3. Loyiha iShtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar Iqtisodiyotni qayta quriSh jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi.
Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qiliSh zarurati, ikkinchidan, eski
tuzumda mavjud bo‘lmagan yangi institutlarni taShkil etiSh. Masalan, sobiq Sovet
Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boShqa bir qator institutlar mavjud emas
edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tiSh uShbu zaruratlarni keltirib chiqardi va tijorat banklari,
birjalar, lizing kompaniyalari, mikromoliya institutlari kabi yangi bozor institutlari
yaratildi.
Iqtisodiy islohotlar, yangi bozor institutlarining yaratiliShi Shubhasiz, iShsizlik va
boShqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boShqa
muqobil sohalari iShga tuShguniga qadar esa ancha uziliSh yuzaga keladi. SHu tufayli
o‘tiSh davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratiSh bilan
birga bormasa, amalga oShirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi. O‘zbekistonda bozor
iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich utiliShi va bozor iqtisodiyotiga utiSh tajribasi
O‘zbekiston modeli nomi bilan jahonda tan olindi. Bu institutsional rivojlaniShning
o‘ziga xos va zamonga mos yo‘li bo‘lib tarixda qoldi.
4. Bozor iqtisodiyoti institutlarni taShkil etiShga ta’sir etuvchi omillar Loyihalar bozor iqtisodiyotining samarali rivojlantiriSh qurolidir. Bu qurolni
iShlaShi uchun bozor iqtisodiyoti institutlari yaratiliShi va mavjudlari iShlab chiqariSh
kuchlarining talabiga monand o‘zgarib boriShi Shart.
Zaruriy institutlarni taShkil etiSh (ayniqsa, rivojlantiriSh loyihalari bilan bog‘liq
hollarda) uch guruh omillar ta’sirida murakkablaShadi. Bular:
noqulay siyosiy Shart-Sharoitlarning salbiy ta’siri;
loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi;
loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e’tiborsizlik.
SHu tufayli institutsional muammolarni aniqlaSh, baholaSh hamda echiSh borasida
tavsiyalar iShlab chiqiSh uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar yo‘qligini ham
e’tiborga olgan holda) sanab o‘tilgan omillarni e’tiborga oliSh zarur.