1-rasm
Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi
2016
2017
nodavlat
davlat
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari
Ish o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on
tumanlari ham alohida ajralib turibdi. Mazkur tumanlarda kichik korxonalar va
xususiy firmalarni tashkil etish va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan
tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga katta ish o‘rinlari yaratilgan. SHuningdek,
43
aholi sonining o‘sishi mehnat resurslari sonini o‘sishiga proportsional ravishda
ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda
bandlik darajasiga salbiy
ta‘sir ko‘rsatadi.
Viloyat shaharlari asosan sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida
shakllanganligi (Namangan, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on, CHust, To‘rag‘o‘rg‘on
shaharlari) bilan va sanoat tugunlarini asosan shu hududlarda to‘planib qolganligi
hamda qishloq mehnat resurslarining shahar tomon mayatniksimon harakati bilan
xarakterlanadi.
Qishloqlarda ishsizlikning yuqoriligiga asosiy sabablar quyidagilardir:
mehnat haqqining pastligi, shtatlarning qisqartirilishi, malaka darajasining ish
joylari talabiga to‘g‘ri kelmasligi va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning
tugatilishi. SHuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi
kuchining sekinlik bilan ozod etilishi, qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va
shaxsiy mehnat faoliyati kabi jabhalarda yangi ish joylarini tashkil etishda
sarmoyalarning yetishmasligi, yangi yerlar o‘zlashtirish miqyosiningyuqori
emasligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali uslublari tadbiq
etilishiga e‘tibor berilmasligi va turli mulkchilikni yo‘lga qo‘yishdagi
rasmiyatchilik singari to‘g‘anoqlar ishsizlar sonini ortib borishiga sabab
bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy xarakteri
nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari
hosil bo‘lishiga olib kelmoqda.
Mintaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan bo‘lib, paxtachilik,
donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2017
yilda 30.9 % ga teng.
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibida g‘alla
maydonlarining kengaytirish xisobiga tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don
yetishtirilgan bo‘lsa,
2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich paxtachilikda 183 ming,
donchilikda esa 433 ming tonnaga teng bo‘ldi. Mazkur davrda paxta maydonlari
44
125,4 ming gektardan 87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1
mingdan 95,3 ming gektarga ko‘paydi
. Xuddi shuningdek qishloq xo‘jaligini
boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi.
Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va
yetishtirilgan mahsulot hajmi ushbu davrlarda ortgan. Polizchilik maydonlari esa
mustaqillik yillarida qisqartirilgan. Xuddi shuningdek chorvachilik soxasida ham
sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni chog‘da, viloyat qishloq xo‘jaligida
chorvachilik ikkinchi soha hisoblanib, qo‘ychilik va echkichilik, qoramolchilik
hamda parrandachilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Biroq, mazkur tarmoqlar
mahsulot ishlab chiqarishidi aholi xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib,
ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun
mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut,
3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu
ko‘rsatkichlar go‘sht tayyorlashda 132.2 ming, sutda 666.8 ming, pillada 7,1
ming, junda 1.9 ming tonnaga teng bo‘ldi. SHundan go‘shtning 2,3 foizi, sutning
2.5 foizi, tuxumning 33.7 foizi, junning 2.7 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri
keladi. Dexqon xo‘jaliklari ulushida go‘sht 97,0 foiz, sut 97.2, tuxum 43.1, jun
92.7 foiz ko‘rsatgichga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushi esa juda oz
miqdorni tashkil etadi.
Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil
qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning
ulushi 78,8 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 20,4 foizni, qishlo q xo‘jalik
korxonalarining ulushi 0,8 foizni, kartoshka mahsuloti yetishtirishda fermer
xo‘jaliklarning ulushi 22,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 77,7 foizni,
qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,1 foizni, sabzavot mahsulotlari
yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 20,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining
ulushi 79,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,2 foizni, poliz
mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 26,6 foizni, dehqon
xo‘jaliklarining ulushi 73,1 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,3
foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni,
45
dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi
2,4 foizni, uzum yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 40,2 foizni, dehqon
xo‘jaliklarining ulushi 58,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 1,0
foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin.
Chorvachilik tarmog‘ida qo‘y va echkichilik son jihatidan ustun turadi.
Mazkur soha hatto Namangan shahri uchun ham xarakterlidir. Ayni chog‘da
CHust, Pop, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumanlari ham yuqori
ko‘rsatkichlarga ega. Qoramolchilik bo‘yicha Namangan shahri, CHust,
Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada.
Mustaqillik yillarida, Namangan viloyati sanoatining to‘qimachilik, paxta
tozalash, poyabzal, mebel‘ ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metallni qayta ishlash,
qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida, bundan tashqari mulkchilik
shakllarining o‘zgarishi va korxonalar tashkil etish shakllarida xam tarkibiy
o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanoatda xorijiy investitsiya asosida qo‘shma
korxonalar yuzaga keldi va bugungi kunda
kich
ik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari
ishlab chiqarilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirilishi natijasida
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarning
sifati
yaxshilanib,
ularning
raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi.
Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida
(40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz)
tumanlarida joylashgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar
jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat
o‘zgarishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatini yetarli darajada
rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:
Dostları ilə paylaş: |