MAVZU BO‘YICHA MASALALAR Masala 1. Qarzdor 01.01.07da 1 yil muddatga 20% yillik stavka bilan
$500000 miqdorida bankdan kredit oldi. Kredit so’ndirilishi(foiz to’lovlari bilan
birgalikda) har oyda teng miqdorlarda amalga oshirilishi kerak. Bank kredit
so’ndirilmaslik riskini sug’urtaladi. Sug’urtalovchining me’yoriy javobgarlik
chegarasi - 70%, sug’urta tarifi – 4%. Sug’urta mukofotlari har oylik sug’urta
badallari yordamida bo’lib-bo’lib to’lanadi, bo’lib –bo’lib to’langanligi uchun
komission to’lov olinmaydi. Sug’urta badallari grafigini tuzing.
Javob: Sug’urta badallari grafigi jadvalda keltirilgan.
Oylar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Sug’urta
badallari(ming
so’m)
15,4 14 12,6 11,2 9,8 8,4
7
5,6 4,2 2,8 1,4
0
Masala 2. Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan
600 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta
summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza
belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma
qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 3 mln.so’mga teng.
Sug’urta mukofoti summasi va sug’urta qoplamasi summasini toping. Masala 3. Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan
800 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta
summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza
belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma
qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 12,5 mln.so’mga teng.
Sug’urta mukofoti summasi va sug’urta qoplamasi summasini topin