O’zbеkistоn rеspublikаsi


-mavzu. Turli yosh guruhlariga mansub tennischilarni



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix20.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#132840
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3.01 TENNIS NAZARIYASI VA USLUBIYATI 1-kurs

 
16-mavzu. Turli yosh guruhlariga mansub tennischilarni
tayyorlash xususiyatlari 
Yosh tennischilar mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari. Yosh 
tennischilar trenirovka jarayonida o‘yin va musobaqa uslublarining ahamiyati. 
Bolalar, o‘smirlar, yoshlar bilan ishlaydigan kadrlar tayyorlashda qo‘yiladigan 
talablar. Bolalar va o‘smirlarni yoshiga xos xususiyatlari. Bolalar, o‘smir va 
yoshlarni tennisga o‘rgatish, trenirovka qildirish uslublari va vositalari, ularni 
qo‘llash xususiyatlari. Shug‘ullanuvchilarning yoshiga qarab beriladigan 
trenirovka nagruzkalar hajmi, shiddati, mazmuni va davom etish muddati. Yosh 
tennischilar tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish. 
17-mavzu. Tennisga tanlov o‘tkazish 
Tanlov-uzoq muddatli (ko‘p yillik) jarayon. Sport maktablariga qabul 
qilishda boshlang‘ich tanlovni tashkil qilish tadbirlari va uni o‘tkazish 
xususiyatlari, “tanlov” atamasining mohiyati. Istiqbolga (perspektiv) qaratilgan 
tanlov, uning vazifalari, o‘tkazish tartibi, shart-sharoitlari. Nufuzli musobaqalarda 
ishtirok etish uchun yuqori malakali jamoalarga tennischilarni tanlash.
 
IX - modul. Ilmiy tadqiqot asoslari 
18-mavzu. Ilmiy tadqiqot asoslari 
Ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy asoslari. Ilmiy tadqiqot ishlariga 
qo‘yiladigan talablar va ilmiy ishlar turlari, uslublari.
Ilmiy-tadqiqot uslublari va uni tashkil qilish. Akademik dars va o‘quv-
trenirovka mashg‘ulotlarida o‘quv-tadqiqot hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil 
qilish. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish. Ilmiy 
mavzuni tanlash, tadqiqot maqsadi, vazifalari va muvofiq ilmiy uslub hamda 
testlarni tanlash va ulardan foydalanish tartibiga o‘rgatish.
Ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilish va ilmiy ishlar yozish. Tadqiqot 
natijalarini umumlashtirish, matematik-statistika usulida ishlab chiqish, jadvallar, 
digrammalar va andozalar tayyorlash, ularni qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot 
materiallarini yozish va rasmiylashtirish. Xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqish. Talabalar anjumanlariga ilmiy ma’ruzalar tayyorlash.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin