2 i-bob. O’zbekiston bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash


 O’zbekistonda bandlik muammosi va mehnat munosabatlari



Yüklə 398,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.06.2023
ölçüsü398,89 Kb.
#134882
1   2   3   4   5   6   7
Abdurashid kurs ishi pdf variant

1.3 O’zbekistonda bandlik muammosi va mehnat munosabatlari.
Ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularni mehnat
bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishni rag’batlantirish


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
12
hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar
o’rtasida qayta taqsimlash orqali samarali tashkil etish mumkin. Respublikamizda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va
o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida
kunduzgi ta’lim oladigan talaba o’rinlarini ko’paytirish va kechki hamda sirtqi
o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishla chiqarishdan ajralagan holda
o’qiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayolarga bola parvarish uchun
to’ldanadigan nafaqalar va beriladigan ta’lim muddatini ko’paytirish. Mehnat
stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni
parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish - mehnat bozorida ishchi
kuchlarini oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo’lgan
taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy
va vaqtinchalik shakllariga o’tishlarini rag’batlantirishga ulargaham ish bilan to’la
band qilingan shaxslarga mo’ljallangan ijtimoiy ta’minotning turlarini, ta’tillar va
ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o’rnatish, kafolatlargan eng kam miqdordagi
ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o’z vaqtida berish, ish kuni
va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu
mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi
ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar:
ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlar
belgilash;qat’iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun
bir martalik to’lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni
rag’batlantirish va hookazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni
kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim
ahamiyatga egadir.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
13
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli
foydalanish - raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi
umumxo’jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida ta’minlanishi lozim. Hozirgi
paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni rag’batlantirishning
umumxo’jalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat
resurslari uchunilgari joriy qilingan to’lovlarni qayt atiklash maqsadga muvofiqdir.
Ular mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan
tashqari xodimlar sonini kamaytirishga ko’maklashadi. Bu xil to’lovlar korxona va
tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qat’iy stavka shaklida
o’rnatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-
xarajatlar o’rnini qoplash uchun ijtimoiy sug’urta solinadigan maxsus soliq (ikkalasi
ham - mehnatga haq to’lash fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi
kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning ko’pchilik rivojlangan
mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning
intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy
jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi.
Ishchi kuchlari taklifini rag’batlantirish xodimlarni ishga yollash va
joylashtirishga yordamlashish usullarini qo’llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu
usullar tashkiliy tusda bo’lib, bo’sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta
o’qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil etishni,
aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan
ta’minlashni,ishsizlarni ro’yxatga va hisobga olishni, kasbga yo’naltirishga oid
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida turmush
darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur
uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehna va uy-
joy shart-shaoitlarini hamda, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish darajalarini
yaxshilash kabi tadbirlarini o’tkazib, ularni tartibga solish asosida tadbiq etiladi.


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
14
O’zbekistonda ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shug’ullanadi. Joylarda (muhofazalash va
ta’minlash bo’yicha boshqarmalar), (respublika subyektlari darajasida) mehnat,
aholini ijtimoiy muhofazalash va ta’minlash bo’yicha boshqarmalar (viloyat,
shahar) va tuman bo’limlari faoliyat yuritadi. Mazkur idoralarga ayrim aholi
guruhlari uchun imtiyoz va kafolatlar belgilash va to’lash, aholiga ijtimoiy xizmat
ko’rsatish vazifalari yuklatilgan.
Pensiya ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Pensiya jamg’armasi va quyi
ijtimoiy ta’minot idoralari zimmasida. Nafaqalar to’lash tizimi biroz murakkabroq
tuzilgan. Aholi nafaqalarni ish joyidan (ijtimoiy sug’urta jamg’armaidan), ijtimoiy
ta’minot bo’limlari yoki mahallalardan olishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy
ta’minot muassasalari (internatlar, ijtimoiy yordam xizmatlari va boshqalar) va
protez ishlab chiqarishni rivojlantirish (protezlar, nogironlar aravachalari bilan
ta’minlash) orqali natural xizmatlar ko’rsatish bilan ijtimoiy ta’minot amalga
oshiriladi.
Ijtimoiy muhofazaning ayrim funksiyalarini davlat idoralari: vazirliklar
(mahkamalar), ularning joylardagi idoralari va muassasalari bajaradi. Nogironlarni
kasbga o’qitish va ishga joylashtirish, bolalar uylarida bolalarga qarash va ularni
tarbiyalash kabi funksiyalarning yana bir qismini kasaba uyushmalari
tashkillashtiradi (kurort va sanatoriylarga jo’natish va sog’lomlashtirish). Bundan
tashqari, ixtiyoriy ijtimoiy sug’urta, xayriya tadbirlari rivoj topmoqda, natijada
Respublika subyektlari, mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari tashabbusi bilan
va fuqarolarning shaxsiy mablag’lari hisobiga maxsus guruhlar va fuqarolarga
davlat ijtimoiy ta’minotiga qo’shimcha ravishda moddiy yordam ko’rsatish
imkoniyati tug’iladi. Davlat ta’minotiga qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar
korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlariga qarab jamoa shartnomalariga kiritilishi
mumkin. Ijtimoiy muhofazalash tuzulmalaridan yana biri - nodavlat pensiya


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
15
jamg’armalaridir. Yaqin kelajakda ular davlat pensiyalariga qo’shimcha pensiyalar
to’lay boshlaydilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xilligi tufayli aholi ijtimoiy
muhofazasi uchun ajratiladigan mablag’lar ham turli shakldagi davlat, korxona,
muassasalar daromadlarining bir qismidan rasmiy ravishda belgilangan
me’yorlarda shakllanadi. Undan tashqari, ijtimoiy muhofaza jamg’armalariga
mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar, xorijiy davlatlardan keladigan homiylik
va insonparvarlik yordamlari ham qo’shiladi. Lekin, ijtimoiy ta’minot
jamg’armaining asosiy hajmi davlat tomonidan belgilangan me’yorlarga muvofiq
milliy daromadning bir qismidan shakllanadi.
O'zbekiston mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik nuqtai nazaridan olib
qaraganda quyidagi 3 guruhga ajratilishi mumkin:
1-guruh - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax,
Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari.
2-guruh - Andijon, Namangan, Farg'ona va Xorazm viloyatlari
3-guruh - Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlar.
Bu guruhlarning mehnat resurslari nuqtai nazaridan xususiyatlari
quyidagicha. Birinchi guruh viloyatlari O'zbekiston hududining juda katta qismini
(86%)ni egallab uning katta maydonlari xali kam o'zlashtirilgan. Bu viloyatlar va
Qoraqalpog'iston respublikasi katta xom ashyo zahiralariga ega, ularni sanoat va
qishloq xo'jalik maqsadlarida o'zlashtirish istiqbollari katta. Bu guruh viloyatlarida
asosan mahalliy mehnat resurslaridan foydalaniladi va respublikaning boshqa
hududlaridan ham ishchi kuchi jalb etilish imkoniyati mavjud.
Ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlarida aholi bir muncha zich joylashgan. Bu
viloyatlarda ayniqsa ularni qishloq joylarida hamda o'rta va kichik shaharlarida
ishga jalb qilinmagan ish kuchlari mavjud. Bu guruh viloyatlaridagi ortiqcha ish
kuchidan ishlab chiqarishda keng foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur


Turg'unxo'jayev Abdurrashid
16
mehnat resurslari joylashgan shahar va qishloqlarning o'zida yangi ishlab chiqarish
quvvatlari (ish joylari) barpo qilish bilan birga yoshlarning ma'lum qismidan
respublikaning boshqa viloyatlarida, jumladan yangi o'zlashtirilayotgan yerlarda
foydalanish mumkin.
Uchinchi guruh viloyatlari va poytaxt - Toshkent shahri sanoat eng yuqori
darajada rivojlangan mintaqa bo'lib, unda mehnat resurslaridan foydalanish
samaradorligi juda yuqoridir. Bu guruh viloyatlari o'zlarining mehnat resurslariga
bo'lgan ehtiyojlarini kelajakda ham mavjud aholining tabiiy o'sishi hisobiga hamda
mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash hisobiga to'la qondirishi
mumkin.
Shunday qilib O'zbekistonda hozirgi vaqtda va yaqin kelajakda mehnat
resurslarining miqdori bo'yicha muammo kelib chiqmaydi. Asosiy e'tibor mehnat
salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilmog'i lozim. Avvalombor 'ish bilan
band bo'lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli
yoshlarning faoliyatining eng ilg'or tarmoqlari va sohalariga jalb qilish' asosiy
masala hisoblanadi.

Yüklə 398,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin