Sug‘urta faoliyati KLASSIFIKATORI 1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i Klass tartib raqami Klassning nomi Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar I klass
Hayot va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash
bo‘yicha
sug‘urtalovchining
majburiyatlarini
nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal
qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom
bo‘lgungacha
yoki
sug‘urta
shartnomasida
belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi
davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass
bundan mustasno
II klass
Nikoh va
tug‘ilish
Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta
summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq
muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish
turlari jami
III klass
Hayotni uzoq
muddatli
sug‘urta qilish
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni
sug‘urta qilish turlari jami
IV klass
Sog‘liqni
sug‘urta qilish
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan
kam
bo‘lmagan
muddatga
yoki
sug‘urta
qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar
belgilanishi sharti bilan baxsiz hodisa yoki muayyan
turdagi baxsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish
tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga
layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari
to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish
turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan
sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir
tomonlama
tartibda
bekor
qilinishi
yoki
o‘zgartirilishi mumkin emas