Reja: Fanni o‘qitishda to‘plangan ilg‘or tajribalar. Tayanch iboralar



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.06.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#135479
1   2   3
AG3i03ty3PFj8FnT0KhE9aZ0SbudpehMFNsTcU0L

jarayonga quyidagilarni kiradi:
- tanlovga yagona yondashuvlar;
- o‘qituvchilarni tayyorlash, malakasini oshirish;


- ularning kasbiy faoliyat karab yagona talablarning mavjudligi.
Ko‘plab Oliy harbiy ta’lim muassasalalari o‘quv dasturlari fuqarolik 
o‘quv muassasalari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyatning 
muxim xususiyati shundan iboratki xorijiy oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari yuqori 
ijtimoiy maqomga (davlatning katta xizmatchisi maqomi), ishonchli ijtimoiy 
himoya, kafolatlangan yuqori maoshli doimiy ishga egaligidir.
G‘arb harbiy ekspertlariga ko‘ra: qurolli kuchlarning harbiy qismlari, 
maxsus qo‘shinlar va ta’lim muassasalalarining o‘quv dasturlari mazmuni va 
muddatlari jihatidan farq qiladi, shundan kelib chiqib dolzarb masalalarini samarali 
xal qilish maqsadida NATO harbiy blokiga a’zo davlatlari uchun umumiy, ilmiy 
asoslangan, eng yaxshi ta’lim resurslaridan foydalangan holda ta’lim oluvchilar va 
o‘qituvchilarlarga yagona til tayyorgarligi o‘qitish tizimini tashkil etish kerakligini 
ta’kidlashadi. AQShda asosan professor o‘qituvchilar tarkibini erkin yollanganlar 
tashkil etadi - zaxiradagi sobiq harbiy xizmatchilar. Biroq kafedralar raxbariyati 
hamda umumharbiy fanlar hariy xizmatchilardan tayinlanadi. Xorijiy oliy o‘quv 
yurtlari o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan hozirgi talab ularning keng dunyo qarashga 
ega bo‘lishidir. Shuning uchun AQSH, Germaniya, Fransiya universitetlarida 
o‘quv vaqtining 40% ga yaqini gumanitar fanlarni o‘rganishga ajratiladi. 
Universitetlarning ta’lim dasturlarida tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, falsafa, 
sotsiologiya, huquqshunoslik, iqtisod, adabiyot, jahon madaniyati va san’ati, chet 
tillari, yetakchilik va boshqaruv nazariyasi fanlarini chuqur o‘rganish nazarda 
tutilgan.
Universitetning o‘qituvuchi lavozimiga tayinlanuvchi nomzodlar 
uchun muhim talab bu: tegishli sohada harbiy va pedagogik tajriba hamda 
majburiy muntazam malaka oshirishdir. Shunday qilib, xorijiy oliy harbiy o‘quv 
yurtlari o‘qituvchilarining professional va shaxsiy fazilatlariga ko‘ra quyiladigan 
asosiy talablar quyidagilardir:
- ilmiy darajali olimlarning mavjudligi;
- keng dunyo qarash;
- insonparvarlik;
- pedagogika va psixologiya bo‘yicha chuqur bilim;
- ta’lim oluvchilarni boshqara olish qobilyati;
- yuqori darajadagi professional tayyorgarlik, shu jumladan harbiy 
professional tayyorgarlik fuqarolik o‘qituvchilari uchun;


- boy harbiy tajriba jumladan: mahalliy urushlarda qatnashish va qurolli 
ziddiyatlar;
- doimiy shaxsiy va kasbiy professional o‘zini-o‘zi takomillashtirish; 
- ilmiy ishlarda faol ishtirok etish;

ta’lim oluvchilar o‘rtasida g‘arb demokratiyasi g‘oyalarini 
shakllantirishdagi tirishqoqlik.
Hozirda zamonaviy xorijiy universitetlarda pedagoglarning o‘rni va 
maqsadi o‘zgartiralyotganini kuzatishimiz mumkin: ya’ni: asosiy manba va bilim 
tashuvchisi sifatida emas balki, boshqaruvchiga talabalarning faoliyati davomida 
ta’lim muammolarining turli axborot manbalari bilan ishlashni o‘rgatuvchiga 
aylantirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning natijasida pedagog kadrlarni professional 
tayyorgarligiga ko‘proq e’tibor berilib, ularning ijtimoiy mavqeini oshirilmoqda. 
Oliy ta’lim muasssasalari pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligi 
darajasini rivojlantirish, ularning ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishlari hamda 
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi, xorijiy mamlakatlar ta’lim 
tizimida zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot beradi. Ushbu dastur 
mazmunida rivojlangan Yevropa davlatlari (Germaniya, Angliya, Fransiya, 
Kanada), Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Janubiy Koreya) va Amerika Qo‘shma 
Shtatlari kabi davlatlarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot jarayonlari, 
modulli ta’lim tizimi mohiyati, Yevropa yagona ta’lim muhiti (Bolonya jarayoni), 
modulli-kredit tizimi mohiyati, YESTS kreditlari, uning asosiy tamoyillari va 
xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.
Berilgan dastur doirasida mavzular tinglovchilar pedagog kadrlarga 
qo‘yiladigan davlat talablarini, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ilg‘or 
xorijiy tajribalar, zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari va ularning 
turlarini bilishlari, tinglovchi shaxsi va uning xususiyatini hisobga olgan holda 
ta’limda individual, integrativ va differensial yondoshuvga erishuvlari, axborot 
texnologiyalaridan 
ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
samarali 
foydalana 
olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan. 
Modulning maqsadi va vazifalari 
“Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar” modulining maqsadi: pedagog kadrlarni 
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs tinglovchilarini o‘quv jarayonini tashkil 
etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy 
yondashuvlar, zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or 
xorijiy tajribalar: modullikredit tizimi, differensial, integrativ, masofali o‘qitish, 


mahorat darslari, vebinar, evristik metodlarni o‘zlashtirish, joriy etish, ta’lim 
amaliyotida qo‘llash va yaratish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish. 
“Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar” modulining vazifalari: 
- o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or 
xorijiy tajribalarni, ularning o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish sohalarini 
aniqlashtirish; 
- tinglovchilarda modulli-kredit tizimi, xorij tajribalaridan samarali foydalanish 
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
- tinglovchilarda zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or 
xorijiy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish layoqatlarini rivojlantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakasi va 
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar 
“Ta’limda xorijiy tajribalar” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
masalalar doirasida:
Tinglovchi: - o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi 
ilg‘or xorijiy tajribalar; - rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlarining o‘ziga 
xosliklari; - zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or 
xorijiy tajribalar: masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar darslar, evristik 
metodlar; - zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or 
xorijiy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi;
Tinglovchi: - modul bloklarini tayyorlash; - modulli ta’lim texnologiyalariga 
asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash va rejalashtirish; - o‘quv fanlari 
bo‘yicha modulli-kreditlar taqsimotini amalga oshira olish ; - interfaol ta’lim 
texnologiyalari sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni oliy ta’lim amaliyotiga 
samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini egallashi; 
Tinglovchi: - innovatsion ta’lim texnologiyalarini oqilona tanlab olish; - ilg‘or 
xorijiy tajribalar asosida zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab 
chiqish va ommalashtirish malakalarini egallashi; Tinglovchi: - innovator, tyutor, 
moderator va fasililatorlik faoliyatini samarali amalga oshirish; 
- rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qilish, ijobiy jihatlarini 
tajribada qo‘llab ko‘rish;
-talabalarni mustaqil izlanishli-ijodiy faoliyatga jalb etish kompetensiyalarini 
egallashi lozim.


 Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar “Ta’limda ilg‘or xorijiy 
tajribalar” kursi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Mazkur 
modulni o‘qitish jarayonida quyidagi innovatsion ta’lim shakllari va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari 
yordamida 
prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;
- amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, 
aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium o‘tkazish, 
assisment va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi. 
Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi 
“Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar”moduli bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv rejasidagi 
“Ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat” o‘quv modulining 
“Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” hamda “Ta’lim jarayonlarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” o‘quv moduli bilan uzviy 
aloqadorlikda olib boriladi va pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik 
darajasini oshirishga xizmat qiladi.. Modulning oliy ta’limdagi o‘rni Modulni 
o‘zlashtirish orqali tinglovchilar zamonaviy va innovatsion horijiy ta’lim 
texnologiyalarini o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llashga doir proyektiv, kreativ va 
texnologik kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar. 

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin