“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua 209
18.
Qishlok xo‘jalik ekinlari hosilidan ko‘rilgan zararlarni qoplash mexanizmi va
uni takomillashtirish.
19.
O‘zbekistonda eksport sug‘urtasi rivojlanishining istiqbollari.
20.
Sug‘urta faoliyati auditini tashkil etishning zamonaviy yo‘llari.
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR Masala 1. Qarzdor 01.01.07da 1 yil muddatga 20% yillik stavka bilan
$500000 miqdorida bankdan kredit oldi. Kredit so’ndirilishi(foiz to’lovlari bilan
birgalikda) har oyda teng miqdorlarda amalga oshirilishi kerak. Bank kredit
so’ndirilmaslik riskini sug’urtaladi. Sug’urtalovchining me’yoriy javobgarlik
chegarasi - 70%, sug’urta tarifi – 4%. Sug’urta mukofotlari har oylik sug’urta
badallari yordamida bo’lib-bo’lib to’lanadi, bo’lib –bo’lib to’langanligi uchun
komission to’lov olinmaydi. Sug’urta badallari grafigini tuzing.
Javob: Sug’urta badallari grafigi jadvalda keltirilgan.
Oylar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Sug’urta
badallari(ming
so’m)
15,4 14 12,6 11,2 9,8 8,4
7
5,6 4,2 2,8 1,4
0
Masala 2. Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan
600 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta
summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza
belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma
qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 3 mln.so’mga teng.
Sug’urta mukofoti summasi va sug’urta qoplamasi summasini toping. Masala 3. Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan
800 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta
summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza
belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma
qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 12,5 mln.so’mga teng.