“Kapitalbank” atb kengashi tomonidan 2015 yil 24 dekabrda “tasdiqlandi”



Yüklə 187,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.06.2023
ölçüsü187,62 Kb.
#135438
  1   2   3   4
Dividend-siyosati



 
“Kapitalbank” ATB
Kengashi tomonidan 
2015 yil 24 dekabrda 
“TASDIQLANDI” 
(57-Sonli bayonnoma) 
Bank Kengashi raisi
____________ F.X. Otaxonov 
“KAPITALBANK” AKSIYADORLIK 
TIJORAT BANKINING 2016 YILGI 
DIVIDEND SIYOSATI 
Toshkent - 2015 



 
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 
1. “Kapitalbank” ATBning mazkur Dividend siyosati (keyingi oʻrinlarda – siyosat) Oʻzbekiston 
Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlari (yangi tahriri), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvi tomonidan 2000 yil 24 iyulda 472-son bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2000 yil 5 iyulda 943-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Tijorat banklarida korporativ boshqarish 
toʻgʻrisidagi nizom, “Kapitalbank” ATB Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan va “Kapitalbank” ATBning (keyingi 
oʻrinlarda – bank) 2016 yilda aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori, ularni toʻlash shartlari, tartibi va muddatlari 
toʻgʻrisidagi tavsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha maqsadlari va strategiyasini belgilaydi. 
2. Siyosat bankning investitsiyaviy jozibadorligi, moliyaviy barqarorligi va kapitallashtirilishi, aksiyadorlarning 
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, bank Ustavi va uning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish va ularga rioya etishga asoslanadi. 
3. Mazkur siyosatga muvofiq, dividend - bank sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. 
Dividendlar aksiyadorlar oʻrtasida, ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
4. Dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov 
vositalari yoxud bankning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanishi mumkin. 
5. Bankning joylashtirilgan aksiyalari boʻyicha dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish bankning 
huquqi hisoblanadi. Bankning joylashtirilmagan aksiyalari boʻyicha dividendlar toʻlanmaydi. 
6. E’lon qilingan dividendlarni to’lash bankning majburiyati hisoblanadi. Bank Oʻzbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunchiligiga muvofiq mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan dividendlarni olish huquqiga ega 
aksiyadorlar oldida javobgar boʻladi. 
7. Bank aksiyadorlarga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlarni toʻlashda soliq agenti 
hisoblanadi. Bank Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, dividendlardan olinadigan soliq 
summalarini hisob-kitob qiladi, ushlab qoladi va oʻtkazadi yoki soliq solishning imtiyozli rejimini qoʻllaydi. 
Dividendlar aksiyadorlarga Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligida nazarda tutilgan summalar, ulardan 
ushlab qolingan soliqlar chegirib qolingan holda toʻlanadi. 

Yüklə 187,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin