmui.
64. Signature - Imzo. Maxfiy kalit vositasida hosil qilinadigan raqamli kod.
Imzo uni verifikatsiyalash jarayonida axborot aslini (manbaini, egasini,
tasdiqlovchisini) aniqlash imkonini beradi. Raqamli imzo maxfiy kalit va
imzolanayotgan hujjat mazmunining funksiyasidir.
65. Subject privilege - Mualliflashtirilgan kirish subyekti. Axborot tizimi
obyektlariga va axborotga amaliy munosabatda bo‘lish uchun belgilab qo‘yilgan
huquqlarga ega bo‘lgan subyekt.
139
66. Trojan horse - Troyan oti. Subyektning qonuniy vakolatlaridan foydalanib
axborotga beruxsat munosabatda bo‘lishga imkon beruvchi qo‘shimcha pinxona
vazifalarni amalga oshiruvchi dastur.
67. Trusted - Ishonchli. Ochiq kalit ishonchli, agar uni siz yoki biror siz vakil
etgan kimsa sertifikatsiyalagan bo‘lsa.
68. Trusted computer system - Ichonchli kompyuter tizimi. Himoya vositalari
majmui o‘rnatilgan kompyuter tizimi.
69. Unauthorized access - Beruxsat munosabat. Subyekt tomonidan axborotga
va axborot vositalariga nisbatan cheklab qo‘yilgan qoidalarning buzilishi.
70. Unauthorized action - Beruhsat faoliyat. Subyektning axborot
jarayonlarini amalga oshirish qoidalariga zid faoliyati.
71. User ID - Kalit foydalanuvchisi identifikatori. Kalitlar juftini belgilovchi
jumla. Bunday jumla sifatida odatda kalit egasining to‘la nomi va uning elektron
pochtasi manzili ishlatiladi.
72. Verification - Ishonib olish (Verifikatsiya). Axborotga maxfiy kalit bilan
qo‘yilib, oshkora kalit bilan ochilgan raqamli imzoni shu axborotning raqamli izi
(daydjesti) bilan taqqoslash. Verifikatsiya axborot chindan ham unda ko‘rsatilgan
subyektga tegishliligini va o‘zgartirib qo‘yilmaganligini isbotlashga imkon beradi.
73. Vulnerability - Axborot zaifligi. Axborotning uni pinxonaligi, butunligi
yoki qobilligiga putur yetkazuvchi ta’sirlarga bardosh berolmaslik xossasi.
Dostları ilə paylaş: |