“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132904
1   2   3   4   5   6   7   8
625456 (1)

Kurs ishi maqsadi-
 
MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari 
va unga zamonaviy yondashuvlar tizimini yaratish. 
Kurs ishi vazifalari: MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari 
va unga zamonaviy yondashuvlarni ahamiyatini asoslab berish. 
Kurs ishi ob’ekti: MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari va 



unga zamonaviy yondashuvlar. 
Kurs ishi predmeti - MTTga rahbar xodimlarni tanlashning mavjud imkoniyatlari 
va unga zamonaviy yondashuvlarning samarali shakl, metod va vositalari. 
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kirish, asosiy qism, umumiy xulosa, foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yhati hamda ilova materiallaridan iborat. 



1.Rahbarlik tushunchasining mazmun mohiyati. 
Rahbarlik (fors yo‘lboshchilik) o‘z faoliyati sohasida yuksak ko‘rsatgichlarga 
(natijalarga erishgan) (V.Paretov) harizmatik (M. Veber) boshqalardan inteliktual 
va axloqiy jihatdan ustun bo‘lgan (D.Yuverje) siyosiy munosabatlarda eng faol 
hokimiyat uchun intilayotgan (Mills) Jamiyatning tashkillashgan ozchiligi 
(G.Moska) biyologik va irsiy kelib chiqishi sababli jamiyatda yuqori darajaga 
erishgan. Mutaxassislarning fikricha tashkilot rasman mavjud joyda qaror topadi, 
ledirlik esa psixologik munosabatlar asosida vujudga keladi. Rahbar ledirlikdan 
qonuniy o'lchovlarga egaligi, rasmiy tashkilot bilan yuzaga kelishi, huquq asosida 
funksiyaga kirishuvi bilan farq qiladi. Rahbar ijtimoiy nazorat va hokimiyat 
vositachisi bo‘lsa ledir guruhga birlashgan sub’yektlar meyor va maqsadlarning 
favqullotda yuzaga chiqishi bilan bog’liq psixologik munosabatlar xosilasidir. 
Rahbarning faoliyati huquqiy meyorlar bilan ta’minlanadi, ledirning faoliyati esa 
hamkorlikdagi aloqa va munosabatlarning ma’naviy ruhiy meyorlari bilan 
kafolatlanadi. Ikki yoki undan ortiq shaxslarning muayyan maqsad yo‘lida 
birlashuvi yoki birlashtirilishi guruhni tashkil etadi. Guruh mavjud joyda esa 
rahbar faolyat ko‘rsatadi. Jamiyat ichida eng kichik guruh sifatida oilani olsak 
uning tarkibida albatta rahnoma va ergashuvlar mavjud. Oila rahbari taraqqiyot 
yo‘nalishi, maqsad va rejalarni belgilovchi hamda muvofiqlashtirlovchi asosiy 
shaxsdir, shuningdek oilani boshqarish tartibga solish ta’minlash choralarini 
ko‘rish kabi turli-tuman muammolar uning zimmasida bo‘ladi. Bular rahbarning 
qanday shaxs ekanligini uning oila muammolarini qanday darajada amalga oshira 
olishi dunyo qarashi tafakkuri, qobiliyati tadbirkorlik kabi qator hususiyatlariga 
bog‘liqki. Rahbar shaxsiyatini tahlil qilish uni tanlash va baholashni alohida tadqiq 
etish rahbar shunoslikning muhim tadqiqot ob’yekti sifatida maydonga chiqadi. 
Shuningdek ta’lim–tarbiya beruvchi, yo‘l yuriq ko‘rsatuvchi, ustoz yoki faoliyatda 



murabbiy din ilohiiyat bilan bog’liq faoliyatda murshid shaxslarga nisbatan ham 
rahbar atamasi foydalaniladi. Rahbar har qanday guruh yoki tashkilotda umumiy 
va cheklangan vazifalar oldidagi ma’suliyatlardir. Rahbar deganda rahbar 
tomonidan oshirilgan va amalga oshirlayotgan hamda amalga oshirilishi ko‘zada 
tutilgan faoliyatlar xatti-harakatlar nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra rahbar 
boshqaruvning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Boshqaruvning insoniyatga ma’lum uchta sosiy turi mavjud. Inson aql zakovat 
yordamida 
tartiblashtirilib 
madaniy 
an’analarga 
singdirilgan 
ya’ni 
tabiiylashtirilmagan yozilmagan qonun qoidalar yordamidagi boshqaruv, bevosita 
tayinlangan ma’sul shaxslar yordamidagi boshqaruv, qonunlar qo‘llanmalar, 
qoidalar kabi yozma hujjatlar yordamidagi boshqaruv. Hozirgi vaqtda rahbarlikka 
faqat kasbiy faoliyat sifatida qarash an’anasi kucahygan va u mansabdor hamda 
mansabdorlikni o‘rganish sohasi sifatida iqtisoslashgan. So‘ngi yillarda mazkur 
soha mutaxassislar uzoq tortishuvdan keyin ushbu turlarni “Mansabdor shaxs va 
bajaruvchi vazifasini bajaruvchi shaxs” tarzida talqin qilmoqda. Rahbariyat 
boshqaruv tizimi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, eng kichik ko‘p tarmoqlar tashkilot 
va uyushmalardan tortib, davlat va jamiyat doirasida yerik tuzilmalargacha barcha 
idoralarga xos rahbarlardan iborat yahlit guruhni ifodalaydi. Unda rahbar va 
rahabriyatdan farqli ravshda bir-biriga buysunuvchi yoki parallel ish olib boruvchi 
tarmoqlar va ularni birlashtiruvchi tuzilma faoliyat asosiy masala bo‘lib ko‘pchilik 
shaxslardan tashkil topgan bunday tizimda bir kishining emas balki butun bir 
tuzilmaning hususiyatlari hamda faoliyati bosh masla hisoblanadi. 
Rahbariyat guruhlashgan idoraning tashkiliy tuzilishi bilan birga maqsadga kura 
tarmoqlanish hususiyatlari, ishlash jarayoni, prinsipalar va qonuniyatlar sohalar 
bo‘yicha a’loqadorligi hamda muvoffiqligi hamda shart sharoitlari hamda shu kabi 
boshqa masalalarni qamrab oladi. Rahbariyat masalalarini tadqiq etish bugungi 
kunda asosan davlat boshqaruvi personal boshqaruvi davlat hizmati va uning 


10 
tarmog’i bo‘lgan hizmat huquqi fanlari doirasida amalga oshiriladi. Lekin 
rahbariyat qanday va qancha tarmoqqa bo‘linmasin yagona tizim bo‘lganligi 
tufayli uning ma’lum qonuniyatlar metodlar hamda prinsiplarga asoslangan 
maqsad va vazifalari mavjud. Ularni o‘rganish, tahllil etish, baholash, tadqiq 
etishning o‘zi yahlid yo‘nalishdir. 
Shularga ko'ra rahbariyatning mohiyatini har tomonlam o‘rganish rahbarshunoslik 
doirasida amalga oshiriladigan ish hisoblanadi. Rahbarsunoslik rahbariyat 
rahbarlik bilan bog’liq hususiyatlarni tadqiq etuvchi fanning o‘ziga xos 
yo‘nalishidir. Uning diqqat markazida: 
1) 
bevosita yoki bilvosita rahbarshunoslikka doir tarixiy zamonaviy yozma 
manbalar ularning ijodkorlari rahbarshunoslik bilan bog’liq tarixiy va zamonaviy 
voqiya hodisalar amaliy jarayonalar rahbarshunoslik ob’yektlarining o‘ziga xos 
hususiyatlarini o‘rganish; 
2) 
fan va amaliy jarayondagi masalalarni bir butunlikda olib ularning 
rivojlanish shart-sharoitlari. Asoslari yo‘nalishlari tatbiq etish ob’yektiv vazifalari 
va boshqalarni ilmiy tekshirish muvofiqlashtirish va qiyosiy tahlil qilish. 
3) 
Sohaga oid qonuniyatlarni kashf qilish va tarqqiy ettirish shu maqsadda 
muayyan davr hamda kelajak uchun muhum xulosalar tag’dim etishni 
tizimlashtirish kabi masalalar turadi.1 
Rahbarshunoslik fanining bosh vazifasi o’z ob’yektlariga doir barcha masalalar 
ilmiy amaliy va nazariy jihatdan teran o’rganish vositasida: jamiyat taraqqiyoti 
uchun xizmat qiladigan muhim xulosalar taqdim etish erishilgan natijalarni 
ahamiyati, tadbiq etish davri o‘rni va maqsadlarini aniqlagan holda qo‘llash uchun 
tavsiyalar, tizimlar, funksional tizimni taqdim etish jamiyatga xizmat ko‘rsatish 
samaradorligini asoslash amaliy jarayonalarda zamonaviy bilimlar bilan 
qurollantirib borish; rahbar hodimlar uchun vujudga kelish mumkin bo‘lgan yangi 
shart-sharoitlar hamda vaziyatda zarur xususiyatlar, tartiblar, qoidalar, va 


11 
boshqalar. Talabalarni bashorat qilish eng ilg’or sifatlar, samarali faoliyat shakllari 
tashkiliy mehanizmlar hamda uslublarni ishlab chiqish va jortiy etiushdan iborat. 
Rahbarshunoslik fanining ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki uning ob’yektlari 
jamiyat va uning faoliyati xalq turmush tarzi va taraqqiyot o‘rtasida bog’lovchi 
bo‘g’in hisoblanadi. 
Rahbar har qanday ijtimoiy guruhda taraqqiyotga intilishning siyosiy jihatdan 
strategik takdik yo‘nalishlarini huquqiy jihatdan faoliyat imkoniyatlari va 
chegaralarni iqtisodiy jihatdan shart-sharoitlari moddiy asoslari va maxsulotlarini 
ma’naviy jihatdan esa tarbiyaviy, ma’rifiy va madaniy darajasini shakllantirishda 
yetakchi o‘rin tutadi. Bu esa rahbardan yuksak aql zakovat, keng duniyo qarash 
rahbarshunoslik fani doirasida erishilgan barcha yutuqlardan zamonaviy 
ma’lumotlardan xabardor etishni talab etadi. Shu ma’noda rahbar 
rahbarshunoslikning alohida fan sifatida o‘rganilishi tashkilot jamiyatning 
taraqqiyot sari tez va ilg’or g’oyalar asosida ilgarilashga katta ta’sir ko‘rsatdi 
hamda yuqorida zikr etilgan muammolarni anglash va o‘z vaqtida hal etishga 
demak rahbar faoliyatining izchilligi, sifat va samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi. 
Rahbar madaniyati–rahbar xodimlar yetakchilar yo‘l boshchilarga xos ma’naviy 
qiyofa axloq odob, muomila va boshqaruv madniyatini ifodalovchi so‘z birikmasi. 
Madaniyat avvalo ma’naviy boylik xosilasi. Siyosiy madaniyati yuksak rahbar 
millat davlat xalq manfaati nazaridan ish tutadi, umummanfaatni o‘z shaxsiy 
ehtiyoj va manfaatlaridan ustun qo'yadi. Rahbar va rahbarlikka davogar shaxs 
alohida xulq atvorga, ma’naviyat va madaniyatga ega bo‘lish uni doimiy ravishda 
takomillashtirib borish zarur. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish 
yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular 
jahon tajribalari asosida shakllangan ilg’or boshqaruv malakalarini ham 
o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Bugungi rahbar bunga zimmasidagi vazifalarga 


12 
yuksak ma’suliyat bilan yondashish o‘ziga nisbatan talabchanlik orqali erishadi. 
Siyosat iqtisod va ma’naviyatga dahildor kitoblar va mumtoz adabiyot tarixiy 
jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning duniyo qarashini kengaytiradi. 
Agar aql zakovati ta'fakkuri ma’naviy kamoloti, madaniyati bilan rahbar mustaqil 
fikirlashdan mushohada qilishdan kundalik voqea hodisalarni teran tahlil etib 
borishdan uzoqlashsa rahbarlik talab etgan ma’naviyatdan uzoqlashib boradi. 
Rahbar ma’naviyat va madaniyatning kuch qudratidan ezgu maqsadlar yo‘lida 
samarali foydalanishi boshqaruv tizimidagi ijtimoiy immunitetlarni 
insonparvarlik g’oyalari asosida rivojlanib borishi darkor. Zero rahbarlik uslubi 
boshqarish madaniyatining ma’lum elimentlariga ega bo‘lishni taqqazo etadi 
rahbarlar bilan oddiy odamlar o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatlilik qoidalariga 
asoslanmog’i kerak. Bu qoidalar ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash kishilar 
o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari o‘zaro hurmat hamjamiyatlik hamda 
birodorlikdan iborat. Bularning barchasi rahbar ma’naviy saviyasining o‘sib 
borishiga siyosiy madaniyatning takomillashuviga katta yordam beradi. Chunki 
cheklangan ta'fakkur chala bilan past madaniayat bilan dunyoda ro‘y berayotgan 
murakkab jarayonlarni teran anglash ma'suliyatli vazifali mansabni egallab 
bo‘lmaydi. 
Binobarin demokratik asosida shug’illanib borayotgan jamiyatimiz talabi aqlan va 
manan barkamol puhta bilimga ega bo‘lgan teran ta'fakkurli kishilargina rahbar 
bo‘lishga haqlidir. 
Rahbar ma’suliyati rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib uning 
ma’lum sohaga javobgarligini ifoda etadi. U alohida shaxs ma’suliyatidan farq 
qilib kengligi bilan ajralib turadi. 
Shu bilan rahbar ma’suliyati hamisha muhim sanalgan. Ma’suliyat avvalo har bir 
kishining vijdoni qolaversa jamoa jamiyat va millat oldidagi burchini anglaydir. 
Umuman ma’suliyat rahbarning vazifasiga nisbatan javobgarlik tuyg’usidir. 


13 
Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar ma’suliyat hissining sustligidan kelib 
chiqadi. Ma’suliyatsizlikning eng salbiy ko‘rinishi siyosiy ma’suliyatsizlikdir. 
Siyosiy ma’suliyatsizlik siyosiy kaltabinlik, sabsata bozlik, nayrangbozlik, 
qalloblik, kabi illatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Binobarin rahbarlik 
lavozimidagi kishidan yuksak ong va tafakkur hushyor idrok talab etadi. Bugungi 
kunda rahbar kadrlar oldiga qo'yilayotgan qolaversa hayot taqqoza etayotgan 
asosiy vazifalar quydagilardan iborat1. 
Rahbar ko‘ngli ochiq qalbi va ko'ngli toza aql zakovat sohibi ma’naviy 
shakllangan bo‘lishi kerak. 
1. 
Rahbar o‘zini tarbiya qilgan, ishonch bildirib yuksak martabaga munosib 
ko‘rgan el yurtiga halol xizmat qilishi lozim. 
2. 
Rahbar aqlli va tajribali o‘z ishining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarga 
tayanmog’i ularning fikriga quloq solmog’i shunga asoslanib xulosa chiqarmog’i 
kerak. 
3. 
Rahbarning barcha ishlari xalq hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmog’i lozim. 
Kimlargadir yaxshi ko‘rinish maqtanish uchun qilingan ish rahbarning kelgusidagi 
faoliyatiga salbiy iz qoldirishi mumkin. 
4. 
Rahbarda xalq va vatanga fidoyilik, tashabbuskorlik, qa’tiyat va 
talabchanlik bo‘lmog’i lozim. Manmanlik, zo'rovonlik, o‘zgalar fikrga quloq 
solmaslik rahbar kadrlarni yaxshi mutaxassislar, mehnatkash sodda va samimiy 
odamlardan uzoqlashtirib qo‘yadi. 
5. 
Rahbar hech qachon mayda gaplar fusqu fasod mayshad bozlikka 
berilmasligi kerak. 
6. 
Katta rabarlarning kichik rahbarlarni mahalliychilik oshna-og’aynichilik 
shaxsiy sadoqatiga qarab tanlashi o‘ta kaltabinlik. Ayniqsa yangi rahbar o‘zidan 
oldin faoliyat ko‘rsatgan rahbar davrida ishlagan yaxshi mutaxassislarni ishdan 
bo‘shatishi, o‘ziga raqib bilishi achinarli xol bo‘lib, bu umumdavlat manfaatiga 


14 
jiddiy zarar yetkazadi. 
7. 
Rahbar maqtovdan boshi aylanib “dohiy”lik kasaliga chalinib qolmasligi 
kerak. Bunday rahbarlar atirofida faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi “maslahatguylar” 
amalparast, laganbardor, poraxo‘r oddiy odamlarga zug’im o‘tgazuvchi kimsalar 
to‘planib qoladi. 
8. 
Rahbar nafs balosiga qarshi turmog’i, o‘zidan kichik rahbarlarni bu balodan 
asramog’i lozim. 
9. 
Rahbar adolatsizlikka aslo yo‘l qo‘ymasligi lozim. 
10. 
Rahbar o‘z shaxsiy hayoti, turmush kechirishida ham boshqalarga o‘rnak 
bo‘lmog’i shart. 
11. 
Rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora bo‘lmog’i lozim. Vaqti-vaqti 
bilan xalq oldida hisobot berib turishi ularga obru keltiradi. 
12. 
Rahbar o‘z g’oyasi, fikri harakat dasturiga ega bo‘lishi bilan birga barchani 
yurt taraqqiyoti bilan birga xalq tinch totuvligi, farovonligi yo‘lida yagona g’oya 
oldida jipislashtirishi shart. 
Rahbarlik aql-farosat kuch g’ayrat, izlanish va topqirlikni o‘z ustida tinmay 
ishlashni tadbirkorlikni talab etadi. “Rahbarlik” tarbiyasining quydagi jihatlari 
ahamiyatlidir: 
1) 
Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
resurislarini birlashtirib uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi 
sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs; 
2) 
Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun avvalo mustaqil qaror qabul 
qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini 
belgilaydi; 
3) 
Rahbar o‘z sohasiga yangi g’oya yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni 
joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi; 


15 
4) 
Rahbar mehnati, ayni vaqtda tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli 
faoliyatdir. 
Unga sarflangan kuch mablag’ ba’zan vaqtincha foyda emas zarar keltirishi, bunda 
jamoa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan 
ko‘ra olishi va unga tayyor turishi zarur bo‘lganda faoliyatini qayta boshlashi 
o‘zida bunga kuch g’ayrat topa bilish lozim. Ushbu jihatlar rahbarlik faoliyatning 
ma’lum jihatlarini namayon etadi. Rahbar halol, fok, vujdonli, iymonli, qattiq qul, 
diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak. Rahbarlikka egri yo‘l egri qo‘l egri 
maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. 
Fel-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq davom ettira olmaydi. Shu 
bilan birga u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obruga ega bo‘lishi zarur rahbar 
faol bo‘lmasa jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami kichikmi qanday 
mansabda bo‘lishidan qattiy nazar har bir rahbar oldida “o‘z ishimga talab 
darjasida yodashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo‘lishim 
kerak?” degan savol hamisha kundalang turadi. Boshqaruvdan ko‘nikma mahorat, 
bilim,aql va idrokning roli katta. 
Malaka oshirishda pedagogik texnologiyalardan poydalanish. «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi»da: “Inson” uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va 
farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini 
o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va 
harakatlantiruvchi kuchidir", deyiladi1. Bunday maqsadni amalga oshirish, asosan, 
pedagoglar zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham oliy ta'lim muassasalarida 
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni mazmun va 
mohiyatiga bugungi kunda jamiyatning istiqbol talablariga mos yangilanishlar 
kiritilishi lozim. 
Malaka oshirish tizimida «Pedagogika masalalari» kursi o‘quv fanini yangi 


16 
pedagogik texnologiya asosida olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan 
biridir. Shuni e'tirof etish kerakki, hali Respublikamizda malaka oshirish tizimida 
yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan 
faoliyatimiz uchun eng samaradorlarini tajriba sinovlaridan o‘tkazish va o‘quv 
jarayoniga joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim shakllantirilgani yuq. Vaholanki 
bugungi kunda ta'lim samaradorligini oshirish. 
Davlat 
ta'lim 
standartlarining 
bajarilishini 
ta'minlash, 
ta'limning 
sifat 
ko’rsatkichini kafolatlashda zamonaviy pedagogik texnologiya hal qiluvchi 
omillardan bo’lib bormoqda. Pedagogik texnologiyani o’quv jarayonida qo‘llash 
jahon amaliyotida keng tarqalmoqda. Zero, o‘quv jarayonini demokratlashtirish, 
kelishuvchanlik asosida tashkil qilishda hamkorlik, hamijodkorlik rivoj topmoqda. 
Bu jarayon tinglovchilarni o’quv faoliyatini amalga oshirishda harakatlantiruvchi 
kuch bo’lib xizmat qiladi. 
Tinglovchi va o‘qituvchini doimiy izlanishga, uzluksiz o‘z ustida ishlashga 
undaydi. Bu o‘z navbatida, ta'limda samaradorlikni ta'miilaydi. Zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo‘lishlari zarur. 
Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, 
boshqacha qilib aytganda pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga 
keltirishdir (Sakomoto). Demak, pedagogik texnologiya insonga (ta'lim-tarbiya 
oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta'sir o‘tkazish faoliyatidan 
iborat. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish. 
takomillashtirish, tahlil qilish, tadbiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa 
chiqarish, boshqarish, nazorat va baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
O’quv faoliyati ma'ruzalarni munozara asosida o‘tkazish, amaliy o‘yinlar, davra 
suhbatlari, pedagogik vaziyatlardan chiqish usullariga bag‘ishlangan munozara
tajriba almashish, interfaol mashg‘ulotlar asosida olib borish maqsadga muvofiq. 
Bu jarayonni olib borishda quyidagi mezonlarga rioya qilinadi va testdan unumli 


17 
foydalanish, fikr mulohazalar bildirishda asosiy maqsaddan chetga chiqib 
ketmaslik; hamkasblarning fikr-mulohazalari va tajribalariga ijobiy munosabatda 
bo‘lish. Ular bilan hamkor, hamjihat bo‘lish; har qanday vaziyatda suzlonchini 
dihat bilan eshitish, boshhalar fikri, nutstai nazarlariga keng fe'llik bilan 
yondashish; so'zlashda anitslikka, tinglayotganlar uchun tushunarli va chala 
gapirishga jiddiy e'tibor berish; tinglovchilar bilishni va ular uchun (samiyatli 
bulgan fikrlarnigina bildirish; qatnashchilar o'z fikrini bildira olish uchun 
imkoniyat berish, buning uchun qulay vaziyat yaratish hamda ijobiy munosabat 
bildirish; muhokamalarda va o‘zaro munosabatlarda holislik va samimiylikka 
rioya qilish; xushyor, zeyrak, sezgir, sergak bo‘lish.1 
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta'lim 
jarayonini rejalashtirib, tashhis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar kiritish 
imkoniyatlari mavjud. Bunda ta'limda kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, 
tinglovchilar faoliyati yanada yuqori darajaga kutariladi, bu esa pedagogik 
texnologiyaning samarasi demakdir. 
Tadqiqotimizda maktab o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiya asosida 
qayta tayyorlashda quyidagilarni asosiy vazifa sifatida oldimizga maqsad qilib 
qo'ydik: yangilangan milliy pedagogik tizimda, xususan maktab o‘qituvchilarini 
yangi pedagogik texnologiya asosida qayta tayyorlashning nazariy asoslarini 
ishlab chiqish; o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha 
bilishi zarur bo‘lgan bilimlar mazmuni va uni tanlash tamoyillarini ko’rsatib 
berish, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya 
asosida qayta tayyorlash prinsiplarini ko‘rsatib berish; o‘qituvchilarni malaka 
oshirishdan keyingi davrida yangi pedagogik texnologiya asosida tayyorlashning 
ta'lim samaradorligini oshirishdagi o‘rnini ko‘rsatib berish. 
Malaka oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish tinglovchilarda o‘z 
kasbiga qiziqishini kuchaytiradi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘quv jarayonini 


18 
loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish lozim: tinglovchi faolligini oshirish; 
hamkorlikka chiqarish; yaratilgan dastur, qo'llanma, ma'ruza matnlarini chuqur 
pedagogik tahlil qilish; mustaqil mutoala qilish ko'nikma va malakalarini 
shakllantirish; o‘z fikrini bildira olish, himoya qila olish va isbotlay olishga 
o‘rgatish. 
Pedagogik texnologiyaning afzalligi ta'lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta'lim 
maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda tinglovchi va 
o‘qituvchilarni bir majmuaga keltirib hamda ta'lim bosqichlarini loyihalab, uni 
nazorat qilish natijalarini baholash kabi qisimlarni o‘zaro uzviy bog‘lab uning 
loyhasini tuzishdadir. Ammo eng avvalo boshqaruv san’ati aniqroq aytganda 
ijoddir. Rahbarlikka ham sanatkor uchun zarur bo’lganidek, iqtidor va iste’dod 
lozim. Natijada to‘plangan bilimlari tajribalarini boshqaruvning umumiy 
qonuniyatlari sifatida shakllantirib o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. 
U o‘zining boshqaruv ususllarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir ammo 
uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining 
samaradorligi rahbar shaxsining tafakkuri, aql idroki ham bevosita bo‘g’liq. Bu 
hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazila-T.: Agar rahbarda maskur 
xislatlar shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir asrorlarini 
mukammal egallab oldi u o‘z jamoasi o‘rtasida obru va ishonch qozonadi. Shuning 
uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi 
o‘ziga xos talabchanlik mehribonlik hamda ma’suliyat jamoa azolarida javobgarlik 
hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini 
shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim. 
Ana shunday rahbar jamiyat vatan oldidagi ma’suliyatini burchini teran his qiladi, 
ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustivorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul 
qiladi. 


19 
RAHBARLIK MA’NAVIYATI-rahbarning shakllangan (ichki) ruhiy quvvati. 
Uning ma’naviy psixologik madaniayti ajdodlar ibratiga asoslanib, qadriyat 
darjasida qadrlanadigan, shaxs ma’naviy olamini tartibga soladigan ko‘nikma 
darajasiga yetgan hissiy ko‘nikmasiga darajasiga yetgan hissiy bilimlar 
majmuyidir. Rahbar o‘z rahbarlik salohiyatini takomillashtirish uchun ma’naviy 
olamini boyituvchi bilimlarni egallash tashabbuskorlik qobiliyatini oshirishi zarur. 
Rahbarning ma’naviy mulkiga aylangan bilim uninga xohish istaklarini chegaralay 
bilish, o‘zini tashqi tazeq va ta’sirlardan himoya qilishiga vosita bo‘ladi. Ya’ni 
ma’naviy jihatdan barkamol rahbar bo‘lib, ularning qadriyatga aylangan qismini 
ijodiy rivojlantirishni nazarda tutadi. I.A.Karimovning milliy qadriyatlarni tiklash, 
bobolar qoldirgan ma’naviyatni ulug’lash, undan ibrat olish, o‘zlikni anglash 
lozimligi1 haqidagi fikrlar muhimdir. 
Zero ma’naviyati qashshoq o‘zining dunyo qarashi fikriga ega bo‘lmagan odamga 
har qanday voyronkorg’oya o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Chunki Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek. “O‘zbekistonimizning egtangi kuni ma’naviy madaniy barkamol 
ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan zamonasining 
ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga mos kasb-hunar mahoratini o‘zida mujassam 
etgan g’ururi baland iymoni butun irodasi baquvvat chinakkam vatanparvar insopli 
va oriyatli insonlar qo‘lida va hakoza”. 
Rahbarning boshqaruv sa’nati sirlarini bilishi xodimlarni tanlashdan tortib ular 
bilan bog’liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, o‘zi ma’sul 
jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning buniyodkorlik 
kuchlarini safarbar eta olish. Samimiyat adolat, muomila, ishbilarmonlik asosiy 
muammo bilan ikkinchi darjali vazifalarni o‘z vaqtida bilish, tashabbuskorlik 
optemizim rahbar madaniaytini tashkil etuvchi omillar. Rahbarning uzoqni ko'ra 
bilishi hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab 
vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmasdan noan’anaviy kutilmagan yechimlar o‘ylab 


20 
topishi, jamoadagi har bir xodim, ishchi kungliga yo‘l topa olishi rahabr 
mahoratining namyon bo‘lishi hisoblanadi. 
Uslubiy faoliyat ta’limning ma’lum turi hisoblanadi. U o‘z ichiga tadqiqot tashxis, 
uslubiy loyhaviy maslaxat tahlil tashkiliy uslubiy vazifalarni qamrab olidi. 
Tashkiliy uslubiy vazifalarning yangilanishi bugungi pedagogik tizimning 
rivojlanishiga imkon berdi. Ayni faoliyat quydagi xossalarga ega bo‘lgan tizim 
tarzida tasavvur etiladi. Maqsadga yo‘nalganlikning mavjudligi vaqt o‘tishi bilan 
rivojlanib borish ya’ni denamiklik barqaror holatini saqlash qobiliyati uslubiy 
ishlarni boshqarishda kasb ta’limi o‘qituvchilari jamoasining faol ishtiroki va 
moslashuvchanligi. Uslubiy faoliyatda quydagi yo‘nalishlar eng muhim 
hisoblanadi.Tashxis rejalashtirish sohasi o‘qituvchilarning malaka oshrishga 
ehtiyojini tashxis qilish o‘qituvchining axborotga bo‘lgan ehtiyoji tashxisi, uzoq 
muddatli rejalashtirish va boshqalar. Biz izlanish olib borayotgan litsey va kasb- 
hunar kollej rahbarlarining malakasini oshirish jarayonida variatuv dasturlarning 
o’rni va ularning bugungi kunning axborot texnologiyalari bilantanishtirishdan 
iboratdir. 
Bugungi kunning rahbarlari ta’lim jarayonida bo’layotgan o’zgarishlardan 
xabardor bo’lishlari uvchun ularning malakasini oshirib qayta tayyorlab turish 
lozim hisoblanadi. 
Ya’ni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy kutarinki kayfiyat bilan ish olib bormog’i va 
yashamog’i lozim. Shu tarizda rahbarlikning eng yaxshi tashkilotchilik, 
tadbirkorlik fazilatlari shakllanib mukammallashtirib boradi. Boshqarish eng 
avvalo kishilar bilan ishlashdir. rahbar notiqlik mahoratiga ega bo‘lishi, tushunarli 
ifodali va ta’sirchan ishonarli va davatkor ruhda gapirishga o‘rganish kerak. 
Rahbarning tenglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Chunki 
tinglash qobiliyati gapruvchini ilhomlantiradi ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar 
g’oyalarning shakllantirishiga imkon tug’iladi. Rahbar qalbi toza shijoatli 


21 
ishbilarmon rahbarlik faoliyatida salbiy yoki ijobiy hatti-harakatlar 
o‘zida shakllangan solahiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘lish 
kerak. 
Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati - jamoaning maqsadga intilishini 
ta'minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, 
quyidagi misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me'yorlar bo‘yicha 
ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin 
ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darxol kerakli choralar ko‘riladi. 
Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini 
yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv belgisidir. 

ijtimoiy soha ob’yektlarini boshqarish va boshqaruvchilik xususiyatlarini 
shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish; 

davlatimiz tomonidan yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyatini 
shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan 
ishlarni tizimli tahlil qilish; 

yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga 
ta'sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish; 

ijtimoiy sohaning samaradorligini yanada oshirish orqali boshqaruv 
mahoratini rivojlantirishda yangi qirralarini yuzaga chiqarish. 


22 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin