144
Foydani aniqlashda texnik zaxiraning kamayishi sug‘urtalovchining
daromadini, texnik zaxiraning ko‘payishi esa zararini namoyon etadi.
3. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasini hisoblash uchun sug‘urta faoliyati
to‘rtta hisob guruhlariga bo‘linadi:
a) 1-hisob guruhi:
baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish (1-klass);
kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish (2-klass);
er usti transport vositalarini sug‘urta qilish (3-klass);
harakatlanadigan temir yo‘l tarkibini sug‘urta qilish (4-klass);
aviatsiya sug‘urtasi (5-klass);
dengiz sug‘urtasi (6-klass);
yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta qilish (7-klass);
mol-mulkni olovdan, tabiiy ofatdan (8-klass) va zarardan sug‘urta qilish (9-
klass);
avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish (10-klass);
aviatsiya (11-klass) va dengiz (12-klass) sug‘urtasi doirasida javobgarlikni
sug‘urta qilish;
umumiy
fuqarolik
javobgarligini
sug‘urta
qilish
(13-klass)
(qarz
oluvchilarning kreditni to‘lamaganligi uchun javobgarligini sug‘urta qilishdan
tashqari);
huquqiy himoya bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish (17-klass);
noproporsional qayta sug‘urta qilish shartnomalari (har bir qayta sug‘urtaga
qabul qilingan shartnoma (shartnomalar) bo‘yicha qayta sug‘urta qilish
shartnomasining amal qilish doirasiga tushuvchi zararning sodir bo‘lishi
borasida
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan har bir sug‘urta to‘lovidagi
oldindan o‘rnatilgan ulushni qoplash bo‘yicha qayta sug‘urtalovchining
majburiyati paydo bo‘luvchi shartlarga ega bo‘lgan qayta sug‘urta qilish
shartnomalaridan tashqari qayta sug‘urta qilish shartnomalari);
b) 2-hisob guruhi:
kreditlarni sug‘urta qilish (14-klass);
kafillikni (kafolatlarni) sug‘urta qilish (15-klass);
boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish (16-klass) (qishloq
xo‘jaligi ekinlarining hosilini sug‘urta qilishdan tashqari);
qarz oluvchilarning kreditni to‘lamaganligi uchun javobgarligini sug‘urta
qilish (13 klass);
v) 3-hisob guruhi:
sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati boshlanishining va tugashining
noaniq («ochiq») sanalariga ega bo‘lgan sug‘urta shartnomalarini tuzish
imkoniyatini nazarda tutuvchi sug‘urta turlari;
g) 4-hisob guruhi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosilini sug‘urta qilish (16 klass).
Sug‘urta zaxiralarini hisoblash uchun sug‘urtalovchi mazkur bandda nazarda
tutilgan har bir hisob guruhi ichida sug‘urta
shartnomasining shartlari, sug‘urta
145
ob’ektlari, sug‘urta ob’ektlarining joylashuvi va sug‘urta tavakkalchiliklari
ro‘yxatiga bog‘liq holda qo‘shimcha hisob guruhlarini kiritishi mumkin.
Har bir qayta sug‘urtaga qabul qilingan shartnoma (shartnomalar) bo‘yicha
qayta sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish doirasiga tushuvchi zararning
sodir bo‘lishi borasidagi sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan har bir
sug‘urta to‘lovidagi oldindan o‘rnatilgan ulushni qoplash bo‘yicha
qayta
sug‘urtalovchining majburiyati paydo bo‘luvchi shartlarga ega bo‘lgan
proporsional qayta sug‘urta qilish shartnomalari tegishli sug‘urta shartnomalariga
oid hisob guruhlariga kiritiladi.
Sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan guruhlanish bo‘yicha bir nechta hisob
guruhlariga taalluqli bo‘lgan shartnoma tuzilgan taqdirda, sug‘urta
zaxiralarini
hisoblash maqsadida ko‘rsatilgan shartnomaning muayyan hisob guruhiga to‘g‘ri
keluvchi har bir qismi tegishli hisob guruhiga taalluqli alohida shartli shartnoma
sifatida hisobga olinadi.
SHartnomaning kuchga kirish sanasi (sug‘urtaning amal qilishining
boshlanish sanasi) shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotini (badallarini) hisoblash
sanasidan kechroq bo‘lsa va sug‘urta zaxiralarining hisob-kitobi shartnomaning
kuchga kirish sanasiga (sug‘urtaning amal qilishining boshlanish sanasiga)
qadar
amalga oshirilgan taqdirda, ishlab topilmagan mukofot zaxirasini hisoblash
maqsadida ishlab topilmagan mukofot zaxirasi shartnoma bo‘yicha hisoblangan
sug‘urta mukofoti (badallari) (sug‘urta brutto-mukofoti) miqdoriga teng deb qabul
qilinadi.
Birinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot har bir sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha alohida «pro rata temporis» usuli —
ishlab topilmagan
mukofotni hisobot sanasiga sug‘urta shartnomasining tugamagan amal qilish
muddatiga proporsional holda hisoblash orqali hisoblanadi. Har bir sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofot hisob-kitob uchun qabul qilingan
bazaviy sug‘urta mukofotining hisobot sanasiga sug‘urta shartnomasining
tugamagan amal qilish muddatining (kunlarda) sug‘urta shartnomasining butun
amal qilish muddati (kunlarda) nisbatiga ko‘paytmasi
sifatida quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
bu erda:
Dostları ilə paylaş: