1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


) Etika deontologiya nima?



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix30.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#135570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

2) Etika deontologiya nima?
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi 
falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz 
ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, 
naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi
ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi. 
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, 
rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson 
va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni 
oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning 
estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari 
koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud 
bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham 
tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar 
muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon 
boʻladi. 
Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning 
taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi 
tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. 
Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;— shifokor bilan 
bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;— shifokorning gʻamkasblari bilan munosabati va hakozo. 
Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining 
javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga 
muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun 
butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi, 
bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida 
hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi. Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy 
qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan 
chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u 
zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib borgan. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin