4. Xarajatlarga ko‘ra samaradorlikni baholaSh usuli. Amaliyotda pul tuShumlarini ta’minlamaydigan loyihalarni baholaShga duch
keliShimiz mumkin. Masalan, xizmat binosini yoritiSh uchun kunduzgi yoritiSh
lampalaridan yoki boShqa turdagi yoritiSh vositalaridan birini tanlaSh vazifasi turganda
Shunday holat yuzaga keladi. Bunda firma ma’lum bir vaqt davomida kam xarajat talab
etadigan yoritiSh Loyihasini tanlaydi.
Agar biz turli xizmat davrlariga ega loyihalarga duch kelsak, hamda baholanayotgan
faoliyatni davom ettiriSh uchun qayta moliyalaSh ko‘zda tutilsa, yuqorida ko‘rib
chiqilgan ekvivalent annuitetni aniqlaSh usulidan foydalaniladi. Bunda ekvivalent
annuitet – EAS-yillik ekvivalent xarajatlar deb ataladi.
5. Uskunalarni ta’mirlaSh yoki almaShtiriSh haqidagi qarorlarni asoslaSh. Bir-birini siqib chiqaradigan investitsiya loyihalaridan birini tanlaShdagi muhim
holat, mavjud asbob-uskunani remont qiliSh kerakmi yoki uni yangilaSh kerakmi degan
savolga javob topiShdir. Agar firma asbob-uskunalarni remont qilsa bu yangi sotib
oliShdan ko‘ra kam pul chiqimini ta’minlaydi, lekin Shuni unutmaslik kerakki, eski
asbob-uskunalarning yaroqlilik muddati yangilarinikidan kam bo‘ladi. Bunday holda
avvalambor remont qiliShga mo‘ljallangan asbob-uskunalar qanaqa xarajatlarni talab
qiliShini aniqlab oliSh kerak. Bu xarajatlarga remont sarflari bilan birga eski uskunalarni
sotiShdan keliShi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda, ya’ni likvidatsiya qiymati xam
kiritiladi. Tahlilni ekvivalent annuitet yoki yillik ekvivalent xarajatlarni taqqoslaSh
asosida olib boriSh mumkin.
7-mavzu. Texnik tahlil 1. Loyihalarni texnik tahlil qiliShning vazifalari va tarkibi Texnik tahlil asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida amalga oShiriladi.
Jumladan iShlab chiqariSh xarajatlari,mahsulotni sifati, mahalliy xom aShyoda mahsulot
chiqariSh, yangidan iShlab chiqrilgan mahsulot va uning eksport salohiyati kabi savollar
va ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Texnik tahlilga quyidagilarni ko‘rib chiqiSh va belgilaSh kiradi:
Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar.
Loyihani joylaShtiriSh o‘rni bo‘yicha muqobil variantlar.
Loyiha hajmi.
Loyihani amalga oShiriSh muddatlari.
Xom aShyo, iShchi kuchi va boShqa resurslardan foydalaniSh
imkoniyatlari va ularning etarliligini.
Loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imi (hajmi).
Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari.