16
O‟zbekiston Respublikasining tarkibidagi respublika va viloyatlarda, ularning
tarkibiga kiradigan tumanlar, shaharlar shuningdek, ayrim ekologik mintaqaviy
tavsifga ega bo‟lgan ob‟ektlar bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan
ma‟lumotlar shakllanadi. O‟zbekiston Respublikasi darajasida, respublikaning
tarkibidagi mintaqa, landshaft-ekologiya bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga
olgan ma‟lumotlar shakllanadi.
Yer monitoringining shakllangan bazasi va banki foydalanishlari mumkin:
-
Davlat va maxalliy boshqarish organlari;
-
O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‟mitasi va uning joylardagi bo‟limlari;
-
yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar;
-
ayrim fukarolar;
- yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni
muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar.
Qoraqalpog‟iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat va mahalliy
boshqaruv organlari zaruriyatga qarab tezlashtirilgan ma‟lumotlar, bashoratlar,
mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim etadilar hamda har yili 1 yanvargacha
“Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasiga mintaqaning yer fondi holati tug‟risida yillik
hisobot topshiradi. O‟z navbatida “Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasi yer
monitoringi axborotlarii umumlashtirib, zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, ilmiy
bashoratlar mavzuli haritalar va atlaslar tuzib chiqadilar va manfaatdor vazirliklar
hamda idoralarga taqdim etadi. O‟zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili
uchun har yili 1 apreldan kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasining yer
fondining holati tug‟risida hisobot yuboradi.
Dostları ilə paylaş: