Zaxiralar holatini nazorat qilish tizimining umumiy
xususiyatlari
Zaxiralarni boshqarish ularning haqiqiy xolatini nazorat qilishni
boshqarishni nazarda tutadi.
Zaxiralar holatni nazorat qilish-bu ishlab chiqarish-texnika
vazifalari uchun mo’ljallangan zaxiralar darajasini xalq ists’moli
buyumlarining va x..k, zaxiralarni saqlash me’yorlariga nisbatan
o’zgarishlarning sodir etilishi va bu o’zgarishlarni bartaraf etish
maqsadida tezkorlik bilan chora ko’rish uchun o’rganish va tartibga
solishni o’z ichiga oladi.
Zaxiralar holatini nazorat qilishning zarurati zaxiralar haqiqiy
holatining me’yorlarda ko’rsatilgan doirasida: chiqib ketgan hollarida
xarajatlarni orttirish shart-sharoitlarini nazarda tutadi.
Zaxiralarni nazorat qilish ularni hisobga olish ma’lumotlari
asosida o’tkaziladi va uzluksiz ravishda yoki ma’lum davrlarda
amalga oshiriladi.
Amalda nazoratning turli usullari qo’llanilib, ularni quyidagi
xususiyatlari bo’yicha tabaqalash mumkin;
-tekshirish tartibi: davriy yoki uzluksiz.
-zaxira me’yoriy darajasi mavjudligi yoki yo’qligi;
-talab qilinadigan to’plamning ko’rinishi: bir xilda yoki har xil.
Zaxiralar holatini nazorat qilish, hamda yetkazib beruvchiga
bo’lgan talabning shakllanishi quyida bayon etilgan tizimlarning biri
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Tezkor boshqaruv tizimi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng «talab
qilinadimi» yoki «talab qilinmaydimi», agar talab qilinsa, u holda
tovarning qancha birligi miqdorda va hk. kabi tezkor xulosaga
57
kelinadi.
Bir xilda yetkazib berish tizimi. Bir xildagi vaqt birligida tovar
birligining ma’lum miqdori talab qilinadi.
Yuqori darajadagi zaxira miqdorini to’ldirish tizimi. Bunday
hollarda bir xil vaqt oralig’ida tovarlar to’plami talab qilinib, ularning
hajmi, ya’ni tovar birligining miqdori, eng yuqori zaxiralar
miqdorining tekshirish o’tkazilgan davrdagi haqiqiy zaxiralar darajasi
o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi.
Zaxiralar darajasining haqiqiy holatini davriy tekshirishdagi
mustahkam talablar miqdorining tizimi (zaxira miqdori) tekshirib
turiladi. Doimiy tovarlar talabiga ehtiyoj shunday sharoitlarda
seziladiki, tekshirish davridagi tovarlar zaxirasi belgilangan tovar
miqdorlariga teng yoki undan kamroq bo’lishi mumkin. Aks holda,
talab qilmaslik haqida qarorga kelinadi.
Haqiqiy zaxira darajasini uzluksiz ravishda tekshirishda talab
miqdorini mustahkamlash tizimi (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi
miqdori).
Zaxiralar bilan yaqin o’rtadagi miqdorga yetganda tovarlar
to’plami doimiy hajmda talab qilinib turiladi. Zaxiralar darajasining
haqiqiy holatini davriy ravishda tekshirishdan o’tkazilganidagi ikkita
darajali tizim (zaxira darajasining yaqin o’rtadagi miqdori). Tovar
zaxiralarning haqiqiy darajasi bir xil vaqt oraliqlarida tekshirib
turiladi. Agar ular eng kichik miqdordan kam bo’lsa, yoki unga teng
bo’lsa, u holda tovar to’plamini talab qilish haqida qarorga kelinadi
eng yuqori tovar zaxiralari bilan tekshiruv davomidagi haqiqiy
zaxiralar o’rtasidagi farqning talablarni bajarish davrida kutilayotgan
tovarni sotish miqdoriga ko’paytiriladi.
Talab qilinadigan to’plamning miqdori eng yuqori tovar
zaxirasiga teng bo’lgan farqqa va zaxira darajasining yaqin o’rtadagi
miqdoriga qarab belgilanadi, hamda talabni bajarish vaqtidagi
kutilayotgan xarid miqdoriga ko’paytiriladi.
|