2
3
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash
samaradorligi zamon talablariga mos ravishda tayyorlangan o‘quv adabiyotlari,
mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or innovatsion texnologiyalar va ilmiy
asoslangan rejalashtiruv hujjatlariga boq’liqdir. Aynan ana shu o‘ta muhim va
dolzarb masalalarga Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev alohida ahamiyat berib
kelmoqda.
Har bir soha bo‘yicha chop etilayotgan har bir o‘quv adabiyoti muayyan fan
dasturiga asoslanishi zarur.
Ushbu fan dasturi O‘zbekistonda va Jahonda tennisni rivojlanishi, musobaqa
qoidalari, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish asoslari, tennisga o‘rgatish
nazariyasi va uslubiyati, tennischilarni texnik, taktik, jismoniy, integral
tayyorgarligi, tennischilar tayyorlash jarayonini boshqarish masalalari va
hokazolarni qamrab oladi.
"Tennis nazariyasi va uslubiyati" fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib,
maxsus fanlar blokiga mansub bo‘lib, 1-6 semestrlarda o‘tkaziladi.
Mazkur fan o‘quv rejasidagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga
kiruvchi O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat asoslari; matematika va tabiiy-ilmiy
(sportda matematika, sport metrologiya, anotomiya, sport tibbiyoti va
reabilitatsiya) hamda umumkasbiy fanlar (jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va
uslubiyoti, jismoniy tarbiya va sport menjmenti, jismoniy tarbiya va Olimpiya
harakati tarixi, psixologiya va sport psixologiyasi, fiziologiya va sport
fiziologiyasi) blokiga kiruvchi barcha fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |