Toshkent irrigatsiya va qishloq


Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning tizimini



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#132747
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
qishloq xojaligi korxonalarini modernizatsiyalashning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va oziga xos xususiyatlari

3.2. Qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalashning tizimini 
takomillashtirish istiqbollari 
Kechiktirib bo’lmaydigan ijtimoiy muammolarni hal etmasdan va qishloq 
hududlarini barqaror rivojlantirish siyosatini amalga oshirmasdan turib, qishloq 
xo’jaligini innovatsion rivojlantirib bo’lmaydi. 
Qishloqda aholining ijtimoiy jihatdan shahar sharoitiga yaqinlashtirilgan 
turmush darajasini shakllantirish va qishloqning jamiyatdagi ijtimoiy-hududiy 
kichik tizim sifatidagi vazifalari – ishlab chiqarish, demografik, ijtimoiy-
madaniy, tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, hudud ustidan ijtimoiy nazorat 
yuritish 
bo’yicha 
hududiy-kommunikatsion 
vazifalar 
to’ldirilishini 
maqbullashtirish ijtimoiy rivojlantirish siyosatining uzoq muddatli maqsadi 
hisoblanadi. 
Qishloqni barqaror rivojlantirish sohasidagi siyosatning o’rta muddatli 
maqsadi iqtisodiyotning asosiy tarmog’i sifatida qishloq xo’jaligidan olinadigan 
daromadlarni oshirish, aholining qishloq xo’jaligidan tashqarida ish bilan band 
bo’lishi doirasini kengaytirish, qishloq aholisining ijtimoiy va muhandislik 
infratuzilmasi xizmatlaridan foydalanishini yaxshilash yo’li bilan bu hududda 
ijtimoiy muhtojlik darajasini pasaytirishdan iborat. 
Ko’zlangan maqsadga quyidagi muammolarni hal qilish orqali erishish 
mumkin: 
– qishloq xo’jaligining yuqori raqobatbardoshligi va samaradorligiga 
erishish bo’yicha dasturlar va institutsional tadbirlar majmuini amalga oshirish
42 


– qishloqda kichik va o’rta tadbirkorlikni rag’batlantirish, dehqon va fermer 
xo’jaliklarini, kredit, savdo-xarid kooperativlari va boshqa turdagi xizmat 
ko’rsatuvchi kooperativlarni qo’llab-quvvatlash; 
– qishloqda uy-joy qurilishini va ijtimoiy infratuzilmani: qishloq 
hamjamiyati ega bo’lgan resurslarni gazlashtirish tizimlarini rivojlantirish; 
– qishloq hamjamiyatlarining hayotini demokratlashtirish, mehnat 
munosabatlarini jamoaviy tartibga solishni, mahalliy o’zini-o’zi boshqarishni, 
jamoat va jamoat-xo’jalik tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish orqali aholining 
ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bog’liq qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini 
faollashtirish; 
– respublikamizning turli mintaqalarida qishloq hududlarini iqtisodiy va 
ijtimoiy-madaniy rivojlantirish darajasini o’zaro yaqinlashtirish. 
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan tabiiy resurslarni samarali takror 
ishlab chiqarmasdan turib, qishloq xo’jaligida iqtisodiy o’sishga erishib 
bo’lmaydi. Bu o’sish quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi: 
– tuproqqa ishlov berishning resurslar tejovchi texnologiyalarini qo’llash 
ko’lamini kengaytirish, hayvonlar va parrandalarni saqlab turish; 
– dehqonchilikning moslashuvchan tizimini o’zlashtirish. 
– qishloq xo’jaligi erlarini saqlash va takror ishlab chiqarish (qishloq 
xo’jaligi erlarining agrokimyoviy va ekologotaksikologik tekshiruvlarini 
kuchaytirish, ularning holati va tuproq unumdorligi dinamikasi haqida 
ma’lumotlar bankini yaratish; qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat 
ko’rsatishni yaxshilash – organik va ma’danli o’g’itlarni kiritish; sug’orish va 
meliorativ tizimlarni rekonstruktsiyalash, tiklash va rivojlantirish va h.k. lar); 
– qishloqni va birinchi galda qishloq aholisi er, moliyaviy, moddiy-texnika 
va axborot resurslaridan foydalanishini yaxshilovchi institutlarni, shuningdek, 
bu hududdagi turli ijtimoiy guruhlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini 
himoya qiluvchi institutlarni rivojlantirishning institutsional shart-sharoitlarini 
takomillashtirish. 
43 


Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda qishlaqni barqaror rivojlantirishning 
quyidagi tamoyillariga amal qilish lozim: 
– yagona hududiy, xo’jalik va ijtimoiy-madaniy tizim sifatida qishloqni 
kompleks rivojlantirish; 
– shahar bilan aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish asosida uni 
shahardan farqlovchi holatlarga barham berish, agrosanoat integratsiyasi, turli 
qishloq-shahar 
xo’jalik 
tuzilmalarini 
tashkil 
etish, 
yo’l-transport 
kommunikatsiyasini, telefon va aloqaning boshqa shakllarini rivojlantirish, 
aholiga jamoa xizmatlari ko’rsatishning yagona tizimlarini shakllantirish yo’li 
bilan qishloqni yagona jamoat tizimiga kiritish; 
– aholi guruhlariga xizmat ko’rsatish markazlari vazifasini bajaruvchi 
«tayanch» qishloq aholi punktlarining ayri holda joylashishini ta’minlash va 
aholining sonidan qat’i nazar, qishloq hududlarini rivojlantirish; 
– davlat, mahalliy boshqaruv, biznes va aholi o’rtasida ijtimoiy 
hamkorlikni rivojlantirish; 
– qishloq aholisining rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash 
tadbirlarini uyg’unlashtirish; 
– chuqur va mamlakat kelajagi uchun o’ta xavfli bo’lgan agrar inqirozga 
barham berish, qishloq xo’jaligi va agrosanoat majmuining boshqa tarmoqlarini 
tiklash va innovatsion yangilash. 
Ushbu tamoyillar ijrosi yo’lga qo’yilishini ta’minlash davlat, qonunchilik 
va ijroiya hokimyatining muhim strategik vazifasi va buning uchun ular 
javobgarligi hisoblanadi. Qonunlarni qabul qilish, qonunchilik organlari 
tomonidan innovatsion yangilanishi va agrar sektor raqobatbardoshligini 
oshirishning uzoq muddatli dasturlari tasdiqlanishi hamda ushbu qonunlar va 
dasturlar bajarilishi yuzasidan doimiy parlament nazorati ko’rinishida istiqbolli 
agrar siyosatni qonuniy jihatdan to’liq ta’minlash zarur. 
Birinchi galda innovatsion yangilanish milliy dasturlarining loyihalarini 
amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilotlar uchun soliq yukini 
engillashtirish va respublika agrar sektorining raqobatbardoshligini oshirish, 
44 


shuningdek, ushbu sohada tayanch innovatsiyalarni o’zlashtirish va tarqatishni 
moliyalash va imtiyozli kreditlash yo’li bilan agrar sektor tarmoqlarida 
innovatsiya jarayonlarini iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmlarini qonunchilik 
tartibida ko’zda tutish lozim. 
Agrar sektor axborot, ilmiy kadrlar bilan ta’minlanishini tubdan yaxshilash 
ushbu sohani innovatsion yangilashning zarur sharti hisoblanadi. 
Qishloq 
xo’jaligining 
o’rta va uzoq istiqbolda rivojlanishini 
prognozlashtirish bir qator tabiiy, siyosiy, iqtisodiy va texnologik tusga ega 
bo’lgan, kutilmagan omillarni hisobga olish kerakligi tufayli hozirda birmuncha 
murakkab. Ushbu muammolarni hal etish vaziyatlar rivojining ehtimoliy 
stsenariylari bilan uzviy bog’liq bo’lgan eksport usullaridan foydalanishni 
2
taqozo etadi. 
Prognoz – bu, ehtiyojlar, zarur resurslar va tashkiliy chora-tadbirlarni 
hisobga 
olib, 
belgilangan 
maqsadlardan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
prognozlashtiriladigan ob’ektni rivojlantirish yo’llari to’g’risida yarim variant 
tusga ega ilmiy asoslangan mulohazadir. 
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ko’pgina tarmoq yo’nalishlariga ega, 
prognozlashtirish esa, umuman olganda, ushbu tarmoqlar va yo’nalishlar 
prognozlari 
yig’indisidir. 
Shuni 
hisobga 
olib, 
ushbu 
prognozlarda 
o’simlikshunoslik tarmog’ida innovatsiya faolligini ko’rib chiqdik. 
O’simlikshunoslikni innovatsiya yo’li bilan rivojlantirish samaradorligi 
qishloq xo’jaligi tarmoqlaridagi innovatsiya faolligi darajasiga, u esa, o’z 
navbatida, ilmiy texnika salohiyatini rivojlantirishga, jumladan, innovatsiya 
infratuzilmasining rivojlanish holatiga bog’liq. 
Ilmiy-texnika salohiyatining asosiy qismi bilimlar va tashkillashtirish 
tizimlarini aks ettiruvchi agrar fan hisoblanadi. Erga ishlov berish va qishloq 
xo’jalik ekinlarini parvarishlashda agrar fanning asosiy bloklari 
2
Теоретические основи и модели долгосрочно макроэкономического прогнозирования. 
Под. Ред Ю.В. Яковца – М.: МФК, 2004.
45 


o’simlikshunoslik faniga, blokiga birlashtirilgan. Ushbu blokning ilmiy 
tashkilotlari turli ilmiy-tadqiqot bo’linmalaridan iborat. Qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi uchun tadqiqotlar bilan shuningdek, boshqa idoralarning ilmiy 
tashkilotlari (birlashmalari) ham shug’ullanadi, biroq bu borada ularning 
solishtirma ulushi juda kichik. Faqatgina o’simlikshunoslik va dehqonchilik 
sohalarida ilmiy ishlanmalar respublikamiz qishloq xo’jaligi tizimidagi 15 dan 
ortiq ilmiy muassasalar tomonidan olib borilmoqda. 
Oxirgi o’n yillik ilmiy muassasalarning murakkab holati, byudjetdan 
moliyalash darajasi pasayishi bilan xarakterlanadi. Bunda o’z xarajatlarini o’zi 
qoplash yo’llarini izlash jarayoni kuchayadi, bir qator muassasa maqomi 
o’zgaradi. 
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qaytadan tashkil etishlarning asosiy bosqichi 
tugadi, yaqin kelajakda sezilarli va jiddiy tashkiliy o’zgarishlar kutilmayapti. 
Respublikamiz byudjetidan tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag’lar hajmining 
qisqarishi, bu boradagi vazifalarning ma’lum qismi vazirliklar va idoralarga, 
shuningdek, viloyatlarga o’tkazilishi ilmiy muassasalar ma’lum darajada 
o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu hol ularning faoliyatiga ta’sir 
ko’rsatmasligi kerak. 
Juda zaif va unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan muassasalargina 
innovatsiya yo’nalishini yo’qotmagan holda birlashmalarga birlashishi ehtimoli 
bor. 
Maqomi ilmiy tashkilotlar maqomiga teng bo’lgan ilmiy markazlar soni 
ko’payishi mumkin, odatda, bular joriy qilish yoki axborot tuzilmalaridir. 
Shuningdek, korporativ ilmiy muassasalar va xususiy mulk shakliga mansub 
bo’lgan ilmiy tashkilotlar soni ko’payishi ham ehtimoldan xoli emas. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida davlatning innovatsiya 
siyosati to’plangan ilmiy salohiyatni saqlab qolishga yo’naltirilgan, tarkibiy 
qayta tuzishlar esa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilmiy-texnika tomonidan 
rivojlantirishga o’tishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
46 


Bozor hamda uning rivojlanishi ilmiy-texnik ishlanmalar yo’nalishlaridagi 
o’zgarishlar kuchaytirilishini talab qiladi. Bunda ilmiy tadqiqotlarning 
samaradorlik ko’rsatkichlari bo’lib ishlab chiqarishda ilmiy mahsulotga bo’lgan 
talab oldinga chiqadi. Selektsiya sohasida eng ko’p talab yo’nalishi intesiv 
turdagi mahsulotlar, navlar va gibridlarni o’zlashtirishdir. Aniqrog’i, 
bug’doyning doni tarkibida elimlik miqdori yuqori bo’lgan navini yaratish, pivo 
tayyorlashda ishlatiladigan arpa doni tarkibidagi oqsilni ko’paytirish, g’o’zaning 
ko’p va sifatli tola beradigan navlarini ekish va parvarishlash va h.k.larga e’tibor 
kuchaytirilishi zarur. 
Yaratilgan navlar kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli, mineral 
ozuqalarni yaxshi o’zlashtiradigan, boshqa tabiiy va stress vaziyatlarga 
moslashuvchan, bir maromda etiladigan va iste’mol uchun boshqa 
ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak. 
Dehqonchilikda istiqbolli yo’nalishlar quyidagilar hisoblanadi: 

bozor munosabatlari sharoitlarida xo’jalik yuritish talablariga javob 
beradigan, yangi, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimini ishlab chiqish; 

ma’lum tuproq-iqlim sharoitidagi hududlar uchun ochiq yo’nalishdagi, 
qisqa rotatsiyali almashlab ekishni kiritish:, almashlab ekishda bozor talabidan 
kelib chiqqan holda ma’lum o’zgartirishlar amalga oshirilishini ko’zda tutish; 

ekinlarga ishlov berishda resurslar va energiyani tejovchi texnologiyalarni 
ishlab chiqish;



dehqonchilikda bevosita biologiyalashtirish (o’simliklarni himoya qilish, 
ularning o’sishi va rivojlanishini ta’minlovchi biologik usullar)ni joriy etish;



yangi, yuqori samarali, ko’p komponentli o’g’itlarni va ularni qo’llash

usullarini ishlab chiqish; 

dehqonchilikni ekologizatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini 
ishlab chiqish.

O’simchilik intensivligi innovatsiyalarni o’zlashtirish darajasi bilan 
belgilanadi. Innovatsiya faolligi ko’pgina omillar, jumladan, joriy qilish faoliyati 
sohasining holatiga bog’liq. Joriy qilish faoliyati turli tuzilmalar (ilmiy ishlab 
47 


chiqarish tuzilmalari, MTP agrotexnologiyalari va axborot-konsultatsiya 
(maslahat) markazlari va h.k.lar) tomonidan amalga oshiriladi. Ularning orasida 
eng rivojlangani axborot-maslahat markazlaridir. Axborot-maslahat markazlari 
yaqin kelajakda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning innovatsiya yo’lini 
ta’minlovchi kuchli resurs bo’lib qoladi. 
Shu bilan bir vaqtda o’xshash tarmoqlarda ham tarmoq markazlarini 
(texnik xizmat ko’rsatish, agrokimyo markazlari va h.k. lar) tuzish zarur. 
Ushbu davrda innovatsiya rivojlanishi, ilmiy ishlanmalarni tanlash, tahlil 
etish mexanizmlarini talab qilish lozim. 
Bundan tashqari mintaqa darajasidagi tarmoq maslahat xizmatlarini 
shakllantirish bosqichi eng murakkab va uzoq davom etadigan bosqichdir. 
Mintaqaviy tarmoq maslahat xizmatini tuzishni yanada kengaytirish kerak. 
Tarmoq maslahat markazining mintaqaviy bo’lanmalarini shakllantirishga 
respublikamiz va viloyatlardagi etakchi ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilib
ularning ilmiy salohiyati va moddiy-texnika imoniyatlaridan foydalaniladi. 
Mintaqaviy tarmoq markazlarining keyingi rivojlanishi qishloq xo’jaligi 
mintaqaviy boshqaruv organlari, mintaqaviy va hududiy ilmiy muassasalar o’z 
vaqtida va rasamadida shakllanishiga bog’liq. 
Axborot 
marazlari 
xizmatini 
tarmoq 
maslahat 
xizmati 
tizimini 
shakllantirish quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: 

qishloq xo’jaligi innovatsiya faolligini oshirish uchun agrar ilmiy va joriy 
etish tashkilotlari ishlarini birlashtirish;



olimlarning joriy qilish faoliyatiga faol tarzda jalb etish;



istiqbolli, ilmiy texnika ishlanmalarini tuzish va ushbu bank

ma’lumotlaridan axborot xizmati markazining mintaqaviy va tuman 
bo’linmalari, qishloq xo’jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari foydalanishlarini 
ta’minlash; 

innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar – ilmiy muassasalar va 
ishlab chiqarish tuzilmalarining qarama-qarshi aloqalarini yo’lga qo’yish;

48 



joriy qilingan innovatsiyalar hisobini olib borish, ulardan foydalanish 
jarayonini tahlil qilish, bu boradagi ehtiyoj monitoringini o’tkazish va shu 
asosda keyingi ilmiy-texnika ishlanmalarini rejalashtirish;


tarmoqning rivojlanish yo’nalishlarini muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot 
ishlari bo’yicha faoliyat va ularning ustuvorligi strategiyasini ishlab chiqish; 

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining texnologik darajasini ko’tarish. 
Innovatsiya tizimining qimmatli jihati shundaki, u iqtisodiyot tarkiban

deformatsiyalangan, innovatsiya jarayonini boshqarish izdan chiqqan qishloq 
xo’jalik korxonalari darajasida axborot vakuumi sharoitlarida, qisqa muddat 
ichida tarmoqni tanazzuldan chiqarish uchun yangi imkoniyatlar taklif qiladi. 
Qishloq xo’jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilarning ilmiy-texnika imkoniyatlari 
va ishlab chiqarishdagi ilg’or tajribalar to’g’risida keng ma’lumotlarga ega 
bo’lishi ularni xo’jalik yuritishning innovatsiya usullariga o’rgatish, innovatsiya 
qoidalarini o’zlashtirish, maslahat yordamlari berish orqali qishloq xo’jaligi 
innovatsiya faolligini ko’tarishni ta’minlash uchun sharoitlar yaratadi. 
O’simlikshunoslik sohasida innovatsiyalash tizimi o’zlashtirilishining 
rivojlanishini prognozlashtirar ekanmiz, bu tarmoqni rivojlantirish samaradorligi 
to’g’risida ma’lum xulosaga kelamiz. 
Bizning prognozlash uslubiyatimiz (metodikamiz) tarmoq maslahat 
siyosatining 
real 
rivojlanishiga, 
innovatsiya 
faolligini 
oshirishda 
qo’llanilayotgan usullar va qoidalarning to’g’riligi, ishonchliligi, umumjahon 
qonuniyatlari (ilmiy-texnika ishlanmalari) xo’jalik faoliyati samaradorligiga 
ta’siriga asoslangan. 
Shunday qilib, tarmoq maslahat xizmati tizimining rivojlanish dinamikasi 
prognoziga 
ko’ra, 
respublika 
darajasida 
o’simlikshunoslik 
bo’yicha 
innovatsiyalarni o’zlashtirish tizimini shakllantirish mumkin. Bir vaqtning 
o’zida, qishloq xo’jalik maslahati markazlari xodimlari tomonidan axborot-
maslahat va joriy qilish usullari o’zlashtiriladi va yangi, samarali ilmiy 
ishlanmalar to’g’risida aniq ma’luotlar olish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 
49 


Kuzatishlar 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
qishloq 
xo’jaligidagi 
muvaffaqqiyati joriy etish tuzilmalari faoliyati bilan bog’liqligini ko’rsatmoqda. 
Mazkur mamlakatlar fermerlarining 60-80 foizi innovatsiyalarni aynan shu 
tuzilmalar yordamida o’zlashtirishadi. Shu munosabat bilan oxirgi vaqtlarda oliy 
maxsus bilimga ega bo’lgan yosh mutaxassislar soni ikki marotabaga qisqargan. 
Qishloq xo’jaligi tuman boshqaruv organlari ma’muriy vazifalari tomon 
yuzlanishi kelajakda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning 
innovatsiya ishlanmalarini qabul qilish imkoniyatiga real baho berishni talab 
qiladi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, hozir fermerlarning deyarli 80%i doimiy 
tarzda maslahat olishga majbur. Yaqin kelajakda bu ko’rsatkich ko’paysa 
ko’payadi, lekin kamaymaydi. 
Rivojlanishning innovatsiya yo’liga bo’lgan talab va shu munosabat bilan 
axborot-maslahat xizmatlariga talab tarmoqda kechayotgan mulkiy, texnikaviy 
va ijtimoiy o’zgarishlar munosabati bilan oshib boradi. 
Texnika bilan etarli ta’minlanmagan, kerakli kadrlarga ega bo’lmagan 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga investitsiya imkoniyatlari katta yirik sanoat, 
moliya va tadbirkorlik tuzilmalari kirib kelmoqda. Tabiiyki, investitsiyalarning 
tezda qaytishini ta’minlovchi, yuqori darajada intensifikatsiyalashgan va yuqori 
texnologiyalarga ega bo’lgan paxta va don etishtirish jarayoni ayniqsa 
jadallashadi. 
Investorlar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi texnologiyalari bo’yicha 
bilimdon emasligi, joylarda bu yo’nalishdagi ixtisoslikka ega mutaxassislar 
yo’qligi intensiv navlarni, innovatsiya texnologiyalarini, energiyani tejovchi, 
yuqori unumli mashinalar va boshqa samarali vositalarni tanlashda yuqori 
malakali maslahatchilar imkoniyatlari va bilimlari jalb qilinishini talab etadi. 
Qarama-qarshi innovatsiya takliflari majudligi ular tomonidan iqlimiy-texnika 
ishlanmalarga va yuqori samarli investitsiyalarga bo’lgan talabni keskin 
oshiradi. 
50 


Ushbu qishloq xo’jaligidagi ba’zi sohalarni yanada rivojlantirish uchun 
modernizatsiyalashga qaratilgan ya’ni tarmoqni innovatsiyaviy rivojlantirish 
nuqtai nazaridan qarash zarur bo’ladi. Uning eng muhim yo’nalishlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

tuproq-iqlim zonalarini aniqlashtirish, yuqori va sifatli hosil olish, 
tarmoqning yuqori rentabelligini ta’minlash; 

o’zimizning selektsiyamiz va xorijiy davlatlar selektsiyasidan olingan 
elita navlarining etishtirishda aniq sharoitlariga moslashgan, iste’molchi

tomonidan ko’p talab qilinadigan bug’doy navlarining sifatli urag’lik 
materiallari bilan ta’minlash; 

ekinlarga ishlov berishni energiya tejovchi ishlab chiqirish sharoitlariga 
moslashtirish va samarli texnologik kuzatuvni tashkil qilish;


tarmoqning samarali ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish, 
ilmiy-texnika, axborot va kadrlar ta’minotini yanada yaxshilash; 

bug’doy etishtirish va sotishni investitsiyalash va kreditlash mexanizmini 
takomillashtirish, dotatsiyalash va kompensatsiya hisobiga qo’llab-quvvatlashni 
yanada rivojlantirish; 

innovatsiya jarayonlarida hosildorlikni oshirish;



raqobatbardoshlikni kuchaytirish hisobiga ishlov beriladigan maydonlarni 
qisqartirgan holda (sug’oriladigan erlarda bug’doy ekiladigan maydonlarni 800-
850 ming gektarga keltirish taklif qilinadi) ishlab chiqarish hajmlari oshirilishiga 
erishish.

Ma’lumki, hosildorlikni 50 tsentnerga etkazish yangi navlar va gibridlarni 
qo’llash hisobiga ta’minlanadi. Don etishtirishda resurslarni tejovchi 
texnologiyalarni qo’llash MTPda butlash uchun ketadigan mablag’larni 30-35%, 
yoqilg’i-moylash materilallari xarajatlarini 30-40% va mehnat sarflarini 20-40% 
tejash imkonini beradi. 
Bundan tashqari, qishloq xo’jalik ekinlari ekish va parvarishlashda amal 
qilinishi kerak bo’lgan texnologik qoidalar sonining qisqarishi, shu hisobdan 
yoqilg’i mahsulotlari chiqindisi kamayishi ekologik vaziyatni yaxshilashga, 
51 


atrof-muhit musaffoligini saqlashga imkon beradi, haydaladigan erlar zichlanishi 
kamayishi hisobiga tuproq unumdorligining pasayishi to’xtaydi. 
Qishloq 
xo’jaligi 
modernizatsiyalash 
hamda 
zamonaviy 
yangi 
texnologiyalarni o’zlashtirish – asosiy maqsad, biroq bunda investitsiyalar uchun 
daromad olish zarur, uning potentsial daromadliligini baholash kerak. Amaldagi 
agrar siyosat doirasida qishloq xo’jaligini o’rganish va bu sohadagi 
monitoringlar ko’rsatishicha, amaliyotda shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, 
bunda yangi texnologiyalardan foydalanishga hali erta yoki kech; mavjud talab 
ketgan xarajatlar qaytishini ta’minlamaydi; korxona qo’llash tajribasiga ega 
bo’lmagan texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotni bozirga olib 
chiqadi. Texnologik omillar iqtisodiy omillar bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak. 
Kelajakda yangiliklarni kiritishdan olinadigan foydani baholash yangiliklarni 
qo’llash, iqtisodiy asoslangan strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi. Bu 
esa, o’z navbatida, bozorda raqobat sharoitini shakllantirishga ko’maklashadi (2-
rasm). 
Texnologik 
Iste’molchilar 
Raqobatchilar 
innovatsiyalar 
Talab 
Bosim 
Texnologik strategiyani 
Ehtiyoj 
belgilash 
Cheklashlar 
Innovatsiyalardan 
Raqobat 
olinadigan foyda 
tashchlili (imkoniyati) 
intensivligi 
Raqobat strategiyasi 
Resurslar 
Maqsadlar 
Iqtisodiy 
Texnologik 
imkoniyatlar 
imkoniyatlar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin