Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal 
taraqqiy etgan bo‗lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo‗lgan barcha 
ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin; 
Ikkinchidan, barcha masalani, muxokama va mulohazani tezda va to‗g‗ri 
tushuna oladigan, uning ma‘nosini anglay oladigan, so‗zlovchining maqsadi va 
aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‗lsin; 
Uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo‗lsin, ko‗rgan –eshitgan, sezgan 
narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‗lsin; 
To‘rtinchidan, zehni shu darajada o‗tkir bo‗lsinki biror narsaning alomatini 
sezishi bilan, bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin; 
Beshinchidan, so‗zlari aniq bo‗lsin, fikrini va aytmoqchi bo‗lgan 
mulohazalarini ravon va ravshan bayon ayta olsin; 
Oltinchidan, bilish va o‗qishga muhabbati bo‗lsin, o‗rganmoqchi bo‗lgan 
bilimini chachashni sezmasdan osonlik bilan o‗zlashtira olsin: 
Yettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik iste‘mol etishda ochko‗z bo‗lmasin, 
tabiati qimor o‗yinlarini o‗ynashdan uzoq bo‗lsin va ular keltiradigan 
xursandchilikdan jirkanadigan bo‗lsin: 
Sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‗lsin, 
yolg‗on va yolg‗onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‗lsin: 
To‘qqizinchidan, ruhi g‗ururli va o‗z vijdonini qadrlaydigan bo‗lsin, uning 
ruhi o‗z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo‗lsin: 
O‘ninchidan, dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish 
bilan qarasin: 


13 
O‘n birinchidan, o‗z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun 
kurashuvchilarga, adolatsizlikka, jabr-zulm o‗tkazuvchilarga nafrat bilan 
qaraydigan bo‗lsin, go‗zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga taqdim 
etgan holda, odamlarni adolatga targ‗ib etadigan holda, adolatsizlik natijalarini 
yo‗qotadigan, ularga yo‗l qo‗ymaydigan bo‗lsin: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin